Telegram Web Link
☘️ Bugun, 15-oktyabrdan respublikada tozalik va ozodalik oyligi boshlanadi

Oylik davomida barcha mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, volontyorlar, yosh eko-faollar ishtirokida turli tozalik aksiyalari, plogginglar tashkil etiladi.

🪴 Bundan tashqari ayni damda maxsus shtablar tashkil qilinmoqda. Bu shtablar tomonidan har bir viloyat, tuman va shaharlarda qat’iy ekologik nazorat o‘rnatiladi hamda jamoatchilikka kundalik ma’lumot berib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉18🔥15👍13🤩1311
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi infografikada

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍11🎉11💯11🥰10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Davlatimiz rahbari yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1814🔥14👍12😍9
Yaponiyaning nufuzli biznes va madaniyat nashri — “Forbes Japan” jurnalida O'zbekistonning zamonaviy qiyofasi, turizm salohiyati va vinochilik sanoati haqida maqola chop etildi.

🟡 Muallif taniqli jurnalist va yozuvchi Mizukami Aya o‘z maqolasida O‘zbekistonning xavfsizligi, zamonaviy infratuzilmasi, madaniyati va mehmondo‘stlik madaniyatini qalamga olgan. Aholining bag‘rikengligi turistlarda iliq taassurot qoldirishi qayd etilgan.

📰O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi Yaponiyaning “omotenash” (yaponcha mehmondo‘stlik) an’analariga juda o‘xshash. O‘zbekiston esa Markaziy Osiyoning eng mehmondo‘st mamlakati",

— deb yozgan muallif.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🥰11😍119🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Xalqparvar siyosat va islohotlar, iqtisodiyot ochiqligini ta’minlash va investisiyalarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor natijasida imkoniyatlar ulkan loyihalarga aylanmoqda, O‘zbekiston biznes uchun eng jozibali makon sifatida e’tirof etilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉13🔥10🥰109❤‍🔥9
🇺🇿 O‘zbekiston Yevropa poytaxtida "Eng yaxshi madaniy turizm manzili" deya e’tirof etildi

"Global turizm forumi" tashkilotining 20-21 oktyabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvidan oldin "Turizm va mehmondo‘stlik sohasida jahon muqofotlari–2025: Sayohat va mehmondo'stlikda global mukammallikni e’tirof etish" mavzusida tantatanli tadbir
bo‘lib o‘tdi.

💬 Shu kuni jahonning turizm va mehmondostlik sohasidagi yetakchi kompaniyalari 2025-yilgi "Jahon turizm mukofotlari" tantanali marosimida qatnashish uchun Bryussel shahridagi Belgiya san’at Muzeyida yigildi.

💬 Unda butun dunyo boylab sayohlik sohasini shakllantirayotgan muvaffaqiyatli manzillar, tashkilotlar, sohaga yangi innovatsiya g‘oyalarini olib kirayotganlar taqdirlandi. Shuningdek, tadbir davomida barqarorlik, texnologiya, investitsiya va madaniy innovatsiyalar sohasidagi muhim yutuqlar namoyish qilindi.

🥳 Quvonarlisi, "Manzil sifatida mukammallik va Eng yaxshi sayohat manzillari" yonalishida O‘zbekiston "Eng yaxshi madaniy turizm manzili" deb e’tirof etildi va taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥11👍9🤩8🥰6
🇺🇿 Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi boshlanadi. Davlatimiz rahbari tadbirda nutq so‘zlab, soha vakillari bilan muloqot qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍207😍7🔥5🥰5
Xayrulla Sattarov
🇺🇿 Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi boshlanadi. Davlatimiz rahbari tadbirda nutq so‘zlab, soha vakillari bilan muloqot qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram…
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari kasaba uyushmalarining ko‘p millionli a’zolariga o‘zining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.

📰Biz bugungi kunda o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan oldinga qarab dadil qadam tashlayapmiz.

Dunyoda geosiyosiy va iqtisodiy keskinlik avj olib borayotgan hozirgi murakkab davrda yurtimizda tinchlik va xotirjamlikni mustahkamlab, ko‘p millatli xalqimiz hayotini yanada yaxshilashga mahkam bel bog‘laganmiz.

Qanchalik qiyin bo‘lmasin, birgalikda qattiq mehnat qilib, turli sinov va mashaqqatlardan munosib tarzda o‘tib bormoqdamiz.

Bu borada mehnatkash va bag‘rikeng xalqimiz, har bir yurtdoshimizning o‘rni, qo‘shayotgan hissasi beqiyos, albatta.

Bugungi davramizda o‘z hayotini inson mehnatini, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdek ezgu ishga bag‘ishlagan, sohada uzoq yillar samarali xizmat qilib, hurmat va e’tibor topgan ko‘plab odamlarni ko‘rib turibman”,

— dedi davlatimiz rahbari.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥15❤‍🔥13🥰10🎉10
Xayrulla Sattarov
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari kasaba uyushmalarining ko‘p millionli a’zolariga o‘zining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi. 📰Biz bugungi kunda o‘z oldimizga…
🖋 Islohotlarning ilk kunlaridan “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalga oshirish uchun, avvalo, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ustuvor e’tibor qaratildi.

Bu yo‘ldagi sa’y-harakatlar tufayli sakkiz yilda iqtisodiyotimizga 130 milliard dollar investisiya kirib keldi, minglab yangi quvvatlar ishga tushirildi, millionlab doimiy ish o‘rni yaratildi.

👤 Xususiy sektorga keng yo‘l ochilib, odamlarga munosib mehnat sharoiti yaratib berilgani uchun jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰16😍13🤩12🎉9❤‍🔥9
Xayrulla Sattarov
🖋 Islohotlarning ilk kunlaridan “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalga oshirish uchun, avvalo, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ustuvor e’tibor qaratildi. Bu yo‘ldagi sa’y-harakatlar tufayli sakkiz yilda iqtisodiyotimizga 130 milliard…
⭐️ Yangi O‘zbekistonda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish ham yetakchi yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy institutlarni qo‘llab-quvvatlash hajmi 2017 yilga nisbatan 100 karra oshib, bu yil 1 trillion 200 milliard so‘mga yetdi.

O‘zbekiston – Xalqaro mehnat tashkiloti standartlarini qabul qilayotgan eng faol davlatlar safidan joy olayotgani dunyo hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Sakkiz yil oldin ushbu tashkilotning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan hujjatlari soni 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 25 taga yetdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1511❤‍🔥8😍7🎉5
Xayrulla Sattarov
⭐️ Yangi O‘zbekistonda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish ham yetakchi yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy institutlarni qo‘llab-quvvatlash hajmi 2017 yilga nisbatan 100 karra oshib, bu yil 1 trillion 200 milliard so‘mga yetdi. O‘zbekiston…
📰Bolalar mehnati va majburiy mehnatga to‘liq barham berish uzoq yillar biz uchun eng og‘riqli masala bo‘lib kelgan edi. Faqat kuchli iroda, qat’iy pozisiyamiz orqali biz bu murakkab muammoni ijobiy hal qildik”,

- dedi Prezident.

➡️ O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan namuna sifatida boshqa davlatlarga tavsiya etilgani ham shundan dalolat beradi.

➡️ O‘zbek paxtasi dunyodagi ko‘plab nufuzli brend kompaniyalarning “qora ro‘yxati”dan chiqarildi. “Cotton campaign” tashkiloti O‘zbekistonga qo‘yilgan taqiqni butunlay bekor qildi.

➡️ O‘zbekiston sanoqli davlatlar qatorida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Adolatli o‘tish jarayonlari uchun ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy himoya bo‘yicha global akselerator” tashabbusida ishtirok etmoqda, Xalqaro mehnat tashkilotining “Ijtimoiy adolat bo‘yicha global koalisiyasi”da qatnashmoqda, mamlakatimiz o‘tgan yili ushbu tashkilotning Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylandi.

📰Hech shubhasiz, biz erishayotgan natijalarda 8 millionga yaqin a’zoga ega, eng xalqchil va katta nodavlat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor.

Biz O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdik va mana shu prinsiplarga hamisha sodiqmiz. Bundan buyon ham kasaba uyushmalariga birlashish huquqini ta’minlash, ularning faoliyatiga aralashmaslik bo‘yicha siyosatni qat’iy davom ettiramiz”,

— dedi Prezident.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21🥰12🤩11❤‍🔥11💯11
Xayrulla Sattarov
📰Bolalar mehnati va majburiy mehnatga to‘liq barham berish uzoq yillar biz uchun eng og‘riqli masala bo‘lib kelgan edi. Faqat kuchli iroda, qat’iy pozisiyamiz orqali biz bu murakkab muammoni ijobiy hal qildik”, - dedi Prezident. ➡️ O‘zbekistonning bolalar…
📌Kelgusi yildan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga oid qonunchilik hujjatlari loyihasini ishlab chiqishga Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasini (Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlik vazirligi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi) ham jalb qilish taklif qilindi.

Bu mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda xodimlar manfaatini kafolatli himoya qilish bo‘yicha yangicha yondashuv bo‘ladi.

📰Inson qadri, uning hayot sifati faqat ish haqi bilan emas, balki ijtimoiy muhit bilan ham belgilanadi.

Buning uchun xodimlarni uy-joy, sifatli ta’lim, tibbiyot va transport xizmatlari bilan kafolatli ta’minlab, eng muhim hayotiy ehtiyojlariga yetadigan daromad topishiga sharoit yaratib berishimiz zarur”,

— dedi Prezident.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2513🎉9🤩9😍9
#YoshlarIttifoqiPoytaxt #HisobotSaylov

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔎 Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov, universitet rektori To‘lqin Teshabayev, fakultet dekanlari, yoshlar yetakchilari hamda faol talabalar ishtirok etishdi.

👥 Yig‘ilish davomida universitetdagi boshlang‘ich tashkilot qoshidagi 22 ta klub va to‘garaklarning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Har bir klub o‘z yo‘nalishi, yutuqlari va yangi loyihalari bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Sattarov Xayrulla Fayzullayevich yig‘ilishda so‘zga chiqib, yoshlarning ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi va ijodiy g‘oyalarga boyligi bilan faxrlanishini bildirdi. U yoshlarga murojaat qilib shunday dedi: “Har bir yosh – bu o‘zgarishning kuchi, har bir talaba – bu ertangi O‘zbekistonning poydevori. Sizlarning g‘oyalaringiz, mehnatingiz va orzularingiz bilan mamlakatimiz yanada buyuk bo‘ladi.”

📍 Saylov natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, yoshlar yetakchisi etib Abdurahmonov Abdulaziz Xo‘jamurot o‘g‘li saylandi.


🔗 Fotosuratlar

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥76👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir tomchi suv — hayot!

Har kuni biz suvdan foydalanamiz — ichamiz, yuvamiz, sug‘oramiz… Lekin shu paytda ortiqcha isrof bo‘layotgan suv haqida unutamiz…

Keling, bugundan boshlab birgalikda suvni tejash odatini boshlaymiz!

Qoidalar juda oddiy:
Tish yuvayotganda kranni o‘chiramiz.
Har bir tomchini qadrlab, boshqalarni ham shunga undaymiz!


Har kuni suvni tejash yo‘lida qilgan kichik amalingizni suratga oling yoki video qilib ijtimoiy tarmoqlaringizga joylang va
#SuvniBirgaAsraymiz heshtegi bilan tarqating!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5136👍3310👏5
2025/10/20 03:18:26
Back to Top
HTML Embed Code: