Telegram Web Link
Xayrulla Sattarov
📰Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”, – dedi Prezident. 🖋 Maktab ta’limida yana bir qator muhim o‘zgarishlar…
🙋 Har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olyapti.

Masalan, 2016 yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili birgina xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

💳 Endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.

📰Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘g‘il-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti.

Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan bo‘lgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.

Yoki Oksford universiteti doktoranti Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyatini yo‘qotgan o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha innovasion metodika yaratdi. Germaniya va AQSHdagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari bu metodikadan foydalanayotgani bizni quvontiradi.

Eng katta niyatim, maqsadim
– ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish. Buning uchun har qanday sharoitlarni yaratib berishga tayyorman”,

dedi Prezident.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15🤩14🎉12🥰119
Xayrulla Sattarov
🙋 Har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olyapti. Masalan, 2016 yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili birgina xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro…
⚡️ 2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi

📰Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki bo‘ladi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥13🤩11🥰95
Xayrulla Sattarov
⚡️ 2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi 📰Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki…
🗒 Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ularning eng ilg‘or kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilinishi belgilandi. Bundan tashqari, kasbiy ko‘nikmasi bor istalgan talabgor ushbu texnikumlarda xorijiy davlatlarning malakani baholash tizimi orqali imtihondan o‘tib, xalqaro sertifikat olishi mumkin bo‘ladi.

🗣 Joriy o‘quv yilidan Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BITEK” xalqaro dasturi boshlandi. Bu orqali yoshlar xalqaro standartlar asosida turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qurilish, logistika, elektrotexnika, energetika, mashinasozlik, biotexnologiya, kreativ iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda talab yuqori kasblarni egallaydi.

💬 Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Korxonalar bilan aniq loyihalari bo‘lgan texnikumlar o‘rtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qilish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga ustaxona uchun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤩15🔥1211🎉10
Xayrulla Sattarov
🗒 Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ularning eng ilg‘or kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilinishi belgilandi. Bundan tashqari, kasbiy ko‘nikmasi…
➡️ Dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshiriladi. Hamkor korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual ta’lim orqali ishlayotgan o‘quvchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov ikki barobar qisqartiriladi.

➡️ Texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi. Umuman, kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi. Unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi barcha ma’lumotlar nafaqat o‘zimizning, balki xorijiy ish beruvchilar uchun ham ochiq-oshkora bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🥰15🔥9🎉8🤩8
Xayrulla Sattarov
➡️ Dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshiriladi. Hamkor korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual ta’lim orqali ishlayotgan o‘quvchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov ikki barobar qisqartiriladi.…
🙋 Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

— Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

— Shu bilan birga, texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi.

— Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👍12🎉8🤩8🥰7
Xayrulla Sattarov
🙋 Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi. — Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy…
“Izlanib, aniq natijaga erishayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-o‘qituvchilar tashkil etayotgani menga mamnuniyat bag‘ishlaydi”,

dedi Prezident.

📁 Misol uchun, Irrigatsiya universiteti o‘qituvchisi E’zozbek Ozodov ixtiro qilgan “Yaroqsiz suvlarni tozalash raqamli uskunasi” mavjud analoglaridan 25 foiz samarali ishlashi xalqaro darajada tan olindi. Hozirda bu uskunaga AQSHning yirik korxonalaridan ko‘plab buyurtmalar olingan.

📁 Yoki Transport universiteti professori Ziyoda Odilova lokomotivlar uchun dizel generatori va elektr tortish motoridan iborat gibrid tizimni ixtiro qildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” loyihani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.

“Ko‘rib turibsiz, oliygohdagi olimlarda iqtisodiyotimizni rivojlantiradigan zo‘r-zo‘r ilmiy ishlanmalar, loyihalar bor.

Shuning uchun, ilm-fan va biznes vakillarini bir-biri bilan uchrashtirib, manfaatli hamkorlikda ishlaydigan tizim qilamiz. Bundan ilm ham, biznes ham yutadi.

Shu bois, ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratamiz”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16🤩169🥰9🎉9
Xayrulla Sattarov
“Izlanib, aniq natijaga erishayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-o‘qituvchilar tashkil etayotgani menga mamnuniyat bag‘ishlaydi”, – dedi Prezident. 📁 Misol uchun, Irrigatsiya universiteti o‘qituvchisi E’zozbek Ozodov ixtiro qilgan “Yaroqsiz…
👁 O‘tgan yili muhandislik oliygohlari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda ixtirochilar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi. Kuni kecha to‘qqizta yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga elektromobil berildi. Ikkinchi o‘rin sohiblari xorijga stajirovkaga yuboriladi, uchinchi o‘rinni egallaganlar esa pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📌 Endi bunday tanlovlar oliy ta’limning har bir yo‘nalishida, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi. Gʻoliblarga 250 million so‘mgacha pul mukofoti beriladi.

🗒 Respublika tanlovida eng ko‘p g‘oliblari bo‘lgan oliygohlarga zamonaviy laboratoriya, ilmiy adabiyotlar va boshqa jihozlar uchun 1 milliard so‘mdan beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1813🔥13🎉9🤩9
Xayrulla Sattarov
👁 O‘tgan yili muhandislik oliygohlari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda ixtirochilar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi. Kuni kecha to‘qqizta yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga elektromobil berildi. Ikkinchi o‘rin sohiblari…
🪟 Hozirda 4 ta oliygoh dunyodagi TOP-mingtalikka kirgan. Yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi. Xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi.

🚫 Bu maqsadlarga erishish uchun kelgusi yilda 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi. Xorijlik talabalar soni 5 barobarga oshirilib, ta’lim eksporti 200 million dollarga yetkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🤩16👍13🎉10🥰9
Xayrulla Sattarov
🪟 Hozirda 4 ta oliygoh dunyodagi TOP-mingtalikka kirgan. Yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi. Xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda…
🇺🇿Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:

- yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

- kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

- o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

- kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;

- fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;

- bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;

- dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;

- reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩14🎉1311🔥10🥰9
Xayrulla Sattarov
🇺🇿Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi: - yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi; -…
📰Ikki Renessans davomida bashariyatga muallimlik qilgan xalqimiz orasida ustozlarni e’zozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish eng go‘zal va qadimiy an’analarimizdan biriga aylangan.

Bugun Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bag‘oyat ulug‘ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, siz – aziz ustozlar hamda iste’dodli shogirdlaringizga tayanamiz.

Ishonchim komil, sizlar bilan birga chin dildan harakat qilsak, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot moʻjizasini albatta yarata olamiz. Oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birga albatta yetamiz!”,

– dedi davlatimiz rahbari.

🇺🇿 Prezidentimiz so‘zining yakunida o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, g‘oyat mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tiladi. Tadbir davomida o‘qituvchi va talabalar, ta’lim tashkilotlarining rahbarlari bilan muloqot qilinib, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤩13🎉108🔥8
#BusinessMarathon #Startup #USA #Youth #Innovation #Entrepreneurship

🇺🇿🤝🇺🇸 The reach of the “Business Marathon” is expanding — and now it’s coming to the USA!

💰 Having already become a strong bridge between young people and entrepreneurs, the Business Marathon is growing into a real platform of opportunities for developing business ideas and startups.

📌 What’s waiting for you at the Marathon?
Insights from experienced mentors
Business plan development workshops
B2B networking sessions

📍 Venue: New Jersey, The Park Hotel at Meadowlands
🔴 Date & Time: September 24, 6:00 PM

🤝 A marathon full of success stories, valuable skills, experience sharing, and exciting opportunities awaits you.

🚩 Entry is completely free! Just register through the link below to participate…

👉 Register here

🔴 We look forward to seeing everyone at the Marathon!

Ijtimoiy
tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉1716🥰16🔥8👏4
Ҳаммаси яхши бўлади ёки яхшиликкка бўлади…

Воқеалар биз хоҳлагандек бўлмаслиги мумкин, аммо ҳар бир синов охир-оқибат енгиллик ва яхшилик билан тугайди…
Баъзан ҳаёт бизни синайди, сабримизни текширади. Аммо айнан мана шу синовлар бизни кучлироқ қилади.
Ҳеч бир қора булут абадий эмас, ёмғирдан кейин албатта, қуёш чиқади…
Ҳозир натижа йўқдек туюлса ҳам бир нарсага ишониш керак: бу йўлда сарфлаган кучимиз зое кетмайди, балки Аллоҳ бизни янада яхши нарса учун тайёрлаётгандир…
Қайсидир ҳикоя яхшилик билан тугамаса, билгинки, унинг давоми бор…”
🔥3128🥰23👏3🏆2
🇺🇿 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.

Ikki kunlik safar dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va ijtimoiy sohada ishga tushirilgan yangi obyektlar bilan tanishish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish o‘rin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari "Kambag‘allikdan farovonlik sari" III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🥰1611🔥11🤩10
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
98🔥7👏7🤔1
Xayrulla Sattarov
🙋 Hurmatli kanalimiz obunachilari sizlar uchun foydali bo‘lgan tanlov tashkil etmoqchimiz!

⭐️ Obunachilarimiz orasidan 10 kishiga 3 oylik Telegram Premium sovg’a qilinadi. G’olib nomi 1-Oktabr kuni soat 14:00 da ma’lum bo’ladi.

👥 Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas. Shu telegram kanalga obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish ham shart emas. Shunchaki @XayrullaSattarov kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli.

📌 ESLATMA: G‘oliblarni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘l bilan avtomatik aniqlaydi!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏22👍13🔥98🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqidan

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍109🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Davlatimiz rahbari xalq orasida...

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍13🔥86
2025/10/22 04:33:46
Back to Top
HTML Embed Code: