Telegram Web Link
#Live
#Yangibozor_tuman
#Fan_olimpiadasi

🎯 ASOSIY FAN OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHIGA START BERILDI

Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida asosiy “Fan olimpiadasi” ning tuman bosqichi boshlandi.

📚 Mazkur bosqich 1-guruh fanlari — matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkazilmoqda.

Olimpiada jarayonlari tuman miqyosida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning bilim salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍1
#Asosiy_olimpiada
#Tuman_bosqichi

 YANGIARIQ TUMANIDA ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI — TUMAN  BOSQICHI BOSHLANDI

💠 Bugun, 14-oktabr kuni, tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida Asosiy olimpiadaning ikkinchi bosqichi start oldi.

   Bugungi olimpiada sinovlari 31-sonli maktabda onlayn tarzda tashkil etilib, 9-10-11-sinf o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

⚖️ Olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Olimpiadaning tuman bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar keyingi — viloyat bosqichiga yo‘l oladilar.

Barcha ishtirokchilarga omad  tilaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING IKKINCHI — TUMAN  BOSQICHIDAN LAVHA

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍2🔥1
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari" tanlovining bu safargi mavsumi qay tartibda bo‘lib o‘tadi?


Tanlov 3 bosqichda — tuman (shahar), viloyat va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi. 1-bosqich kuzgi ta'til davrida, joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Ushbu bosqichda eng yuqori ball to'plagan qatnashchilar viloyat bosqichida o'zaro kuch sinashishadi. 2-bosqichda ham g'olib bo‘lgan qizlar esa Respublika bosqichi ishtirokchisiga aylanishadi.


Mazkur tanlovda qatnashish uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Tanlovda ikki yosh toifasida — 16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar alohida aniqlanadi.

Tanlovda jamoa tuzmasdan, yakka o‘zi qatnashish imkoniyati ham mavjudmi?

Ha, tanlov Nizomiga ko'ra jarayonlarda jamoa bo'lib yoki individual ishtirok etishga ruxsat berilgan.

Tanlov g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

✈️"Raqamli avlod qizlari"ning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta'lim sayohati yo‘llanmasini qo'lga kiritishadi. Shuningdek, eng yaxshi 10 ta loyiha amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya qilinadi.
______________

🔴 Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢"Boqiy shaharlarimiz" mavzusida kelajak soati o‘tkazildi

🔹Bog‘ot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i J.Iskandarov tumanidagi 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashib, "Boqiy shaharlarimiz" mavzusida qiziqarli va ma’rifiy kelajak soatini o‘tkazdi.

🔹Davra suhbati tarzida tashkil etilgan mazkur soat davomida yoshlarimizga yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan shaharlar, ularning madaniy va ma’naviy ahamiyati, shuningdek, Vatanimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔹J.Iskandarov o‘z chiqishida yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy merosimizga hurmat bilan qarash muhimligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
🟢“Boqiy shaharlar” mavzusida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi

🔹2025-yil 13-oktyabr kuni Urganch shahar 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabida Urganch shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Marimov tashrif buyurdi.

🔹Tashrif davomida u 9-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug‘iga asosan “Kelajak soati” darsida “Boqiy shaharlar” mavzusida dars mashg‘ulotini o‘tkazdi.

🔹Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga qadimiy va zamonaviy shaharlarning yurtimiz tarixidagi o‘rni, ularning madaniy, ma’naviy hamda me’moriy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

🔹Dars yakunida o‘quvchilar bilan fikr almashildi, “Boqiy shaharlar”ning bugungi avlod uchun ibratli jihatlari xususida suhbat olib borildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“KELAJAK SOATI” MASHG‘ULOTLARI

13.10.2025

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm: Ta’lim uchun qulay sharoit: Pahlavon Maxmud mahallasida yangi maktab qurilmoqda

Yangibozor tumani Pahlavon Maxmud mahallasida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega yangi umumta’lim maktabi qurilishi boshlandi.

Qurilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-sonli qaroriga asosan, Islom Taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida olib borilmoqda.

🏗 Qurilish yakunlangach, yangi maktabda o‘quvchilar uchun zamonaviy sinfxonalar, fan laboratoriyalari, sport zallari va kutubxona faoliyat yuritadi. Bu esa yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

📌 Bu loyiha nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki tuman infratuzilmasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍1
2025/10/27 13:29:29
Back to Top
HTML Embed Code: