🇺🇳 Xivada BMT Qo‘shma dasturi doirasida amaliy tashrif bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-iyun kuni Xiva shahrida “O‘zbekistonda yoshlar va bolalar uchun do‘stona mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiya qilish” nomli BMT Qo‘shma dasturi doirasida navbatdagi hududiy tashrif bo‘lib o‘tdi.

Xiva Turizm kollejida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, UNICEF, BMTTD va “Yuksalish” harakati vakillari, mahalliy hokimiyatlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida:
🔹 Qo‘shma dastur maqsadlari va yo‘l xaritasi taqdim etildi
🔹 Ishtirokchilar guruhlarda hududiy muammolar va ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilishdi
🔹 Mahalliy ishchi guruhlar tashkil etilib, aniq vazifalar belgilandi

📌 Ushbu tashrif mahalliy darajada inklyuziv, natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvga o‘tish, yoshlar va bolalar manfaati yo‘lida samarali qarorlar qabul qilish uchun muhim poydevor bo‘ldi.
“Payshanba – profilaktika kuni” tadbiri.
"Jaholatga qarshi ma'rifat"

Bugun Xiva shahar hokimligi binosida hududda jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Payshanba – profilaktika kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Har haftaning payshanba kuni muntazam o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbir doirasida mahallalarda mavjud muammolar muhokama qilinib, murojaatlari organish va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berish aholi bilan muntazam muloqot olib borish ularning huquqiy hamda xavfsizligini taʼminlash belgilab olindi.
❗️1 sentabrdan maktab va bog‘cha rahbarlarining maoshi oshadi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan:

Maktab direktorlarining oylik maoshi 20% ga ko‘tariladi;
Direktor o‘rinbosarlariniki 15% ga oshadi;
Kategoriyasi yuqori bo‘lgan bog‘cha direktorlari maoshi maktab rahbarlari o‘rinbosarlari darajasiga tenglashtiriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️Otabek Xasanov

"Avlodlarning bir-biridan farqi — qadriyatlar to'qnashuvida"

#erkin_fikr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oshna-og‘ayni, do‘st bilinar,
Boshingga tushganda kulfat!
Nega tirikligida qadriga yetmaysan?
Hammani topasan, onajoningni topa olmaysan.

Mirzabek Xolmedovdan «Ona» monologi, Rustam G‘oipov ijrosida esa «Ona emasmu?» qo‘shig‘ini sizga ilindik. Yig‘lab tinglaysiz. Onalarimizning qadriga yetaylik.
Xivalik sportchi Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Vyetnamning Vungtau shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 Osiyo chempionatida erkin kurashchilarimiz ham bahslarga kirishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqada 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan taqdirlanishdi. Quvonarlisi, ushbu yutuqlardan biri xivalik sportchiga tegishli.

Xiva shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Otabek Nazirboyev 97 kg vazn toifasida faxrli bronza medalini qo‘lga kiritdi.
#yangiruhiyat

G'ayratli keksalar shiori ostida Xiva shahridagi barcha mahallalarda sport musobaqalari davom etmoqda...

“Sog‘lom inson – sog‘lom millat”
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bobomning_oʻgitlari

Chuchuk tildir ajab ganji muazzam,
Ato qilgan bilan hech bo'lmagay kam.
Yomon so'zdan tilingni saqla zinhor,
Kishi tilning yomonidan bo'lur xor!

Shuhrat✍️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Aliment to‘lovlarining eng minimal miqdori oshrilmoqda

Senatorlar alimentning eng kam miqdori 306 ming so‘m ekanligi bu esa minimal iste’mol xarajatlari (669 ming so‘m) 2 baravardan ham kam ekanligini tanqid qilishdi.

Alimentning eng kam miqdorini bola yoshini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish va bolaning ehtiyoji uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborildi.

Xabarni aliment oladigan va to‘laydigan tanishlarga yuborib quying
2025/06/27 01:16:37
Back to Top
HTML Embed Code: