Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Bugun 21-oktabr — "O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun".

Xonqa tumanidagi 16-son umumiy o'rta ta'lim maktabi tayyorlagan ijtimoiy videorolik

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"SEN ISTE'DODLISAN" tanlovining Bog‘ot tuman bosqichi bo'lib o'tdi

2025-yil 21-oktabr kuni Bog‘ot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining uyda yakka tartibda hamda inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilari o‘rtasida “SEN ISTE'DODLISAN” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) va tasviriy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

O‘quvchilarning ijodiy chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholanib, g‘oliblar Bog‘ot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Forwarded from Tashkent Tech
🚀 Ota-onalar, farzandlaringiz kelajagi uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

24-oktyabr kuni soat 19:00 da onlayn Zoom-uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda esa
muvaffaqiyatli o‘qishga kirish va talab yuqori bo‘lgan kasbga erishish yo‘lidagi birinchi qadam — BEPUL Foundation dasturiga o‘qishga kirishi mumkinligi haqida maʼlumotlar beriladi.

🎓 Nima uchun bu muhim:
Foundation - oliy ta’lim yoʻlida bepul start
Bir vaqtning o‘zida 3 tilli ta’lim
Haqiqiy istiqbol va xalqaro imkoniyatlar
Nima uchun aynan bizning universitetimiz to‘g‘ri tanlov ekanligini batafsil tushuntiramiz

📅 Sana: 24-oktyabr
🕖 Vaqt: 19:00
💻 Format: onlayn (Zoom)

👉 Kirish uchun havola

Qo‘shiling va farzandingiz kelajagiga eshik ochadigan imkoniyatlar haqida toʻliq ma’lumot oling!

***

🚀 Родители, не пропустите шанс для будущего ваших детей!

24 октября в 19:00 пройдёт онлайн Zoom-встреча, где мы расскажем,
как ваш ребёнок может поступить на БЕСПЛАТНУЮ программу Foundation — первый шаг к успешному поступлению и востребованной профессии!

🎓 Почему это важно:
Foundation — бесплатный старт в высшем образовании
Обучение сразу на трёх языках
Реальные перспективы и международные возможности
Подробно объясним, почему именно наш университет — правильный выбор

📅 Дата: 24 октября
🕖 Время: 19:00
💻 Формат: онлайн (Zoom)

👉 Ссылка на подключение

💬 Присоединяйтесь и узнайте всё о возможностях, которые открывают двери к будущему вашего ребёнка!

📞 Тел.: +998 77 288 82 82

https://www.tg-me.com/tashtech_uni
🟦🟦🟦
Xorazmda maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan uch kunlik seminar-trening boshlandi!

Ayni damda Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida navbatdagi seminar-treningga rasmiy start berildi.

Tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berdi.

Seminar-treningda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bektemirov Xamro Solayevich ham ishtirok etdi.

✍️ Treningni UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta'lim masalalari bo'yicha mutaxassisi Vazira Nazarova hamda UNICEF xalqaro eksperti Kristian Fabbi olib bormoqda.

🤔 Mazkur seminar:
Islom Taraqqiyot Banki tashabbusi bilan ilgari surilgan “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmogʻini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasi,
UNICEF va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida,
“Pedagog va rahbarlarning salohiyatini mustahkamlash, kasbiy tayyorlash va malaka oshirish tizimini isloh qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.


☺️ Eslatib o'tamiz mazkur trening 3 kun davom etadi

👉 Kanalga obuna bo‘ling, yangiliklar bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting
▶️
Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱Web sayt 📱Telegram
#Xalqaro_olimpiadaga_saralash
#2-tur

🏆IJSO-2025: 22-Xalqaro oʻsmirlar tabiiy fanlar olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralash maqsadida Fan olimpiadalari markazi tomonidan joriy yilning 6-19-oktabr kunlari  kuchaytirilgan oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. Mazkur oʻquv mashgʻulotlarining 2-bosqichida Xorazm viloyatidan 4 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.

🏆Ushbu xalqaro olimpiadaga saralashning yakuniy bosqichi natijalariga koʻra Qoʻshkoʻpir tumanidagi Ixtisoslashgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi Mehriddin Masharipov Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga eng yuqori ball bilan kirib xalqaro olimpiadaga qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

📚Bu yutuq – nafaqat Masharipov Mehriddinning, balki uning ustozlari va butun viloyatimiz ta’lim tizimining faxridir.

📊Masharipov Mehriddinga xalqaro bosqichda ulkan zafarlar, omad va yangi cho‘qqilarni zabt etishini tilaymiz!

Web-sayt  | Telegram  | Instagram | Face book | You Tube
📚 Bugungi kun qahramonlari!

Shovot tumani Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Iroda Sariyeva Geografiya fani bo‘yicha 92 ball natija bilan bugunning faxrli qahramoniga aylandi.

Urganch tumani “Maqom” ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Azamat Аtayev ham Geografiya fanidan 92 ball ko‘rsatkich bilan yuksak natijaga erishdi.

Mehnat, bilim va fidoyilik ila ta’limda yangi cho‘qqilar sari!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍8
2025/10/24 10:09:59
Back to Top
HTML Embed Code: