Telegram Web Link
#Psixologik_trening
#Birinchi_kun

🟢 “MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglari davom etmoqda

🔴 Ayni damda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mo‘ljallangan ikki kunlik “Muvozanat” treninglari bo‘lib o‘tmoqda.

👥 Treninglarda 200 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari ishtirok etmoqda.

📌 Maqsad — pedagoglarning ichki muvozanatini saqlash, professional salomatligini mustahkamlash va bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishga ko‘maklashishdir.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Attestatsiya_sinovlari
#Kun_qahramoni

🟢 Bugunning qahramonlari!

Shovot tumanidagi 21-son maktab ingliz tili fani o‘qituvchisi O‘rinboyeva Manzura attestatsiya sinovlarida 96 ball natija bilan ajralib turdi.

Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-son IDUM ingliz tili fani o‘qituvchisi Xudayberganova Sabohat esa 90 ball to‘plab, o‘z fani bo‘yicha kun qahramoni deb topildi.


Ikkala ustozimizni ham yuksak natijalari bilan tabriklaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#1_kun

🟢Xorazmda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mo‘ljallangan ikki kunlik “Muvozanat” treningining birinchi kun jarayonidan lavha

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍4🔥3🥰1👏1
#Huquqshunoslik_fan_olimpiadasi

📣 “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining Xorazm viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.


▫️Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiadada Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan viloyatdagi 13 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8, 9, 10, 11-sinflari kesimida “Davlat va huquq asoslari fani”dan a’lo baholarga o‘qigan hamda olimpiadaning tuman (shahar) bosqichlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.

🔰 O‘quvchilarning bilimlari huquqiy testlar, muammoli vaziyatga huquqiy yechim topish hamda nazariy savollarga javob yozish kabi shartlar asosida sinovdan o‘tkazildi.

☑️ Mazkur shartlar davomida ishtirokchilarning bilimi hududiy tashkiliy qo‘mita tomonidan baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra 8, 9, 10, 11-sinflari kesimida quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi:

Gurlan tumanidagi 42-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Komiljonova Kumush;
Gurlan tumanidagi 42-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Rimboyeva Mardona;
Xiva shahridagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Qodirberganov Azizbek;
Xiva tumanidagi 20-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Jumaniyozov Jo‘rabek.


✔️ Ushbu ishtirokchilarga olimpiadaning keyingi bosqichida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

📌 Ma’lumot uchun, olimpiadaning Respublika bosqichi noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
2025/10/31 02:40:35
Back to Top
HTML Embed Code: