Telegram Web Link
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.

📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Xonqa tumanidagi 31-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishi yuzasidan

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

2024-yil oktabr oyida mazkur direktorga tegishli tarqalgan videokontentda pedagog axloqiga mutlaqo mos kelmaydigan holatlar aks etgan bo‘lib, ushbu holat jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va viloyatning turli hududlaridan ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan.

O‘rganishlar natijasida videomaterialning haqiqiyligi tasdiqlangan. Shu asosda MTT direktori boshqarmaning odob-axloq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, “Pedagog axloqi — bu o‘qituvchining o‘z kasbi, o‘quvchilar, hamkasblar va jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglab, axloqiy me’yorlarga amal qilishidir” tamoyili asosida ishdan bo‘shatilgan. Biroq, keyinchalik sud qaroriga ko‘ra, u qayta ishga tiklangan.

Shuningdek, 2023-yilda Respublika bo‘ylab amalga oshirilgan “Bir piyola choyga taklif qilamiz” xayriya tashabbusi doirasida to‘plangan moddiy jihozlar ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan. Ammo MTT direktori mazkur jihozlarni tashkilot balansiga kiritmagan va ularni shaxsiy mulki sifatida hisoblagani aniqlangan.

Bundan tashqari, 31-son DMTT xo‘jalik ishlari mudiri tomonidan kelib tushgan shikoyat arizasi asosida Xonqa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, materiallar tegishli tartibda vakolatli tashkilotlarga yuborilgan.

Boshqarma tomonidan ayni paytda ham mazkur holat yuzasidan kelib tushgan qo‘shimcha shikoyatlar va ma’lumotlar bo‘yicha qonuniy va xolis tarzda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan masalani bir tomonlama yoritmaslik, tekshiruv natijalari to‘liq yakunlangandan so‘ng xulosa chiqarish hamda fuqarolarni noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan chalg‘itmaslik so‘raladi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍14👏4🔥2🥰2
🇺🇿 “El-yurt umidi” — motivatsiya, stipendiya va imkoniyatlar


Bugun, 10-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas‘ul vakillari bilan talaba va o‘quvchilarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Axborot-resurs markazining katta majlislar zalida tashkil etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Urganch davlat universiteti rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Xorazm viloyati filiali, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi,  jamg‘arma stipendiatlari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, tayanch doktorantlar (PhD), magistrlar hamda viloyatimizdagi maktablarning iqtidorli o‘quvchilardan 600 nafari markaziy studiyadan ishtirok qilgan bo'lsa, tuman va shahar studiyalaridan 3500 nafardan ziyodi ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimi o'rinbosari S.Salayev ochib berdi va yoshlar uchun bu kabi tashabbuslarning dolzarbligini ta’kidladi. Shuningdek, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektеmirov so'zga chiqib, yoshlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida so’z yuritdi.

Shundan so‘ng, “El-yurt umidi” jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i G‘.Xatamov, jamg‘armaning bosh inspektorlari M.Fayziyev va Q.Bektemirovlar jamg‘arma faoliyati, mavjud dasturlar, tanlovlar, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va hujjat topshirish tartibi, xorijdan qaytgan mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar, malaka oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Jamg‘armasining xorijda o‘qish, malaka oshirish va ilmiy faoliyat olib borish uchun taqdim etayotgan stipendiya dasturlari va ularning keng qamrovi haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari – talaba va o‘quvchilar uchun motivatsiya, stipendiya va imkoniyatlar kuni
(+video)
Bugun, 10-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas’ul vakillari bilan talaba va o‘quvchilarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar — xorijiy universitetlarga hujjat topshirish tartibi, grant dasturlari, til talablari, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish imkoniyatlari, shuningdek, jamg‘arma orqali tahsilni yakunlagach, O‘zbekistonda faoliyat yuritish tartibi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari – talaba va o‘quvchilar uchun motivatsiya, stipendiya va imkoniyatlar kuni
(+video)

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
🔥1
🧭 Ta’lim muassasalarida halollik va korrupsiyaga murosasizlik darslari

Xorazm viloyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-yilda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Urganch shahridagi 22-sonli maktabda tashkil etilgan seminarda maktab direktori, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tarbiya, huquq va informatika fanlari o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

📚 Tadbirda o‘quvchilarga halollik, to‘g‘rilik va vatanparvarlik tushunchalari sodda tilda yetkazildi hamda “GRACE” global dasturi imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llari muhokama qilindi.

Zoom platformasi orqali boshqa ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilari ham masofadan ishtirok etishdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
2025/10/23 05:49:16
Back to Top
HTML Embed Code: