Telegram Web Link
RASMІY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 48-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim jarayoni qurilish ishlari yakunlanmasdan boshlanganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Shovot tumani Guliston mahallasida joylashgan 48-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi ilk bor 1991-yilda 240 o‘rinli qilib qurilib, 1992-yilda foydalanishga topshirilgan. Keyinchalik, “2004–2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi” doirasida 2008-yilda joriy ta’mirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–454-sonli qaroriga asosan ushbu ta’lim muassasasini “Investitsiya dasturi” doirasida yangidan qurish rejalashtirilib, 2025-yil iyun oyida “Hazorasp stroy servis” MCHJ tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan. Natijada, 540 o‘rinli, barcha zarur qulayliklarga ega zamonaviy 3 qavatli maktab binosi barpo etildi.

Yangi binoda ta’lim jarayoni joriy yil 29-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, hozirda 510 nafar o‘quvchi 1 navbatda ta’lim olmoqda. Sinf xonalari zarur o‘quv jihozlari — stol, stul, doskalar, shkaflar hamda o‘quv vositalari bilan to‘liq ta’minlangan.

Shu bilan birga, issiqlik tizimi, kanalizatsiya tozalovchi uskuna, suv ta’minoti va elektr transformatori o‘rnatish ishlari reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar ta’lim faoliyatiga hech qanday to‘siqlik qilmayapti.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
“Ustozimga ehtirom” chellenji yakunlandi!

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Ustozimga ehtirom” chellenjida ishtirokchilar tomonidan ustozlarga bo‘lgan samimiy hurmat va minnatdorlikni ifodalovchi ijodiy videoroliklar taqdim etildi.

📌 Chellenj yakunlariga ko‘ra, eng faol ishtirokchilar sifatida quyidagilar e’tirof etildi:

Xorazm viloyati Yangiariq tumani 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-“A” sinf rahbari Avezova Shirinjon;

Yangiariq tumani 35-maktab o‘quvchilari;

Urganch shahri 26-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-“B” sinf rahbar
i Adambayeva Nargiza.

🏆 Bugun boshqarma tomonidan chellenjda faol ishtirok etgan ustoz va o‘quvchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

💐 Ularning ijodiy yondashuvi, ustozlarga bo‘lgan ehtirom va samimiyliklari alohida e’tirof etildi.

Barcha ishtirokchilarga tashabbuskorliklari va faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

Nukus shahrida o‘tkazilgan "Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi"ning Yalpi yig‘ilish jarayonlaridan videolavha.

📊 Ma'lumot o‘rnida: ilk bora tashkil etilgan mazkur tadbirda 250 nafardan ortiq ishtirokchilar ta‘limdagi zamonaviy tendensiyalar va yangi metodikalarni muhokama qilishdi.


#Markaziy_Osiyo_pedagoglari_bir_mintaqa_bir_ovoz_bir_kuch

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 "Al-Xorazmiy izdoshlari olimpiadasi"

2-6-sinf o‘quvchilari uchun Matematika olimpiadasi!
🇺🇿 Savollar – O‘zbek tilida

Bilim va tajriba: Olimpiada o‘quvchilarga o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish va yangi tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini beradi!
Raqobat va rivojlanish: Kuchli raqobat muhitida fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish!
Motivatsiya: Har bir ishtirokchi bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va foydali qiladi!

Mukofotlar:
🥇🥈🥉 G‘oliblar va ularning o‘qituvchilari medallar, diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

❗️ Muhim eslatma:
Ro‘yxatdan o‘tmagan o‘quvchilar olimpiadaga kiritilmaydi!

✉️ Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @Xorazmiy_olimpiad_bot

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Bog‘lanish: @madaminov_003
📞 Telefon: +998996833323

🚀 Kelajak sizning qo‘lingizda! Bilim bilan kuchli bo‘ling! 🚀

@Xorazmiy_olimp
Yangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan "Eng namunali maktabgacha ta'lim tashkiloti" faoliyatini tashkil qilish bo'yicha seminar trening tashkil qilindi.

Seminarda tuman MMTB boshliqi, bo'lim metodistlari va barcha maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirok qildilar.

Seminar trening davomida tashkilot bir kunlik faoliyati bo'yicha
- xodimlarga kayfiyat ulashuvchi psixologik o'yinlar;
-ekologik burchak hamda ekologik yo'laklar tashkil qilish mobaynida bolajonlarni tabiat bilan tanishtirish;
- tarbiyalanuvchilarni kreativ g'oyalar asosida kutib olish;
- "Turon kichkintoylari" teatr jamoalari to'garaklari faoliyati;
- "Jajji talantlar" ijodidan lavhalar kabi tadbirlar tashkil qilindi.

Ushbu tadbirlar yil davomida tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lib o'tadi.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak soatlari–bu o‘quvchilarni kelajakda muvaffaqiyat qozonish uchun qaratilgan maxsus darslar yoki o‘quv dasturlaridir.

"Xabarlar" informatsion dasturi

📤 Dasturning to'liq shaklini
🌍
mediabay
🌍
“Itv”
orqali online tomosha qilishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring ⤵️

📱
Instagram | 🕊Telegram |
📺
You tube |
ASOSIY OLIMPIADANING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI UCHUN JOYLASHUVLAR ANIQLANDI

👥Xabaringiz bor, Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

Olimpiada kunlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

📚Xorazm viloyati bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tadigan maktablar:

🔹Urganch shahar 13-maktab
🔹Xiva shahar 5-maktab
🔹Bog‘ot tumani 3-son ixtisoslashtirilgan maktab
🔹Gurlan tumani 3-maktab
🔹Qo‘shko‘pir tumani 54 maktab
🔹Urganch tumani 36-maktab
🔹Hazorasp tumani 21-maktab
🔹Xonqa tumani 26-maktab
🔹Xiva tumani 42-maktab
🔹Shovot tumani 49-maktab
🔹Yangiariq tumani 31-maktab
🔹Yangibozor tumani 15-maktab
🔹Tuproqqal’a tumani 18-maktab

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tkazish soat 1 soat avval to‘xtatiladi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati
2025/10/23 16:00:54
Back to Top
HTML Embed Code: