Telegram Web Link
#XalqaroYoshlarForumi

🙋 Qozog‘istonda xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

🔎 Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi, Atyrau viloyati hokimligi tomonidan joriy yilning 23–24-sentyabr kunlari Atyrau shahrida “Saraishyq Upgrade 2025” xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

📌 Forumda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 300 nafar yoshlar ishtirok etdi. Ular orasida:
➡️ Qozog‘istonning barcha mintaqalaridan – 100 nafar,
➡️ Atyrau viloyatidan – 140 nafar,
➡️ 60 nafar xorijiy delegatlar qatnashdi.


📍 Tadbirda Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Mongoliya va O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalari ham ishtirok etdilar.

🖋 Forumning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida muloqot, madaniy almashinuv va loyihaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali kreativ industriyalar, yoshlar diplomatiyasi va davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘ldi.

📌 Dastur doirasida: panel muhokamalar, tematik sessiyalar, mahorat darslari, shuningdek, kinomatografiya, musiqa, marketing, IT va sun’iy intellekt, teatr hamda xoreografiya yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlar loyihalari tanlovi o‘tkazildi.


🇺🇿 Ushbu nufuzli xalqaro forumda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi yetakchi yoshlar va koordinatorlar ham faol ishtirok etdilar.

🔗 Batafsil — Fotosuratlar

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥28🤩20🥰13👏32
🇺🇿 O‘zbekistonda Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi tashkil etiladi

➡️2026–2027-yillarda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 4 trln so‘m ajratib, 5 mingta loyiha moliyalashtiriladi.

➡️ 1-noyabrdan “chempion” tadbirkorlarni qo‘llash uchun 10 mlrd so‘mgacha kredit resurslari, kichik biznes loyihalariga esa 500 mln so‘mgacha qayta moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi:

Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍166😱5👏2
🌐 Raqamli transformatsiya – zamonaviy taraqqiyotning asosiy omili

Sizningcha, bugungi taraqqiyotning eng katta harakatlantiruvchi kuchi nima?

📌 Mening fikrimcha — bu raqamli transformatsiya. Shu mavzu atrofida biroz fikr yuritib, uni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildim. Bu maqolada iqtisodiyot, ta’lim va ijtimoiy hayotda raqamli o‘zgarishlarning ahamiyati va istiqbollari haqida fikrlar mavjud.

➡️ Maqolani o‘qish

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥54👏31
🎉 Ertaga g‘oliblar aniq bo‘ladi…

🙋 Hurmatli kanalimiz obunachilari sizlar uchun foydali bo‘lgan tanlov e’lon qilganimiz yodingizda bo‘lsa kerak!..

⭐️ Obunachilarimiz orasidan 10 kishiga 3 oylik Telegram Premium sovg’a qilinadi. G’olib nomi ertaga, 1-Oktabr kuni soat 14:00 da ma’lum bo’ladi.

👥 Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas. Shu telegram kanalga obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish ham shart emas. Shunchaki @XayrullaSattarov kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli.

📌 ESLATMA: G‘oliblarni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘l bilan avtomatik aniqlaydi!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2012🤔6🥰4🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” muborak bo‘lsin!

👨‍🏫 Aziz ustozlar! Sizning sabr-toqatingiz, mehringiz va o‘gitlaringiz tufayli biz hayotda yo‘limizni topamiz, orzu-intilishlarimizga yetamiz. Siz nafaqat bilim berasiz, balki to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi nurli mayoq, qalblarga ishonch va kuch baxsh etuvchi insonlarsiz.

Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga ega bo’lgan yoshlargina buyuk kelajakni ta’minlashi mumkin. Ana shundan yetuk mutaxassis yoshlarni esa Siz tarbiyalab, voyaga yetkazasiz!

🌟 Mana shunday sharafli hamda mas’uliyatli vazifani bajarishda barchangizga ulkan muvaffaqiyat va zafar tilab qolaman. Sihat-salomatlik, baxtu-saodat hamisha hamrohingiz bo‘lsin! Xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik arimasin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15🎉6👍43🤔3
#BiznesMarafon #Startap #AQSh #Yoshlar #Innovatsiya #Tadbirkorlik

💰 “Vatandoshlar xalqaro biznes marafoni” Vashington shahrida ham yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi!

📍 O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasida marafonning navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida ishtirokchilar mahorat darslarida qatnashishdi. Shuningdek, B2B uchrashuvlar tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar haqida suhbatlashishdi.

🚀 Marafon nafaqat biznes g‘oyalarning namoyishi, balki vatandoshlar o‘rtasida samimiy muloqot, tajriba almashinuvi va kelajak uchun birgalikdagi rejalar tuzishga xizmat qildi.

🎯 Barcha suratlarni tomosha qilish

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍185🔥51🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BiznesMarafon #Startup #AQSh #Yoshlar #Innovatsiya #Tadbirkorlik

🇺🇿🤝🇺🇸Vashingtonda bo‘lib o‘tgan "Vatandoshlar xalqaro biznes marafoni"dan lavhalar...

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥3🤔3
⚠️ Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi

Qayerga va qanday qilib murojaat qilish mumkin?
✔️ Davlat xizmatlari markaziga borib yoki my.gov.uz sayti orqali onlayn: my.gov.uz/oz/service/325

Subsidiya olish uchun quyidagilar talab etiladi:
✔️ Ijtimoiy mezonlar asosida 30 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lish zarur

Daromad chegaralari:
✔️ Viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda: 3 mln 431 ming 700 so‘mdan 10 mln 168 ming so‘mgacha
✔️ Toshkent shahrida: 3 mln 431 ming so‘mdan 11 mln 693 ming 200 so‘mgacha.

Ariza topshirish bo‘yicha qo‘llanma: https://www.youtube.com/watch?v=7UQmHWO-UD8

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🔥3🤔3🎉1
❗️ Yetim bolalarga uy-joy ijarasi to‘lovlari to‘lab beriladi

👆 Batafsil infografikada


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤔3🔥21
❗️ Kambag‘al oilalarga kredit ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (612-son, 30.09.2025 y.) bilan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kambag‘al oilalarga quyidagilarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tartibini belgilaydi:


▪️ noutbuk;
▪️ tadbirkorlikni boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari;
▪️ ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalar.

📝 Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” ko‘magi asosida platforma orqali taqdim etiladi. Arizalar skoring baholash natijalariga ko‘ra 1 ish kunida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.

📙 Biriktirilgan rahbar arizani 5 ish kunida joyiga chiqqan holda o‘rganadi.

📑 O‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani platformaga joylashtiradi.

💸 Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan quyidagicha ajratiladi:


🔹 15 mln so‘mgacha bo‘lgan 1 ta noutbuk sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan;

🔹 tadbirkorlikni boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2👏1
2025/10/19 14:28:48
Back to Top
HTML Embed Code: