Telegram Web Link
📶 Matematika fanini rivojlantirishda EDUTEN raqamli platformasidan amaliy foydalanish bo‘yicha seminar-trening

🗓2025-yil 16–17 oktabr kunlari Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan “Ishonch 2030 – Matematika fanini rivojlantirish uchun EDUTEN raqamli platformasidan amaliy foydalanish” mavzusida ikki kunlik seminar-trening jarayoni bo'lib o'tmoqdai.

👥 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi pilot maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda 6–7-sinflarda matematika fanidan dars beruvchi tajribali o‘qituvchilar ishtirok etmoqdalar.

🔴 Seminar-trening davomida ishtirokchilar ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, xususan, matematika fanini o‘qitishda EDUTEN raqamli platformasining amaliy imkoniyatlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Mashg‘ulotlar EDUTEN xalqaro eksperti Jussi-Pekka Jarvinen, UNICEFning O‘zbekistondagi Ta’lim bo‘limi rahbari Alberto Biankoli, hamda “Ishonch” jamg‘armasi va Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi raisi Sayyora Xodjayeva tomonidan olib borildi. Ular o‘z chiqishlarida ilg‘or xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar bilan bo‘lishdilar.

🤔 Seminarning rasmiy ochilish marosimida Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich kirish so‘zi bilan qatnashdi. Shuningdek, tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bektemirov Xamro Solayevich ham ishtirok etdi.

☺️Seminar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, matematika fanini interaktiv va samarali o‘qitish orqali ta’lim sifati va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.


👉 Kanalga obuna bo‘ling, yangiliklar bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting
▶️
Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱Web sayt  📱Telegram
#jadidlar_izidan

“Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichi oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichlari joriy yilning 17-oktabr kuni quyidagi manzillarda bo‘lib oʻtadi:

▶️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▶️ Andijon viloyati
▶️ Buxoro viloyati
▶️ Jizzax viloyati
▶️ Qashqadaryo viloyati
▶️ Navoiy viloyati
▶️ Namangan viloyati
▶️ Samarqand viloyati
▶️ Sirdaryo viloyati
▶️ Surxondaryo viloyati
▶️ Toshkent viloyati
▶️ Farg‘ona viloyati
▶️ Xorazm viloyati
▶️ Toshkent shahri

👉 Eslatib oʻtamiz: Tanlovning Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan (7 nafardan) jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💿 🔊 Shoort video 🆕

QO'SHKO'PIR TUMANIDA ASOSIY FAN OLIMPIADA JARAYONLARI
3-KUN

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
TALIS xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi — O’zbekiston qanday natija qayd etdi?

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan amalga oshirilgan O‘qitish va o‘rganishni baholash bo‘yicha xalqaro TALIS 2024 tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasining 210 ta maktablari ham ishtirok etgan edi.

📊 Qayd etish joiz, dunyo bo‘yicha 55 ta davlat qatnashgan mazkur tadqiqotda O‘zbekiston tarixda ilk marotaba ishtirok etdi.


🔰 Tadqiqot natijalariga muvofiq, o‘qituvchilarning yosh tarkibi bo‘yicha O‘zbekistondagi pedagoglar nisbatan yosh sanaladi, ularning o‘rtacha yoshi 39 yosh (OECD davlatlarida esa 45 yoshni tashkil qiladi).

❗️ 30 yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilar 22 foizni tashkil etib, bu OECD o'rtacha ko‘rsatkichidan ikki barobar ko‘p.

🌐 O‘qituvchilarning qariyb
95 foizi o‘z ishidan mamnun, bu OECD o‘rtachasidan (90 foiz) yuqori.


📊 Shu bilan bir qatorda, 90 foizdan ortiq pedagoglar
o‘z muassasasidagi ish muhitini ijobiy baholagan.

Ma’lumot o‘rnida: TALIS tadqiqoti o‘qituvchilarning faoliyati, ularning ish sharoitlari, ta’lim muhiti va maktab boshqaruvi tizimini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi eng yirik va nufuzli xalqaro tashabbuslardan biridir.

Tadqiqot, shuningdek, o‘qituvchilar va maktab rahbarlariga kasbiy va pedagogik rivojlanish masalalarida o‘z fikrlarini xalqaro miqyosda bildirish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_paytda

🟢 Xorazmda “Jadidlar izidan” tanlovining tuman (shahar) bosqichi boshlandi

🤔 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichlari bugun, 17-oktabr kuni boshlandi.

📚 Tanlovda 6–10-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, jadidlar hayoti va faoliyati haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

📍 Tanlov Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlaridagi belgilangan maktablarda o‘tkazilmoqda.

📌 Eng yuqori natija ko‘rsatgan 14 nafar o‘quvchi Respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, xorijiy ta’lim sayohatiga yuboriladi.

➡️ Fotolavhalarda Xiva shahridagi 21-maktabda o‘tkazilayotgan bosqich aks etgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “Jadidlar izidan” tanlovining Xiva shahar bosqichi jarayonlaridan videolavha

Bugun Xiva shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” tanlovi ishtirokchilari jadid bobolarimiz hayoti, ilmiy va ma’naviy merosi haqida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

📚 Tanlov yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
2025/10/19 23:14:56
Back to Top
HTML Embed Code: