Telegram Web Link
#yangiruhiyat

G'ayratli keksalar shiori ostida Xiva shahridagi barcha mahallalarda sport musobaqalari davom etmoqda...

“Sog‘lom inson – sog‘lom millat”
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bobomning_oʻgitlari

Chuchuk tildir ajab ganji muazzam,
Ato qilgan bilan hech bo'lmagay kam.
Yomon so'zdan tilingni saqla zinhor,
Kishi tilning yomonidan bo'lur xor!

Shuhrat✍️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Aliment to‘lovlarining eng minimal miqdori oshrilmoqda

Senatorlar alimentning eng kam miqdori 306 ming so‘m ekanligi bu esa minimal iste’mol xarajatlari (669 ming so‘m) 2 baravardan ham kam ekanligini tanqid qilishdi.

Alimentning eng kam miqdorini bola yoshini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish va bolaning ehtiyoji uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborildi.

Xabarni aliment oladigan va to‘laydigan tanishlarga yuborib quying
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_22_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/RyCQ3mDQN80 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

@otabek_khasanov
Bir ayol qo‘shnisini g‘iybat qilibdi. G‘iybat gap tezda qishloq aholisiga tarqabdi. Fiybat qilingan odam esa ancha iztirob chekibdi. Ma’lum vaqtdan keyin haligi ayol qilgan ishidan pushaymon bo‘libdi. Xatosini qanday tuzatishni bilmay, bir dono zotga murojaat qilibdi.

Donishmand unga shunday maslahat beribdi:
— Bozorga borib tovuq sotib ol va so‘ydir. Keyin uyga qaytishda, patlarini yulib, yo‘l bo‘yi yerga sochib kel.

Ayol bu g‘alati nasihatga hayron bo‘lsa-da, donishmandga hurmati tufayli, ishni aytilgandek bajaribdi. Ertasi kuni donishmand ayolga:
— Kecha tashlab kelgan patlaringni bugun terib kel, — deb buyuribdi.

Ayol kechagi yurgan yo‘lidan borib, patlarni to‘plamoqchi bo‘libdi. Qarasa, shamol barcha patlarni uchirib ketgan ekan. Soatlab izlash natijasida, bor- yo‘g‘i bir-ikkita patni topibdi. Dono zot unga shunday debdi:
— Ko‘rdingmi, ularni yerga tashlash oson, ammo qayta to‘plashning iloji yo‘q. G'iybatni ham qilish oson, biroq asoratini ketkazish nihoyatda mushkul deya javob beripti.
#iqtibos

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

– Biz jamiyatimizda demokratiya, ochiqlik, oshkoralik, erkinlik muhitini yaratyapmiz va bu yo‘lni qat’iy davom ettiramiz. Bundan buyon ham so‘z va ijod erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish masalasi doimiy e’tiborimizda bo‘ladi.

Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarning o‘z vaqtida berib borilishi tarqalayotgan yolg‘on ma’lumotlarning oldini oladi.

Shavkat MIRZIYoEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng yaqin insonim, bugungi Juma kuni muborak bo‘lsin!

Shu kunlarga yetkazganiga Allohga shukrlar bo‘lsin🤲

Yaqinlarni bugungi kun bilan tabriklashni unutmang!

https://www.tg-me.com/Xiva_MM
#Dolzarb_90_kun
#Psixologik_trening

🏫Ma'mun universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli psixologik treninglar tashkil etilgan. Bugun mazkur treninglardan birini "Psixologiya va sport" kafedrasi professori v.b U.Latipova olib bordi.

🗣Unda "Stres va uni oldini" olish mavzusida psixologik trening tashkil qilindi.

🗣Stress — inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga undaydi, stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yo’qotadi.
Tog‘da jarlikdan o‘tish uchun bitta ko‘prik bor ekan.
Bir yigit ko‘prikdan o‘tmoqchi bo‘lgan odamlarni 100 so‘mga opichib o‘tkazib qo‘yardi. Bir kuni turistlar gruppasi kelibdi. Hammasi yigitning yordamiga muxtoj edi.
Yigitning ishi yurishib ketibdi.
— Ikki yelkamga ikki kishini olsam, tezroq bo‘ladi, ko‘prok pul tushadi, — deb ikki kishini ortib olibdi. Ko‘prikning yarmiga kelganda, muvozanatni tutolmay yulovchilardan bittasini jarlikka tushirib yuboribdi. Shunda u afsuslanib:
— Ex, essiz.100 so‘m pul hayf ketdi-ya, — deganakan.

Ushbu hangomani o‘qib ochig‘i kulishni o‘rniga negadir achinish xissini tuydim. Yo‘q, jarlikka qulagan odamni taqdiriga emas, balki haqiqiy hayotda ham xuddi shunaqa odam o‘rnida allaqanday “100 so‘m” ni tasavvur qiluvchi "tubanlik jarligiga qulab bo‘lgan" kishilarni uchratish oddiy holday bo‘lib qolayotgani uchun achindim...
Prezidentimizning "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi
Farmoni bilan xorazmlik taniqli jurnalistlar:

-“XXI asr” gazetasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri Ro‘zimboy Hasanov va Toshkentda “Adolat” gazetasi tahririyatida faoliyat yuritayotgan eldoshimiz Kamol Matyoqubov “Do‘stlik” ordeni bilan;

-ko‘p yillar Xorazm teleradiokanalida faoliyat olib borgan ijodkor Nur Ahmad Hojiboy o‘g‘li “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi! Eldoshlarimizni bu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
#QUTLAYMIZ!

"XXI asr" gazetasining Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri, Ustoz jurnalist - RO‘ZIMBOY HASANOVga "DO‘STLIK" ordeni muborak bo‘lsin!
Chin dildan qutlaymiz!

Yurtdoshimiz, qadrli Ahmad Nur akani ham "Shuhrat" medali bilan tabriklaymiz. Muborak bo‘lsin, og‘a.
2025/06/30 15:54:33
Back to Top
HTML Embed Code: