Telegram Web Link
#Yangibozor_tumani
#Kelajak_soati

🏫 Yangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i G. Abdirimova 28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari bilan “Kelajak soati” darsida “Gadjetlar va tahdidlar” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazdi.

💻 Mashg‘ulot davomida milliy.tarbiya.uz platformasiga joylangan ma’lumotlar va videolardan foydalanilgan holda o‘quvchilarga zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylangan gadjetlar, ularning imkoniyatlari hamda xavf-xatarlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🧠 Dars davomida o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy suhbat olib borilib, ularda texnologiyalardan ongli va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“ KASBIY RIVOJLANISH KUNI ” TRENING MASHG‘ULOTI

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
‼️‼️‼️

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida DEMO Test ishga tushirildi.

❗️Bu orqali pedagoglar uchun namunaviy test savollari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.


🖥 Buning uchun talabgorlar pedagog.uzedu.uz platformasida pedagog shaxsiy kabinetidagi DEMO Test bo'limi orqali yoki sinov.uz saytidagi Demo test oynasi orqali namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 DIQQAT, E’LON!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilk bor Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi o‘tkazilmoqda!

Tashkilotchilar:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bolalar Ombudsmani, UzReport axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi.

📌 Kimlar taklif etiladi: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej hamda nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xorijdagi o‘zbek tili ixlosmandlari.

🕘 1-onlayn bosqich: 12-oktabr, soat 11:00.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish:
@tasimo3_bot | @tasimo2_bot  @tasimo1_bot | @tasimo_bot

📹 Batafsil YO‘RIQNOMA:

🏆 Mukofotlar: g‘oliblarni pul mukofoti va xorijiy stajirovka dasturlariga yo‘llanma kutmoqda.

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — qatnashing!

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bugun
Ustozni yo'qlab...

📺 Bugun
Muxbir: Nargiza Bo'ronova
🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

😂Online ko’rish
🎥Instagram|🟦Facebook
☎️ Telegram  |🟥YouTube
👍2
11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni festivali haftaligi

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida qizlar festivali boshlandi.

Festivalning ochilish marosimi Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-sonli maktab-internatida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qo‘shko‘pir tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganova ishtirok etdi.

Festival doirasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatida maktabgacha ta’lim muassasalarida gigiyenik talablar va bolalarni xavfsiz, sifatli ovqatlantirish masalalari muhokama qilindi

Xorazm viloyati televideniyesi orqali maktabgacha ta’lim muassasalaridagi gigiyenik talablar hamda bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🎙 Jonli efirda tashkil etilgan dasturda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassislari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Ular maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sanitariya holati, ovqatlanish tizimi va bu boradagi nazorat ishlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

💬 Muloqot davomida aholi vakillarining savollariga javoblar berildi, shuningdek, tegishli tavsiya va maslahatlar ham bildirildi.

Bunday ochiq muloqotlar sohadagi shaffoflikni ta’minlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
#Yangibozor_tuman
#Yosh_iqtidorlar_festivali

❇️ Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 33-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Yosh iqtidorlar festivali" o‘tkazildi.
🎬 Tashkil qilingan festivalda o‘quvchilar o‘zlarining bor iqtidorlarini namoyish qildilar.
🎯 Festivalni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni musiqa, adabiyot va san'at, kasb-hunarga qiziqishlarini kuchaytirishdan iborat.

📌Mazkur festival o‘quv yili davomida tumandagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida reja asosida davom qiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍2
RASMІY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 48-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim jarayoni qurilish ishlari yakunlanmasdan boshlanganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Shovot tumani Guliston mahallasida joylashgan 48-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi ilk bor 1991-yilda 240 o‘rinli qilib qurilib, 1992-yilda foydalanishga topshirilgan. Keyinchalik, “2004–2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi” doirasida 2008-yilda joriy ta’mirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–454-sonli qaroriga asosan ushbu ta’lim muassasasini “Investitsiya dasturi” doirasida yangidan qurish rejalashtirilib, 2025-yil iyun oyida “Hazorasp stroy servis” MCHJ tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan. Natijada, 540 o‘rinli, barcha zarur qulayliklarga ega zamonaviy 3 qavatli maktab binosi barpo etildi.

Yangi binoda ta’lim jarayoni joriy yil 29-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, hozirda 510 nafar o‘quvchi 1 navbatda ta’lim olmoqda. Sinf xonalari zarur o‘quv jihozlari — stol, stul, doskalar, shkaflar hamda o‘quv vositalari bilan to‘liq ta’minlangan.

Shu bilan birga, issiqlik tizimi, kanalizatsiya tozalovchi uskuna, suv ta’minoti va elektr transformatori o‘rnatish ishlari reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar ta’lim faoliyatiga hech qanday to‘siqlik qilmayapti.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
2025/10/22 19:16:10
Back to Top
HTML Embed Code: