Telegram Web Link
#Asosiy_olimpiada
#Ikkinchi_bosqichi

📚Bugungi kunda Xorazm viloyati bo‘yicha Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda. Хususan, birinchi guruh fanlari yakunlandi.

⚖️ Olimpiada jarayonlari ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

ESLATMA!
📆Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 2-guruh fanlari joriy yilning 20-23-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek ikkinchi guruh fanlari:
💻Urganch shahar, Urganch tumani, Yangibozor tumanlarida onlayn shakl (kompyuter)da

✍️Qolgan barcha tuman (shahar)larda esa an’anaviy (qog‘oz) shaklda bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
🇺🇿🇦🇿 O‘zbekiston–Ozarbayjon: Xalqaro stajirovka va malaka oshirish dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 30-iyuldagi 262-sonli va 20-avgustdagi 300-sonli buyruqlariga asosan Xorazm viloyatidan bir guruh fan o‘qituvchilari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga xizmat safariga jo‘nab ketishdi.

📚 Joriy yilning 19–26-oktabr kunlari davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlari bugun o‘z ishini boshladi. O‘qituvchilar Ozarbayjon uzluksiz taʼlim markazi hamda Asterias robototexnika va STEAM markazi tomonidan tashkil etilgan treninglarda ishtirok etishmoqda.

Mashg‘ulotlar taʼlim jarayonida zamonaviy innovatsion metodikalar, STEAM texnologiyalar va yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘z ichiga olgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
🇸🇱 Urganch shahridagi “Xorazm Ilm Ziyo” International School maktabida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi

📖 “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan maktabda “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.

👩🏻‍🏫 Dars jarayonida o‘quvchilar ona tilimiz haqidagi she’rlarini ifoda etib, o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va ehtiromlarini namoyon etdilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👏1
🟢 “Til – millat ko‘zgusi”

🇺🇿 Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili – ona tilimiz ta’sirida shakllangan.

📖 Bugun Gurlan tumani “Nurobod” madaniyat markazida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

🎤 Tadbir davomida o‘zbek tili dunyodagi eng boy va chuqur tarixiy ildizlarga ega til ekanligi, uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekani ta’kidlandi.

📚 Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitob ko‘rgazmasi va videorolik namoyish etildi.
🎶 Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari chiqishlari, 3-son maktab o‘quvchilarining she’r, kuy va qo‘shiqlari, 26-son maktab o‘quvchilarining raqslari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
2025/10/22 15:49:15
Back to Top
HTML Embed Code: