Telegram Web Link
Urganch shahar 8-DMTTda ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi

Urganch shahar 8-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Yulduzcha” katta guruhida “Tabiat ne’matlari — sog‘lom hayot manbai” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotni tarbiyachi Ruzmetova Gulhayo olib bordi. Dars davomida tarbiyalanuvchi bolajonlar tabiat ne’matlarining inson salomatligidagi o‘rni haqida suhbatlashdilar, sabzavot ва mevalardan foydalangan holda o‘z qo‘llari bilan turli salatlar tayyorlashni o‘rgandilar.

Tadbir bolalarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mehnatsevarlik va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishgа xizmat qildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍2
#Huquq_sinfi
#Variativ_öquv_rejasi

Huquqni bilish - taraqqiyot kaliti


📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Urganch shahridagi 3 va 5-maktab hamda Urganch tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabining “Huquq sinfi” o`quvchilari uchun bir qator tadbirlar tashkil etildi.

💠 Tadbir dastlab, “Biz birgamiz” loyihasi doirasida tashkil etilgan jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan turli xil buyum va mahsulotlar yarmarkasida ishtirok etishdi.

💠 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Xorazm viloyat hududiy bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Press-tur tashkil etilib, adliya organlarining faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

💠 Shuningdek, 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan hamda “Uch avlod uchrashuvi”, Yoshlar bilan uchrashuv, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Taniqli ijodkorlar, shoir va yozuvchilar hamda el suygan san’atkorlar ishtirok etishdi.

📚 Tadbir davomida, amaliyotchi huquqshunos mutaxassislar tomonidan yoshlar o`rtasida Huquqiy viktorinalar o`ktazilib, yoshlarning huquqiy bilimlari sinovdan o`tkazildi.
👍1
2025/10/20 05:00:40
Back to Top
HTML Embed Code: