#Faxr_va_iftixor_tuygulari
2-iyul O‘zbekiston Respublikas Davlat gerbi tasdiqlanganligining 33-yilligi munosabati bilan “Alpomish” bolalarni sog'lomlashtirish oromgohida “Faxr va iftixor tuyg‘ulari” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi. Unda Respublika Maʼnaviyat targʼibot markazi Xiva shahar boʼlimi rahbari L. Atajanova, “Xiva tongi” gazetasi muxbiri D.Masharipov, oromgoh tarbiyachilari hamda dam oluvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar milliy ramzlarimiz, xususan Davlat gerbining tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida so‘z yuritib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yoshlar Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini aks ettiruvchi she’rlar ijro etdilar, ramzlarimizga oid rasmlar chizdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

NIMASIZ YAShAB BO‘LMAYDI?
— Million dollarsiz yashamoq mumkinmi?
— Mumkin.
— Yuz, o‘n, hatto bir dollaring bo‘lmasa-chi?
— Yashamoq mumkin. Rizqni Tangri beradi. Kishining tirik yurishi uchun kunda bir kesim non kifoya. Og‘ir kunlarda odamlar shunday yashashgan. Odam nima uchun taomlanadi? O‘lib qolmaslik, harakatdan to‘xtamaslik uchun. Buning uchun katta boylik shart emas.
— Shon-shuhratsiz yashamoq mumkinmi?
— Odamlar yashashyapti-ku? Nega mumkin emas ekan?
— Yuqori mansabsiz-chi?
— Odamlarning barchasi mansabdor emas-ku?
— Amaling bo‘lmasa, boyliging bo‘lmasa, shon-shuhrating bo‘lmasa, to‘y-hashamlarda senga poygakdan joy tegadi.
— Demak, ular Odamni emas, amal va boylikni to‘yga chorlashgan ekan. Poygakda o‘tirishdan afsus chekmaslik kerak. Chunki o‘sha to‘rdagilar hademay poygakka tushadilar.
— Xo‘sh, boyliksiz, amalsiz, shuhratsiz yashamoq mumkin ekan. Nimasiz yashamoq mumkin emas?
— Iymonsiz. Iymon bilan yashayotgan kishi Allohning huzurida eng boy, eng shuhratli kishidir. Tangri huzuridagi dasturxon to‘ri ham iymon egalariniki bo‘ladi. Dunyoviy boylik, mansab, shuhrat xiyonatkordirlar. Iymon boyligi esa sadoqatlidir. Bu dunyoda tashvishli yoki quvonchli kunlarda ham yolg‘iz qo‘ymaydi. U dunyoda esa o‘zingga ko‘shk bo‘lib xizmat qiladi.
TOHIR MALIK

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlik uyim ostonasi tillo ekan…
#donolardan
“Vaqt o‘tyapti!” deymiz sal hazinlik bilan. Bu gapni inson o‘zini ovutish uchun o‘ylab topgan. Aslida biz o‘zimiz o‘tyapmiz…
✍️ Asqad Muxtor

Oʻzbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratadi
Qutuz – koʻhna Xorazmda tugʻilgan. Yoshligida ona vatanini tark etgan Sayfiddin Misr sultoni darajasiga yetib, 1260-yilda Ayn Jolut jangida moʻgʻullarga qarshi hal qiluvchi gʻalabaga erishgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/28661
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qutuz – koʻhna Xorazmda tugʻilgan. Yoshligida ona vatanini tark etgan Sayfiddin Misr sultoni darajasiga yetib, 1260-yilda Ayn Jolut jangida moʻgʻullarga qarshi hal qiluvchi gʻalabaga erishgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/28661
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kitob oʻqib nimaga ham erisharding?!”
Unda “Yosh kitobxon” gʻoliblariga boqing!
📚Kitobxon Millatmiz - Birga Yuksalamiz!
✅Bizni kuzatishda davom eting!

📌 Жорий йилнинг 8-10 август кунлари Хива шаҳрида анъанавий “Қовун сайли” бўлиб ўтади.
✅ Фестивал доирасида Хоразм вилоятининг шаҳар-туманлари ўз ҳудудларида етиштирилган ширин қовунларнинг кўргазма-савдосини ўтказади. Павильонлар ҳудудий ранг-баранглик асосида байрамона безатилади.
✅ Шунингдек, театрлаштирилган саҳналар, қўғирчоқ театри ва миллий либослар намойиши, миллий таомлар, Хоразм нонлари ва ҳунармандчилик маҳсулотлари кўргазмалари, бадиий жамоалар, фольклор гуруҳларининг жонли ижро чиқишлари, маҳорат дарслари, тасвирий ва амалий санъат асарлари кўргазмаси ташкил этилади.
✅ “Қовун сайли” да фаол иштирок этганлар турли номинациялар асосида Хоразм вилоят ҳокимлиги ва ҳомийларнинг қимматбаҳо совғалари билан тақдирланади.
✅ Фестивалнинг асосий тадбирлари маҳаллий ва хорижий юлдузлар иштирокидаги гала концертлар билан 8-9 август кунлари "Ичонқалъа" ва 10 август куни “Арда Хива” туризм мажмуаларида бўлиб ўтади.
📑 Ташкилотчи:
Хоразм вилояти ҳокимлиги
📍 Манзил: Хоразм вилояти, Хива шаҳри