Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari 2 dastur asosida ish bilan ta’minlanadi.

Tanishlarga yuborib qo‘ying.
Xiva shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan sportchilar taqdirlandi

30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan bugun Xiva shahar hokimi Temur Davletov sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida 2025 yil davomida xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishgan sportchi yosh yigit-qizlar e’tirof etildi va ular pul mukofotlari, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir yoshlar faolligini rag‘batlantirish va ularning fidokorona mehnatini qadrlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
#diqqat

⚡️Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Qolgan hududlarning imtihonlari o‘z hududlarida bo‘ladi.

Ota-onalarga yuborib qo‘ying
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Shukr» so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, qanoat ma’nosini beradi. «Shukur» esa uning ko‘pligini ifodalaydi. Shukr qilish shukrona – rahmat aytishga olib keladi. Buni shukronalik holati ham deymiz. Darvoqe, xalqda «Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil» degan naql ham bor.

Xo‘sh, biz nimaga shukr qilishimiz kerak o‘zi?

Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota) «Xudo bergan ne’matlarga shukr qilging», deb yozadi. Ogahiyda esa shunday bayt bor:

Kishida lozim erur har na holda shukr,

Xoh kamolda bo‘lsin, xoh zavolda shukr.


Ushbu videoni uni yemayman, buni kiymayman deb boriga qanoat qilmay injiqlik qilayotgan farzandlarga ko'rsatish tavsiya etiladi...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zingni ehtiyot qil!... 😢

Shunday farzandlardan bo‘lib qolishimizdan, shu kabi farzandlarni ota - onasi bo‘lishdan barchamizni Alloh O‘zi saqlasin!
Do‘stlaring bo‘lsin...

Bir kam dunyo. Sen ham bir banda.
Mayli, kamu ko‘stlaring bo‘lsin.
Lek ko‘rganda shod, ko‘rmaganda
Sog‘inguvchi do‘stlaring bo‘lsin.

Ularga dil to‘la himmating,
Mehr to‘la ko‘zlaring bo‘lsin.
Qaydasan, deb, buzib xilvating,
Bosib kelar do‘stlaring bo‘lsin.

Sevin, ular tegsa joningga,
Ishdan qo‘ysa kul, yayra, kuldir.
Kelmay qo‘ysa birov yoningga
Dunyo oxir bo‘lgani shuldir.

Do‘stlarimizga yuboramiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligiga 33 yil toʻldi.
#𝑫𝒂𝒗𝒍𝒂𝒕_𝒈𝒆𝒓𝒃𝒊_𝒎𝒖𝒔𝒕𝒂𝒒𝒊𝒍𝒍𝒊𝒌_𝒕𝒊𝒎𝒔𝒐𝒍𝒊

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'grisida"gi qonun qabul qilingan sana 1992-yil 2-iyulni biz tarixiy voqea sifatida har yili yodga olamiz va nishonlaymiz. Chunki Davlat gerbi - mustaqilligimizning ramzlaridan biri. Tariximiz va milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan davlatimiz gerbi xalqimiz ozodligining yana bir timsoli sifatida tarixdan joy olganiga 33 yil to'ldi.
Xiva shaharidagi “Nurullaboy” istirohat bog’ida, 2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kuniga bag‘ishlab, “Alpomish” bolalar oromgohining tarbiyachilari va dam oluvchilari hamda faol kitobxonlar bilan birgalikda, “Davlat gerbi-mustaqillik timsoli” mavzusida kitoblar va rasmlar ko‘rgazma tashkil etildi.
#iqtibos

Ko‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir.

✍️ Abulqosim Zamaxshariy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 10:21:58
Back to Top
HTML Embed Code: