Telegram Web Link
🇺🇿 Prezident Toshkent shahrida IT-park loyihasining ikkinchi bosqichiga start berdi

➡️ Bugun Shavkat Mirziyoyev IT-parkka tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Ikki yil oldin 200 million dollar investisiya hisobiga ushbu loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Qariyb 4 gektar maydonda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi va zamonaviy kongress-xoll barpo etildi.

➡️ Bu yerda mutaxassislar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 3 ming 200 ta kompaniyaga yetdi, ularda 14 mingdan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda.

➡️ Loyihaga ko‘ra, IT-park hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bo‘lgan, 150 million dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda yana 3 milliard dollar investisiya kiritilib, quvvat 500 megavattga yetkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍14🎉1310🥰9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatTiliKuni #YoshlarIttifoqi

🙋 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi hamda hududiy kengashlar raislari ushbu qutlug‘ kunda ona tilimizga bag‘ishlab ushbu satrlarni taqdim etishdi.

🎉 Bu bayram nafaqat so‘z, balki millatning yuragi, ma’naviyatning mezoni bo‘lgan ona tilimizni e’zozlash, uni kelajak avlodlarga sof holda yetkazish kuni.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥2221❤‍🔥11👏1
🇺🇿🥳Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

📰Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

💬 Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

💬 Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

💬 2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20💯1513👍11🎉8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Kim bu jarayonda qattiq izlanib, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi”.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18😍16🤩1413💯12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌳Hurmatli yurtdoshlar. Sizda xonadoningiz, ko‘changiz, mahallangizni obod qilib ELEKTROMOBIL yutib olish imkoniyati bor. Qanday qilib deysizmi?

🌍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan e’lon qilingan "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, Prezident sovg‘asi — elektromobilni qo‘lga kiriting. Shartlar juda oddiy.

🔔Mazkur ko‘rik-tanlov "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Har bir nominatsiyada
1-o‘ringa – Elektromobil;
2-o‘ringa – 50 mln so‘m;
3-o‘ringa – 30 mln so‘m.


🔍Demak, finalda bir emas, 3 ta elektromobil chempion xonadon, chempion ko‘cha, chempion mahallalarga tantanali topshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥15💯12🎉98
📚 Kitob o‘qishga eng ko‘p vaqt ajratadigan 10 davlat ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyo miqyosida o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, aholi eng ko‘p vaqtni kitob o‘qishga sarflaydigan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Mutaxassislar o‘qish madaniyati yuqori bo‘lgan mamlakatlarni solishtirib, yil davomida kitob mutolaasiga sarflangan soatlarni tahlil qildilar.


📖 Kitob o‘qishga eng ko‘p vaqt ajratadigan 10 davlat:

1. AQSH — 357 soat;
2. Hindiston — 352 soat;
3. Buyuk Britaniya — 343 soat;
4. Fransiya — 305 soat;
5. Italiya — 278 soat;
6. Rossiya — 223 soat;
7. Avstraliya — 217 soat;
8. Ispaniya — 187 soat;
9. Niderlandiya — 187 soat;
10. Shveysariya — 157 soat.

🔖 Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, kitob o‘qishga e’tibor beruvchi jamiyatlarda intellektual salohiyat va ijodiy faollik darajasi ham yuqori bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🥰1312💯11🤩10
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥1410🥰7🤩7
Xayrulla Sattarov
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi. Ijtimoiy…
🇺🇿Bugun va ertaga davlatimiz rahbari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi.

➡️ Tashrif dasturiga muvofiq, Yevropa Ittifoqi poytaxtida ushbu birlashmaning asosiy institutlari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Ko‘p qirrali munosabatlarni joriy yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

➡️ Savdo-iqtisodiyot, investitsiya-moliya, innovatsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, fan-ta’lim va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlik bo‘yicha aniq loyiha hamda dasturlarni ilgari surish e’tibor markazida bo‘ladi.

➡️ O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

➡️ Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi Belgiya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi, texnologik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejalarni jadallashtirish maqsadida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlarini qabul qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🤩15👍13🔥10🎉10
National Geographic Xivani sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillar roʻyxatiga kiritdi

National Geographic jurnali oʻzining anʻanaviy “Best of the World” loyihasining 2026-yilga moʻljallangan roʻyxatini eʻlon qildi. Jurnal Xivani ushbu roʻyxatga kiritdi.


🟡 Maqola muallifi Italiyaning Milan, Filippinning Manila, Kanadaning Vankuver, Braziliyaning Rio de Janeyro va dunyoning yana boshqa shaharlari qatorida Xivani ham alohida qayd etib oʻtgan. Xorazmga tashrif buyurish uchun sabab sifatida u “Ipak yoʻli”da joylashgan shaharlar ichida ajralib turishini keltirgan.

📰1990-yildan beri YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, geometrik naqshli koshinli yodgorliklar, yogʻoch ustunli masjid va hashamatli saroylar mukammal taʻmirlangan “Ichan qalʻa” qalʻasida kunlar davomida sayr qilishingiz mumkin. Lekin Xiva faqat meʻmorchilik ixlosmandlari boradigan joy emas.

Ipak yoʻlidagi shahar – Xiva kurorti akvapark va jonli shoular uchun amfiteatrga ega, u sayohatga chiqqan oilalar uchun jozibadorlikni oshiradi. Xivaning yillik tadbirlar taqvimidan Xorazm anʻanaviy raqs shakllari bayrami – “Lazgi” xalqaro raqs festivali, XIV asr shoiri, kurash chempioni va Xiva homiysi sharafiga nomlangan Pahlavon Mahmud polvonlar oʻyinlari, Xivaning sevimli mevasi sharafiga oʻtkaziladigan uch kunlik shovqin-suronli “Qovun sayli” qovun ayli festivallari oʻrin olgan”,

— deb yozadi maqola muallifi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17💯13👍12❤‍🔥10😍8
Qadrli yoshlar! Ayni paytda Yoshlar ijod saroyida fuqarolik jamiyati institutlari va volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda

Muloqotni jonli efir orqali kuzatishingiz, shuningdek, tashabbus va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

📹YouTube havolasi: https://youtube.com/live/hzY4v2TH4P0?feature=share

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤‍🔥1411🥰10💯10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬 Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Basitxonova Elmira Irkinovna bugun Yoshlar ijod saroyida boʻlib oʻtgan fuqarolik jamiyati institutlari va volontyor yoshlar bilan ochiq muloqotda inson salomatligi haqida e'tiborga molik fikrlarni bildirdi...

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥118👍5🤔1
📊 O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda...

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda quyidagicha(o‘tgan yilning mos davriga nisbatan):

🔸yalpi ichki mahsulot hajmi 7,6 % ga o‘sdi;

🔸sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,8 % ga o‘sdi;

🔸qurilish ishlari hajmi 14,2 % ga o‘sdi;

🔸 chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 11 % ga o‘sdi;

🔸 bozor xizmatlari hajmi 14 % ga o‘sdi;

🔸 tashqi savdo aylanmasi hajmi 22,9 % ga o‘sdi;

🔸eksport hajmi 33,3 % ga o‘sdi;

🔸 import hajmi 15,6 % ga o‘sdi;

🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 4,1 % ga o‘sdi;

🔸 asosiy kapitalga investisiyalar hajmi 15,2 % ga oshdi;

🔸2025 yil 1 oktyabr holatiga 460,3 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1612💯11😍9🥰8
#YoshlarIttifoqiJizzax #YoshlarMuloqoti

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Jizzax viloyati yoshlari bilan uchrashdi

🙋 Xayrulla Sattarov Fayzullayevichning Jizzax viloyatida yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi, o‘z taklif va g‘oyalarini bevosita yetkazish, yuzma-yuz fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🔎 Bunday uchrashuvlar yoshlarning hayotga faol munosabatini shakllantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔗 Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥6👏3👍21
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning to‘rtta muhim yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tdi:

➡️ Xom-ashyo va minerallarni chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulot ishlab chiqarish.

➡️ “Yashil iqtisodiyot” va kimyo sanoati.

➡️ Infratuzilma, logistikani rivojlantirish — avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, aeroportlar, zamonaviy tranzit yo‘nalishlari.

➡️ Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari — IT-parklar, startap inkubatorlar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalari.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥11🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝 🇪🇺O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61👏1
🇺🇿 Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari! Qadrli faxriylar!

Barchangizni bugungi qutlug‘ sana – “25 oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Masʼuliyatli vazifalarni ado etib kelayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlari, muhtaram faxriylarimiz hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamkasblarimizning oila aʼzolariga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

⭐️ Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, uzoq-umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Hurmat bilan
🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va 👨‍🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝 🇪🇺O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davrni boshlab bergan tarixiy tashrif.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1🤝1
2025/10/25 08:34:36
Back to Top
HTML Embed Code: