Telegram Web Link
#YoshlarIttifoqi #RahbarVaYoshlarUchrashuvi

🙋 Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

🎓 Unda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari, fakultet va yo‘nalish koordinatorlari hamda faol talabalardan iborat 700 dan ortiq yosh ishtirok etdi.

🇺🇿 Muloqot davomida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov yoshlarning taklif va fikrlarini tingladilar.

💬 Uchrashuv jarayonida yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan ustuvor maqsad va rejalar belgilab olindi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48🎉45442👏2
#Bilasizmi

💬 Kelgusi uch yilda davlat xizmatlari 900 taga yetkaziladi. Yiliga 80 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtiriladi. Aholi gavjum joylar va olis mahallalarda 1 ming 100 ta interaktiv kiosk o‘rnatiladi.

💬 Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi. Xususan, FHDYO organida nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari, mudofaa bo‘limlarida harbiy xizmatga majburlarning turar joyi o‘zgarganligi haqidagi hujjat so‘ralmaydi, bu ma’lumotlar axborot tizimlari orqali onlayn olinadi.

💬 2025-2027-yillarda bosqichma-bosqich 20 ta notarial harakat onlayn rasmiylashtirishga o‘tkaziladi.

💬 Notarial xizmatlar ko‘rsatishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini talab qilish bekor qilinib, buni “FACE-ID” orqali aniqlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

💬 Odamlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Aqlli targ‘ibot” asosida aholi va tadbirkorlarga yangi hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni manzilli tarzda, elektron tizimlar orqali yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉17👍14🔥147
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan talabalikka: Maqsudova Alina hikoyasi

🖋 Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyasiga asosan imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilingan Maqsudova Alina uchun bu yil unutilmas xotiralar bilan boshlandi.

🙋 Alinaning ilk taassurotlari shuni ko‘rsatadiki, davlatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va imtiyozlar ularni nafaqat ta’lim olishga, balki yurt kelajagi uchun mas’uliyat bilan yashashga undaydi. Shu boisdan ham uning hikoyasi boshqa yoshlar uchun ibrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18👍13🎉1293
🇺🇿 O‘zbekiston jahon pasportlari reytingida sakkiz pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Henley & Partners kompaniyasining pasportlar jahon reytingidagi o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi.

🟡 2025-yilga kelib, respublika o‘tgan yilga nisbatan sakkiz pog‘onaga ko‘tarilib, 72-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, avvalgidek, fuqarolar 62 mamlakatga vizasiz yoki kelgandan so‘ng viza olib kirishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥15👍12🎉5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩Kecha yana bir tarixiy voqea bo‘ldi… Yana bir tarix yozildiBu haqda yozmaslikning iloji yo‘q…

🇺🇿 CAFA Cup. O‘zbekiston MTJ tarixda ilk marta o‘z maydonida Eronni mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi… O‘yinning 120-daqiqasiga kelib Hojiakbar Alijonov boshi bilan to‘pni darvozaga aniq yo’llab gol urdi va jamoaga g‘alaba keltirdi.

🥳🤝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda FIFA prezidenti Janni Infantino jamoamizni shaxsan taqdirlashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1715🎉12🔥104
❗️O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi yarmida iqtisodiy ko‘rsatkichlar ijobiy tendensiyada...

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizda iqtisodiy ko‘rsatkichlar barqaror o‘sishni ko‘rsatdi:

🔵YAIM 7,2%;
🔵Sanoat ishlab chiqarishi +6,6%;
🔵Bozor xizmatlari 13,3%;
🔵Qurilish ishlari 10,7%;
🔵Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 4,0% ga oshdi.

💬 Asosiy kapitalga investisiyalar 273,4 trln so‘mni tashkil etdi (+5,5%), aholi real daromadlari 9,5% ga oshdi.

💬 Tashqi savdo aylanmasi 37 mlrd dollarga yetdi (+16,1%), davlat byudjeti daromadlari 103,4% ga bajarildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰1716🎉16🔥15🤩11
🇺🇿 Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰27👍19🔥1914🎉12
Xayrulla Sattarov
Videoselektor yig‘ilishi boshlandi Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
🙋 Yig‘ilishda jalb qilinayotgan investisiyalarga, yangi ochilayotgan korxonalarga yarasha munosib kadr ham tayyorlanishi lozimligi qayd etildi. O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilindi.

“E’tibor bering, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?”

– dedi Prezident.

💳 Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.

“Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi”,


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩18🔥16🥰14🎉116
Xayrulla Sattarov
🙋 Yig‘ilishda jalb qilinayotgan investisiyalarga, yangi ochilayotgan korxonalarga yarasha munosib kadr ham tayyorlanishi lozimligi qayd etildi. O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilindi. “E’tibor bering, bugun…
🔗 Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi.

➡️ Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20👍19🤩17🥰16🎉10
Xayrulla Sattarov
🔗 Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi. ➡️ Xorijiy til egalari jalb qilingan 1…
📌 Endilikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda 80 ta tuman uchun aytilgan imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham berilishi belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14🥰1410👍7🤩7
Xayrulla Sattarov
📌 Endilikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda 80 ta tuman uchun aytilgan imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham berilishi belgilandi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
💬 Yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.

💬 Kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🤩18🎉1714🥰14
Xayrulla Sattarov
💬 Yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi. 💬 Kelgusi…
💳 O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yildi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.

💳 Iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi. Endi ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.

🚪 2026-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🎉1615🔥13🥰12
Xayrulla Sattarov
💳 O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yildi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi. 💳 Iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga…
📊 Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis bo‘lish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson bo‘lib tarbiyalanadi.

➡️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi. Yaratilgan kontent "Milliy tarbiya" platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23🤩20🥰18👍11🎉10
Xayrulla Sattarov
📊 Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis bo‘lish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson bo‘lib tarbiyalanadi. ➡️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy…
💳 Joylardagi 219 ta "Barkamol avlod" maktabi, "Yoshlik" sport jamiyati, O‘quvchi yoshlar markazi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda "Kelajak" markazlari tashkil etiladi.

🔵 "Kelajak" markazlari maktablar bilan uzviy va maqsadli tadbirlarni jonlantirib, muhandislik, ilm-fan, madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qiladi.

☀️ Ushbu tizim bilan barcha maktablar qamrab olinishi ta’kidlandi. Har bir o‘rta maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatchilar o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishiga qarab, til, kasb, muhandislik, ijod, san’at va sport to‘garaklarini tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥16🤩16🎉1211
2025/10/31 06:41:22
Back to Top
HTML Embed Code: