🟦🟦🟦

“Ona tilim mangu boʻl omon” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

18-oktabr kuni 2-son Talabalar turar joyida 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Ona tilim mangu boʻl omon” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Vatanimiz va ona tilimizni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar, sheʼrlar hamda badiiy chiqishlar ijro etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar orasida oʻzbek tiliga boʻlgan hurmat va muhabbatni yanada kuchaytirish, ularning vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥3🤩1
🟦🟦🟦

“Italofoniya: chegaralar osha til” madaniy tadbiri

2025-yil 18-oktabr kuni Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda Italiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi hamkorligida “Italofoniya: chegaralar osha til” nomli haftalik doirasida “Human House” muzeyida madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan o‘zbek va italyan madaniyatiga oid badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ular tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Tashkil etilgan madaniy kecha ko‘tarinki ruhda o‘tdi hamda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy yaqinlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥3🤩2
Talabalar turar joyiga tashrif: samimiy suhbat va foydali maslahatlar

Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashova hamda kafedra o‘qituvchilari 1- va 2-son Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, bu yerda istiqomat qilayotgan talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yotoqxona sharoiti, o‘qish jarayoni, tarjima sohasiga bo‘lgan qiziqishlari, chet tillarini o‘rganishdagi tajribalari hamda uchrayotgan muammolari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar talabalarni o‘z ustida tinimsiz ishlash, vaqtni unumli sarflash hamda italyan tilini amaliyotda faol qo‘llash borasida foydali tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8😢1
0️⃣0️⃣0️⃣

Umumtaʼlim maktablari ingliz tili o‘qituvchilari uchun sertifikatga tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilari uchun til bilish sertifikatiga tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Kurs mashg‘ulotlari universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan haftasiga 3 marotaba — 2 kun onlayn, 1 kun oflayn shaklda olib borilmoqda.

Darslarning samaradorligini oshirish maqsadida tinglovchilar 4 ta guruhga bo‘lingan holda intensiv o‘quv dasturi asosida taʼlim olmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
2025/10/20 09:06:05
Back to Top
HTML Embed Code: