Telegram Web Link
🏆🏆🏆

🥉OʻzDJTU talaba-qizlari “Oliy taʼlim kubogi” sport musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi

2025-yil 24–25-oktabr kunlari Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi boʻyicha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Oliy taʼlim kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqa Oʻzbekiston Chim ustida xokkey federatsiyasi tomonidan tashkil etilib, unda poytaxtimizning bir qator oliy taʼlim muassasalari jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Bellashuvlar yuqori saviya va doʻstona muhitda kechdi.

OʻzDJTU talaba-qizlari ushbu musobaqada faol ishtirok etib, oʻzining mahorati va irodasi bilan ajralib turishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, OʻzDJTU xokkeychi qizlari faxrli 3-oʻrnini egallab, bronza medali bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, univeristetimiz jamoasiga maxsus kubok topshirildi. Bu gʻalaba nafaqat sportchilarimizning mehnati, balki universitetimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va sportni rivojlantirishga berilgan eʼtiborning amaliy natijasidir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5🔥2
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTU talabalari UNIKOM xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida Indoneziyaning Bandung shahridagi Universitas Komputer Indonesia (UNIKOM) universitetida davom etayotgan talabalar almashinuvi dasturining ikkinchi kuni muhim ilmiy tadbir bilan boyidi.

2025-yil 23-oktabr kuni O‘zDJTU talabalari Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri Elmira Moydinova rahbarligida UNIKOMda o‘tkazilgan 8th International Conference on Informatics, Engineering, Science, and Technology (INCITEST) hamda 1st International Student Conference on Earth and Environmental Research (ISCEER) xalqaro konferensiyalarida ishtirok etdilar.

Tadbir davomida UNIKOM universiteti rektori va prorektorlar ishtirokchilarga samimiy kutib olish so‘zini yo‘lladilar. Ilmiy sessiyalarda Yaponiya, Malayziya, Tailand va Indoneziya olimlarining ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiya doirasida talabalarga UNIKOM universitetining ta’lim dasturlari, xalqaro loyihalari va innovatsion faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
0️⃣0️⃣0️⃣

Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Turkmaniston madaniyati kunlarida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetining kechki ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Yashnarbek Avlakulov rahbarligida O‘zbekiston davlat drama teatrida bo‘lib o‘tgan Turkmaniston madaniyati kunlari doirasidagi sahna asarini tomosha qilishdi.

Talabalar Nurmuhammad Andalip nomidagi Dashouz viloyati musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Iqror otashi” spektaklini tomosha qildilar. Mazkur asar Turkmaniston Respublikasining sobiq Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning “Turkmaniston – Buyuk ipak yo‘lining yuragi” asariga kiritilgan turkman xalq rivoyati asosida dramaturg Oremurod Ovezov tomonidan yozilgan bo‘lib, taniqli rejissyor Bekmurod Xalliyev tomonidan sahnalashtirilgan.

Vatanparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan mazkur sahna asari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida talabalar bir ildizdan tarqalgan turkman va o‘zbek tillarining yaqinligini amaliy tarzda his etishdi.

Ushbu madaniy-ma’rifiy tadbir Sharq filologiyasi fakulteti talabalari uchun nafaqat badiiy zavq, balki turkiy xalqlar madaniy aloqalari va do‘stligini chuqur his etish imkonini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏1
📢 E’LON!
🎓 Ilmiy-amaliy anjuman
Mavzu: “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati”

🔹Hurmatli yosh olim professor-o'qituvchilar, tadqiqotchi, doktorant, magistr va talabalar!
Sizni globallashuv jarayonida yoshlarning ma’naviy dunyosini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrash va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.

🔹Anjumanda dolzarb mavzularda ma’ruzalar, taqdimotlar va fikr almashuvlar o‘tkaziladi.

📩 Siz ushbu anjumanda Ilmiy jurnallarda chop etilgan ma'qolalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Maqolalarni yuborish uchun: @feruza0309

🗓 Muddat: 01.11.2025
7👍1
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTU vakillari Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdilar

23–25 oktabr kunlari Germaniyaning Heidelberg shahridagi Pedagogika universitetida (Pädagogische Hochschule Heidelberg)Mehrsprachigkeit von Anfang an” (“Ko‘p tillilikni erta yoshdan boshlab rivojlantirish”) mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman Germanistik institutlari hamkorligi (Germanistische Institutspartnerschaft – GIP) loyihasining olti yillik muvaffaqiyatli faoliyatini yakunlovchi muhim ilmiy tadbir bo‘ldi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, Dr. (PhD) Gulrux Raximova ushbu nufuzli konferensiyada “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida erta yoshdan xorijiy tillarni o‘rgatish tajribasi” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida Germaniya, Turkiya va O‘zbekiston olimlari bolalarda erta yoshdan ko‘p tillilikni shakllantirish, nemis tili o‘rganish psixologiyasi hamda metodik yondashuvlar borasida o‘zaro fikr almashdilar.
Dr. Raximova o‘z taqdimotida O‘zbekistonda olib borilayotgan ta’lim islohotlari, “Ilk qadam” dasturi va maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni yoritdi.
Shuningdek, O‘zDJTUning 3-bosqich talabasi Farangiz Usmonova konferensiyada o‘zining poster taqdimoti bilan qatnashib, yosh tadqiqotchi sifatida o‘zbek talabalari ilmiy salohiyatini namoyon etdi.
Anjuman doirasida Dr. Gulrux Raximova Heidelberg Pedagogika universiteti rektori Prof. Dr. Karin Fach bilan uchrashdi. Tomonlar ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlik istiqbollari, ilmiy almashinuv va qo‘shma dasturlar masalalarini muhokama qildilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1👏1
2025/10/28 07:04:13
Back to Top
HTML Embed Code: