Telegram Web Link
Ko'p dasturlarim shunchaki ishlamay qoldi... Sizda ham shunday bo'lsa, VPN bilan kirishingiz mumkin!

@WorldUnique
Afg'onistonlik do'stlarimizga yuborib qo'yaylik: https://www.instagram.com/p/CSn1-oeLZMv/?utm_medium=copy_link

@WorldUnique
Boom Reform
Khilolakhon Kayumova - IELTS Speaking Part 2.pptx
IELTS Speaking Part 2 bo'yicha G'anisher Otaboyev bilan bir soatlik mashg'ulot o'tmoqchimiz. Qiziqqanlar aynan shu post ostidagi kommentariya qismiga audio yozuv yuborsin. Audio yozuvda qachon IELTS topshirishi va nima uchun aynan bizning dars unga kerakligi haqida inglizchada aytsin. Iltimos, 1 minutdan oshib ketmasin audio. Joylar chegaralangan, birga qisqa vaqt bo'lsa ham intensiv ishlaymiz!

@WorldUnique
Boom Reform
Aziz do'stlar, kanalda kam xabar yozayotganim uchun uzr so'ramoqchiman! Ammo sizlar uchun eng yoqimli syurpriz tayyorladim! Kim bu yil UGRAD ga topshirmoqchi? Kutib oling, UGRAD Prep Group! Ushbu kichik loyiham orqali sizlarga eng yaxshi onlayn dars va treninglarni…
Men qilayotgan ishlarimni tartibini yozib borishni, erishilgan natijalar bo'yicha hisobotlarni to'plashni yoqtiraman. G'anisher ukam kanal ochish taklifini bermagunigacha qanchadan qancha daftarlarga yozib yurar edim, ular esa allaqachon o'tin yoqish uchun tutantiriq bo'lib ketgan...

Hozir "Khilolakhon's Coaching" loyihasi uchun uyga vazifani tayyorlab yuborar ekanman, raqamlarni bir eslab o'tish kerakligini lozim bildim.

504 kishi ro'yhatdan o'tdi, ulardan 263 nafari qabul qilindi. Birinchi dars o'tildi va uyga vazifani o'z vaqtida 162 nafar ishtirokchi topshirdi. Ikkinchi dars Khojimurod aka bilan uchrashuv bo'ldi va bu dars bo'yicha 136 nafar ishtirokchilarimiz vazifani vaqtida topshirib, keyingi bosqichga qabul qilinishdi. Kecha uchinchi darsni o'tdim va bugun uyga vazifa berdim. Keyingi bosqichlarga o'tishni yanada qiyinlashtirmoqchiman, sababi menga 10ta bo'lsa ham sifatli, chin dildan harakat qiladigan yoshlar bilan ishlash ma'qulroq, 200 ta shunchaki qiziqqan yoshlar bilan ishlagandan ko'ra. Siz nima deb o'ylaysiz? Qilayotgan ishlarda songa ko'proq e'tibor berasizmi, yoki sifatga?

@WorldUnique
Forwarded from Fantasy & Reality
👶👶She's almost as old as me, but she still calls me "uka"😂

She thinks that boys and girls can't be friends. What do you think?

💫@myrealities
G'ulomjon (IELTS 8, UGRAD Finalist, va shunchaki yaxshi odamcha) bugun soat 16:00 da o'z tajribalari bilan bo'lishadi. Albatta kiring!

ZOOM: https://us05web.zoom.us/j/84980528246?pwd=bXA2ZkhQbkl1TzBLNTdrZ0ZOeDZzZz09

Идентификатор конференции: 849 8052 8246
Код доступа: 9CL85E

@WorldUnique

p.s. uni o'zini kanali: https://www.tg-me.com/YuldoshevG

p.p.s. U ham ukam 😏😎
Boom Reform
👶👶She's almost as old as me, but she still calls me "uka"😂 She thinks that boys and girls can't be friends. What do you think? 💫@myrealities
Kecha G’anisher ukam post qo’ygan va “Xilolaxon o’gil bola va qiz bola do’st bo’lishiga ishonmas ekan, siz nima deb o’ylaysiz?” deb so’ragan. Kommentariyada ayrimlar buni noto’g’ri ekanini va chin do’stlik borligini aytishdi. Qizig’i shuki, ularning ko’pi qizlar, chunki qizlar sodda va har qanday o’ziga yaxshi gapirgan insonni yaxshi deb biladi. Bu shunchaki bizni, qizlarni tabiatimiz. Bizga yaxshi gapirgan odamga yaqinlashib, ko’nikib, o’rganib qolamiz. Yigitlar esa (ko’pincha) shunchaki “experience” uchun, vaqt o’tkazish uchun yoki zerikishdan yozishishadi. Ularga shu yoqsa kerakda, bilmadim nega?! (Hamma yigitlar ham emas deb kommentariya yozmang, iltimos)
Men odatda suhbatlarni ishim doirasida tuzib, tezroq tugatishga urinaman. Ayrim holatlardagina juda juda kamchilik (male) bilan norm odamdek suhbat quraman, ammo uzoq vaqt gaplashadigan yigit do’stim yoki akaxonim yo’q. (Ozodbek aka bunga exception, ularga 2018-yildan buyon birinchi yozishdan qo’rqmayman, din bo’yicha qanday savol bo’lsa ulardan so’rayman) Ha, faqat ishim tushganda yozaman! Buni yomon tomoni yo’q! Menimcha agar qizlar suhbatni davom etmasa, hatto do’stlari ham vaqt o’tishi bilan yozmay qo’yadi.
Litseyda o’qib yurgan paytim juda kata o’zgarishlar bo’lgan. Hamma bilan so’rashib, gaplashaverardim, ammo yigitlar bilan seryozno (jiddiy) gaplashar edim. Bir kuni gruppadoshim (qiz bola, oson bo’lishi uchun #1 deymiz) telefonini ishlatib turdim, va uni o’ziga qaytarib stolini ustiga qo’ydim. Dars qilib o’tirsam #1 oldimga kelib, telefoni qayerda ekanini so’radi. Juda havotirga tushdim, sinf xonada qaramagan joyim qolmadi. Keyin esa, birma-bir guruhimizdagi yigitlardan surishtira boshladim. Ular ko’pincha o’sha qizlar bilan hazillashib, bir nima buyumlarini yashirib qo’yishar va qizlarni ketidan “yalintirib” yurishni yoqtirishar edi. Guruhimizdagi yigitlar olmaganini aytishdi, men o’qituvchimizni chaqirib chiqdim. Xullas, vaziyat jiddiylashib ketdi. O’qituvchimiz har bir yigitni urdi, ular esa telefon menda emas deydi. Telefon birovni haqqi edi, #1 ning mulki – men yig’lay boshladim. Yigitlarga aytdim: “Meni yomon ahvolga solyapsizlar. Iltimos, qaytarib beringlar!” Guruhdoshlarim menga aytishdi: “Biz shu guruhdagi hamma qizlar bilan hazil qilamiz, sizga shu paytgacha biror marta hazil qilmaganmiz, va bularni ko’tara olmasligingizni bilamiz!” Xullas, oxiri telefon #1 ning eng yaqin dugonasi #2 da bo’lib chiqdi.
1. Birinchidan, dinimizda bu unchalik to’g’ri emas… Meni eng eng havas qiladigan Yasmin opamni eshitib ko’ring: https://www.youtube.com/watch?v=Zty8kFyMzDg
2. “Qaysi zamonda yashayapsiz, hamma o’ziga to’g’ri bo’lsa bo’ldi, ko’ngilda yomon niyyatimiz yo’q” deydigan zamonaviy do’stlarimga: https://www.youtube.com/watch?v=T_lh5fR4DMA
3. Sizlarni oilangizni bilmayman, ammo meni dadam hatto universitetimdagi guruhimda o’qiydigan yigitlar bilan ham gaplashishimni yoqtirmaydi (bilmaydiki Telegramda shuncha yigitlar yozadi… albatta ish bo’yicha). Qattiq ishonamanki, o’sha yigit do’stingizni o’zidan “Bo’ajak turmush o’rtog’ingizni huddi men va sizni oramizdagidek do’stlik aloqalari bor do’sti bo’lsa rozimisiz?” desangiz, agar u mard yigit bo’lsa, yo’q deydi va o’zi tushunib oladi. Agar siz u uchun shunchaki ko’ngilxushlik manbai bo’lsangiz, “Men ayolimga ishonardim, bla bla bla” deydi

Fikrlarim chalkashib ketdi, agar bu haqida savollari bor qizlar bo’lsa, menga yozishingiz mumkin. Balki noto’g’ri fikrlayotgandirman…

@WorldUnique
Yaqinda yangi formatga o’tamiz. Content-plan bo’yicha tavsiyalarni yozib qoldiring!
Kecha Orasta opam bilan gaplashib qoldik, SMM bo'yicha, kanalni rivojlantirish bo'yicha zo'r tavsiyalar berdi. Ularni tavsiyasiga ko'ra, bugungi postni kutib oling 😊

Mening kun tartibim!

Soat 18:00 da Amerikadagi ishim boshlanadi, saxar 2 da tugaydi. 2 dan 5 gacha onlayn kurslar o'qiyman, vazifalarimni qilaman, dars o'tishga tayyorlanaman, va albatta tonggi ibodat 🌄 Soat 5 dan 9 gacha Unstoppable loyihamning darslarini o'taman. Dars tugagach, tushlikka biror nima tayyorlayman. Ovqat qilishga uncha yaxshi bo'lmaganim uchun YouTube dan video ko'rish va bitta taom tayyorlash 2 soat vaqt oladi.

Soat 11 atrofida uxlab, 14 yoki uzog'i bilan 15 atrofida uyg'onaman. Biroz uy ishlarini qilib, kechki taom tayyorlashni boshlayman. Ba'zan kechagi ovqatim qolgan bo'lsa, o'shani isitib beraman 😁 Bilasiz, ko'p loyihalarda ishtirok etaman, ularga ham vaqt topishga urinaman.

Masalan bugun soat 6 da Stanford Universiteti sessiyasida ishtirok etdim, darsim esa erta tugadi. Soat 15 da esa 100 g'oya onlayn sessiyasida qatnashdim. Menga band kun tartibim yoqadi, ba'zan esa uy ishlarini eplay olmay so'kish eshitaman 😕 Hafa bo'lib, ijtimoiy sohadagi faollikni yig'ishtirib tashlashni o'ylayman, ammo shuncha yil umrim va mehnatim singgani uchun voz kecha olmayman.

Sizni kun tartibingiz qanday? Bir kunda necha soat uxlaysiz?

Telegram | Instagram | Facebook
When would be a good time to have a wedding?
Anonymous Poll
39%
2021 - autumn, winter
61%
2022 - spring, summer
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Voobshe o'zilarni yo'qotmelar!!!

@WorldUnique
Bir juda juda muhim ilmiy izlanishim uchun savollarga javob bering, iltimos!

@WorldUnique
Can you please suggest some ways we can provide a better future for women and girls of Uzbekistan?

O'zbekiston ayol-qizlari uchun yaxshiroq kelajak yaratishda nimalarni tavsiya qila olasiz?

@WorldUnique
Yaqin yillarda O'rta Osiyo ayollarining eng katta muammolari qaysilar bo'lishi mumkin?

@WorldUnique
Hammaga salom!

Men Amerikaga yuboradigan bir tanlovni yarim finalistiga aylandim! In Sha Allah, mana bu video im yaxshi chiqqan bo'lsa, men finalist bo'la olaman. Marraga oz qoldi, iltimos meni kommentariyada qo'llab-quvvatlang va fikrlaringizni bildiring! Katta rahmat!

https://www.instagram.com/tv/CS4LmqklBmc/?utm_medium=copy_link

@WorldUnique

Instagram | Facebook | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bobom 90 yoshga qarab ketyaptilar. Qachon meni ko'rsa: "Seni to'yingni ko'raman degan edim, nasib qilarmikin a" deyaveradilar 🙈 Anavi kuni Asakada yangi kafe ochilgan ekan, opoqimni nonushtaga taklif qildim. Birga suhbatlashib o'tirgan edik, videoga ovoldim. Oltinga teng so'zlarini sizlar bilan ulashgim keldi. Do'stlaringiz bilan ham bo'lishing!

@WorldUnique

Telegram | Instagram | Facebook
Hammaga salom!

Mendan har kuni juda ko'p savollar so'rashadi. Bilasizmi, men telegram orqali kelgan shaxsiy xabarlarga yo umuman javob bermayman, yo ancha vaqt o'tgach ochib ko'raman. Telegramimda hamma chatlardan keladigan bildirishnomalar (notifications, uvedomleniye) o'chirilgan (disabled). Faqat men sevgan 4 insonniki yoniq turadi 😁🤷‍♀️

Shuni inobatga olib, xabarlaringizga javob bera olmasligimni, javob berishga majbur ham emasligimni va agar vaqtida javob bermasam, bu sizni menga jahl qilishingiz yoki qo'pol gapirishingizga haqqingiz bor degani emasligini eslatib o'tmoqchiman!

Ha aytgandek, foydali tavsiya ham beraman! Menga keladigan savollarni 93% iga Internetda javob topsa bo'ladi. Qo'rqmang, bu qiyin emas. Men hozir shu video orqali sizga "liboy" (har qanday) savolga javobni aniq (tochniy) topadigan yo'lni o'rgatmoqchiman. Fikrlaringizni kutaman.

Sizdan har qanday savol so'rayveradigan do'stlaringizga videoni yuboring! Agar sizdan savol so'rashsa va unga javob berishga vaqtingiz bo'lmasa, ularga videoni yuboring! 😉

@WorldUnique

Instagram | Telegram | Facebook
Akam bilan gaplashib o'tirib, tong otganini ham sezmabmiz 😳

"I just want you to make the right choice. No matter what choice you make, I will respect it and always love you."

My conversation with my brother today was a very good chance for me to discover my mistakes and focus more on trying to bring up a better version of me. We talked about our past, plans, our childhood and everything... I am forcing him to go abroad with me next year 👀😁🇭🇺

Do you talk to your brothers heart to heart or are you scared to open up?

@WorldUnique
🔥🔥🔥 BOOM 🔥🔥🔥

Sentyabr oyining birinchi 10 kunligidan "IELTS Crash Course" boshlaymiz! 12ta bir yarim soat davom etadigan darslar davomida siz o'rganasiz:

IELTS Speaking
-Part 1
-Part 2
-Part 3

IELTS Reading
-Question Types
-Passage Approach
-How to Practice

IELTS Writing
-Task 2: question types, structures, model answer analysis;
-Task 1: easy-to-write intro & overview, grouping information;
-Academic writing style, overall do's and dont's.

IELTS Listening
-Analyzing questions
-Predicting possible answers
-Accent Exposure


O'qituvchilar:
Ozodbek Botiraliyev (Writing 7.5)
Xilolaxon Qayumova (Speaking 8)
Ulug'bek Umidjonov (Reading 8)
Durdona Nosirova (Listening 8.5)

Birinchi bepul dars o'tiladi, oldindan to'lovni amalga oshirganlar keyingi darslarda qatnasha oladi. Ro'yhatdan o'tish uchun @My_teacher_2001 ga murojaat qiling. Ism-familiya, ingliz tili bilish darajangizni yozib qoldiring. Narxlar juda arzon, bunday narxlarni shunday zo'r o'qituvchilar o'tadigan darslar uchun topishingiz qiyin👀 O'qituvchilarga shubha qilmasangiz ham bo'ladi, hamma o'z ishining ustasi! Darslar yaqinda boshlanadi, guruhda maksimum 15 ta o'quvchi bo'ladi xolos!

@WorldUnique
2024/06/14 09:54:02
Back to Top
HTML Embed Code: