Telegram Web Link
🇺🇿 ONA TILIM — G‘URURIM, FAXRIM

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Xonqa tumani Znaxos mahallasidagi Alisher Navoiy bog‘i-muzeyida “Ona tilim — g‘ururim, faxrim” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi xodimlari, Xonqa tumani hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, shuningdek, 2-, 16-, 23- va 34-son umumta’lim maktablarining pedagog hamda o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar tomonidan o‘zbek tilining ulug‘ qadriyati, milliy g‘urur va iftixorni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar namoyish etildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Xonqada “Til — millat ko‘zgusi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Xonqa tumani 5-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va ishtirokchilar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan sheʼrlar, qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Mazkur tadbir orqali yosh avlodda o‘zbek tiliga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy qadriyat va madaniyatimizga sadoqat ruhini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“ONA TILIM — G‘URURIM, FAXRIM” CHELLENJI

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Urganch tumani 51-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Ona tilim — g‘ururim, faxrim” shiori ostida til bayramiga bag‘ishlangan chellenj tashkil etildi.

O‘quvchilar o‘z chiqishlarida ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va bebaho qadriyat ekanligini tarannum etdilar. She’rlar, qo‘shiqlar va ezgu tilaklar orqali o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va faxr tuyg‘usini ifoda etdilar.

📸 Chorlovga qo‘shiling!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍1
🇺🇿 “Ona tili — millat ruhi” adabiy kechasi Bog‘otda

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bog‘ot tuman bo‘linmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Bog‘ot tumani 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ona tili — millat ruhi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni maktab direktori M. Rajabova ochib, o‘quvchilarga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘quvchilar ona tilining buyukligini kuylovchi she’r, hikmatli so‘z, kuy va raqslar orqali o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir so‘ngida Bog‘ot tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi U. Otajonova hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mutaxassisi S. Jumaniyozova tomonidan faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

Yakunda MMIBDO‘ R. Amanova davlat tilini asrab-avaylash — har bir o‘quvchining muqaddas burchi ekanini ta’kidladi.

📝 Ona tilimiz bayrami muborak bo‘lsin!
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Oʻzbek tili — asrlar davomida millatimiz va xalqimiz hayotining, adabiyoti va madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida yashab kelmoqda. Ona tilimizga sadoqat koʻrsatish, uning bor jozibasi va tarovati bilan kelgusi avlodga yetkazish bugungi avlod vakillarining hayotiy burchidir.

XX asr boshlarida yashab ijod qilgan jadid bobolarimiz oʻzbek tilining hikmati va qadrini oʻz asarlarida ulugʻladilar, ilmiy asarlari va hikmatlarining bosh mezoniga aylantirdi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu rolik orqali jadid mutafakkirlarining ona tilimiz — oʻzbek tili haqidagi hikmatli fikrlari bilan tanishasiz.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from E’zoza Karimova
#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Oʻzbek tili asrlar davomida xalqimiz ma’naviyati, adabiyoti va madaniyatining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan. U millat sifatidagi mavjudligimizning ramzi, qalbimiz va tafakkurimiz oynasidir.

Shu bois ona tilimizga muhabbat va sadoqat ko‘rsatish, uning bor jozibasi bilan keyingi avlodlarga yetkazish — har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram bilan samimiy tabriklayman.

O’zbek tili bayrami muborak bo’lsin!

E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


E’zoza Karimova
👍2
🇺🇿 Urganchlik Humoyunmirzo Bekchanov ingliz tilidan xalqaro darajani qo‘lga kiritdi!

Xorazm viloyati Urganch shahar 10-son umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Humoyunmirzo Bekchanov ingliz tili bo‘yicha CEFR tizimida B2 (Upper-Intermediate) darajani muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.

Mazkur natija xalqaro miqyosda yuqori o‘rta bosqich sifatida e’tirof etilib, o‘quvchining tilni erkin tushunishi, fikr bildira olishi va murakkab matnlar bilan ishlash qobiliyatini namoyon etadi.

Bu yutuq yosh iqtidorning mehnatsevarligi va ta’limga bo‘lgan katta qiziqishining natijasidir.

🎉 Humoyunmirzoni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
🔥1
2025/10/31 06:00:26
Back to Top
HTML Embed Code: