Telegram Web Link
2025 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda uy xarid qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Endilikda:
🔹 Faqat ro‘yxatdan o‘tgan qurilish ob’ektlari bo‘yicha shartnoma tuziladi;
🔹 Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruvchiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus “eskrou hisobvaraq” orqali o‘tadi;
🔹 Qurilish kamida 30% tayyor bo‘lsa, bank kredit beradi yoki pulni quruvchiga o‘tkazadi;
🔹 1 iyul – 31 dekabr oralig‘ida ikki tizim (eski va yangi) parallel ishlaydi;
🔹 2026 yil 1 yanvardan faqat eskrou tizimi orqali pul to‘lash mumkin bo‘ladi;
🔹 “Shaffof qurilish” axborot tizimi joriy etiladi;
🔹 Ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik soliq organlariga yuboriladi.

Eskrou nima?

Bu — xaridor puli bankdagi maxsus hisobda saqlanib turishi, qurilish belgilangan bosqichga yetkandan keyingina mablag‘ quruvchiga o‘tishi degani.


Yaqinlarga yuborib qo‘ying.
🔻2025 yil – Atrof-muhitni asrash va “Yashil” iqtisodiyot yili.

EKOLOGIK MADANIYAT SOG‘LOM HAYOTNI BELGILAYDI
30 iyun – Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xiva shahar Kengashi tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi, shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xiva shahridagi “Alpomish” yozgi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida “Ona tabiatni asraylik!” shiori ostida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy qismi Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektorlari ishtirokida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlandi. Unda oromgoh yoshlari uchun tabiat qo‘ynida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, boshqa tabiiy ofatlar vaqtida qanday harakat qilish kerakligi, xavfsizlik texnikasi, tezkor evakuatsiya tartib-qoidalari haqida tushunchalar berildi. Yoshlar ushbu mashg‘ulotlar orqali nafaqat nazariy bilim, balki zaruriy ko‘nikmalarni ham egalladilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urganch shahrida yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan xatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etgan «Yo‘l bezorisi»ga tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi,
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat
#tabiatniasra

“Bir daraxtni kesish — bu faqat bir daraxtni yo‘qotish emas.
Bu soyani, qushlar qo‘shig‘ini, havodagi bir nafasni yo‘qotish demakdir.”
#Ma'rifat_ulashib
"Jaholatga qarshi ma'rifat"

Xiva shahrida "Oqila ayollar" forumi bo‘lib o‘tdi

"Oilalar mustahkamligini ta’minlashda 'Oqila ayollar' harakatining o‘rni" mavzusidagi navbatdagi forum Xorazm viloyati Xiva shahrida bo‘lib o‘tdi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Respublika “Oqila ayollar” harakati tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida Xivadagi 15-son umumta’lim maktabida “Oqila ayollar” harakati a’zolari va mahallalardagi faol xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Shuningdek, Shihlar hamda Qibla Tozabog‘ mahallalarida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor ayollar harakatning mazmun-mohiyati, oilalar barqarorligi va jamiyatda ayollarning o‘rnini mustahkamlashdagi ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashdilar.

#OqilaAyollar #XotinQizFaolligi
Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

https://www.tg-me.com/Xiva_MM
BOShQOTIRAR TOPIShMOQ:

Mushuk tepaga chiqayaptimi, pastga tushayaptimi?..

Javobni izohlarda yozing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo'g'ulistonga keldi.

Bizni kuzatishda davom eting!
2025/07/02 00:53:30
Back to Top
HTML Embed Code: