Telegram Web Link
🎁 “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni g‘oliblari eʼlon qilindi

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b A.Norov, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi X.Sattorov ishtirok etdilar hamda g‘oliblarga sovg‘a va mukofotlarni topshirdilar.

🖋 “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan iqtidorli yoshlar, yosh olimlar, talabalar va tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadi. Maqsad innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shib kelayotganlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlashdan iborat. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

↗️ G'oliblar bilan tanishish

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍166🔥52😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekistonda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi!

30-oktyabrdan 13-noyabrgacha O‘zbekiston, qadimiy va navqiron Samarqand shahrida jahon miqyosidagi muhim tadbirga — YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi.

💬 Bu tadbir mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada yuksaltiruvchi, jahon hamjamiyatini O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishtiruvchi tarixiy ahamiyatga ega voqeadir.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22💯21🥰14🤩8😍8
🇺🇿 Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥2320🤡1🫡1
Xayrulla Sattarov
🇺🇿 Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:…
Videoselektor yig‘ilishi boshlandi

➡️ Joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qiladi.

Bunda 100 talikka kirgan mahallaga “Tashabbusli byudjet”ning yangi tizimi bo‘yicha infratuzilma xarajatining 75 foizi byudjetdan to‘lab beriladi. Shuningdek, ushbu mahallalarning har biriga qo‘shimcha 2 milliard so‘mdan ajratiladi.

➡️ Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘z okrugidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun har biriga 3 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi.

➡️ Mahalla hududida sanitariya, ekologiya va noqonuniy qurilish bo‘yicha jarimalarning 10 foizi mahalla byudjetiga yo‘naltiriladi. Mahallalar byudjetiga 2026 yildan boshlab har yili 200 milliard so‘mdan ajratiladi.

📰Ana shu aytib o‘tgan beshta manba hisobidan kelgusi bir yil uchun 2 mingta mahallaga qo‘shimcha 8,5 trillion so‘m mablag‘ beryapmiz”,

– dedi Prezident.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1712🎉12💯11🥰10
☘️ Bugun, 15-oktyabrdan respublikada tozalik va ozodalik oyligi boshlanadi

Oylik davomida barcha mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, volontyorlar, yosh eko-faollar ishtirokida turli tozalik aksiyalari, plogginglar tashkil etiladi.

🪴 Bundan tashqari ayni damda maxsus shtablar tashkil qilinmoqda. Bu shtablar tomonidan har bir viloyat, tuman va shaharlarda qat’iy ekologik nazorat o‘rnatiladi hamda jamoatchilikka kundalik ma’lumot berib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉18🔥15👍13🤩1311
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi infografikada

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16💯11👍10🥰10🎉10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Davlatimiz rahbari yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1814🔥13👍12😍9
Yaponiyaning nufuzli biznes va madaniyat nashri — “Forbes Japan” jurnalida O'zbekistonning zamonaviy qiyofasi, turizm salohiyati va vinochilik sanoati haqida maqola chop etildi.

🟡 Muallif taniqli jurnalist va yozuvchi Mizukami Aya o‘z maqolasida O‘zbekistonning xavfsizligi, zamonaviy infratuzilmasi, madaniyati va mehmondo‘stlik madaniyatini qalamga olgan. Aholining bag‘rikengligi turistlarda iliq taassurot qoldirishi qayd etilgan.

📰O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi Yaponiyaning “omotenash” (yaponcha mehmondo‘stlik) an’analariga juda o‘xshash. O‘zbekiston esa Markaziy Osiyoning eng mehmondo‘st mamlakati",

— deb yozgan muallif.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🥰11😍109🎉9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Xalqparvar siyosat va islohotlar, iqtisodiyot ochiqligini ta’minlash va investisiyalarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor natijasida imkoniyatlar ulkan loyihalarga aylanmoqda, O‘zbekiston biznes uchun eng jozibali makon sifatida e’tirof etilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2👏2
2025/10/17 04:01:15
Back to Top
HTML Embed Code: