Telegram Web Link
🇺🇿 Xorazmlik o‘quvchi-yoshlar xalqaro miqyosda yutuqlarga erishmoqda

Mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli ommaviy tadbirlarga jalb etish, maktabdan tashqari paytlarda tanlov va musobaqalarda o‘z bilimlarini namoyish etish orqali iqtidorli, bilimli va zukko o‘quvchilarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 3–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida “GENIUS MIND” International Competition xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Urganch tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi ingliz tili to‘garagi a’zolari — 1-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Bexruz Raximov hamda 9-sinf o‘quvchisi Ulug‘bek Safarboyev muvaffaqiyatli ishtirok etib, olimpiada g‘oliblari deb topildilar.

Ular sertifikat, medal, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar va 2025-yil noyabr oyida Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari – Shovotda davom etdi

Bugun “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari doirasidagi navbatdagi tadbir Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X. Bektemirov, “El-yurt umidi” jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i G‘.Xatamov, jamg‘armaning bosh inspektorlari M.Fayziyev va Q.Bektemirovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun xorijda ta’lim olish, malaka oshirish va ilmiy faoliyat yuritish imkoniyatlari, tanlovlarda ishtirok etish tartibi hamda jamg‘armaning yangi loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
🔥3
#Masofaviy | #Qoʻshma_taʻlim
#Oʻzbekiston_Rossiya

📣 Hurmatli abituriyentlar!

🇺🇿 🇷🇺 UrDPIda Rossiyaning Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun qo’shma ta’lim dasturi tashkil etildi.

Endilikda Siz UrDPIda o’qib O’zbekiston va Rossiya diplomlariga ega bo‘lishingiz mumkin. Ta’lim jarayoni Rossiyaga bormasdan, masofaviy tarzda tashkil etiladi, ya’ni quyidagicha:

• 1 va 4-bosqichlar — Urganch davlat pedagogika institutida;
• 2 va 3-bosqichlar — Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti tomonidan MASOFAVIY SHAKLDA URGANCH SHAHRIDA O’TKAZILADI.

📌 Hujjatlar joriy yilning 20-oktabr kunigacha qabul qilinadi. O’qish jarayoni 1-noyabrdan boshlanadi.

Ta’lim yo‘nalishlari:

1. Boshlang‘ich ta’lim;

2. Rus tili va adabiyoti: – Filologik ta’lim (rus tili);

3. Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili – Filologik ta’lim (ingliz tili).


Murojaat uchun UrDPI O’quv boshqarmasi va Xalqaro aloqalar bo’limiga uchrashingiz mumkin.

📞+ 998 93 284 42 44
📞 +998 90 438 58 99
📞 +998 95 802 55 75

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube
Urganch tumanida yangi davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha ochildi

Bo‘ston mahallasida “Malenkaya strana” nomli davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hududlarda zamonaviy maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi ikki oy davomida Urganch tumanida uchta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman hokimligi vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Yangi ochilgan “Malenkaya strana” bog‘chasi 120 nafar bolani qabul qilish quvvatiga ega bo‘lib, bu yerda 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
2025/10/20 08:34:27
Back to Top
HTML Embed Code: