Telegram Web Link
Forwarded from KHISO olimpiada
📊 OLYMPIAD USA da baholash mezoni qanday amalga oshiriladi?

‼️ Iltimos, rasm va matndagi maʼlumotlarni oʻqib chiqing! Shunda ortiqcha savollarga oʻrin qolmaydi!

📌26-oktyabr kuni butun Respublika bo‘ylab oflayn tarzda o‘tkaziladigan OLYMPIAD USA da 1—2-sinflarda noto‘g‘ri javob uchun ball ayrilmaydi. Qolgan sinflarda esa har bir noto‘g‘ri javob uchun ball ayriladi (rasmda batafsil yozilgan).

🗓 Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni dastlab soat 09:00 da KHISO olimpiadasi, undan so‘ng esa OLYMPIAD USA bo‘lib o‘tadi.

🎁OLYMPIAD USA ga ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar KHISO olimpiadasida bepul qatnashish huquqiga ega! Agar siz OLYMPIAD USA da ishtirok eta olmasangiz, KHISO olimpiadasining o‘ziga ro‘yxatdan o‘tish orqali ham reyting ballaringizni oshirishingiz mumkin.💡

🌟 Ikkala olimpiadadagi natijalar umumiy reyting ballariga qo‘shiladi. Eng yuqori reyting balliga ega o‘quvchilar esa Toshkent shahrida o‘tkaziladigan xalqaro “Yozgi maktab”da bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi!


❗️ Oflayn olimpiadaga roʻyxatdan oʻtish:
🔗 offline.khiso.uz

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma:
📲 www.tg-me.com/khiso/5059

❗️ Respublika boʻylab o‘tkaziladigan manzillar:
📍 khiso.taplink.ws

❗️ Savollar bo‘yicha murojaat uchun:
💬 @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O‘zbek_tili_bayrami

🟢 Shovot tumanida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan chellenj tashkil etildi! 🇺🇿

Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 29-umumiy o‘rta taʼlim maktabi jamoasi tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan mazmunli “Ona tilim – faxrim mening!” nomli chellenj o‘tkazildi.

📚 Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va millat hayotidagi o‘rnini yorituvchi she’r va chiqishlar bilan ishtirok etdilar.

🇺🇿 Chellenj ona tilimizga hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “ONA TILIM — G‘URURIM, FAXRIM” CHELLENJI

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Ozarbayjonda tajriba almashayotgan bir guruh o‘qituvchilar ishtirokida “Ona tilim — g‘ururim, faxrim” shiori ostida chellenj tashkil etildi.

Ustozlar ona tilimizning boyligi va go‘zalligini tarannum etuvchi she’r va hikmatli so‘zlarni ijro etib, o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va ehtiromni ifoda etdilar.

📸 Ona tilimiz — millat faxri, birlik ramzi!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇦🇿 O‘zbekiston – Ozarbayjon xalqaro malaka oshirish dasturi doirasida hamkorlik

Xorazm viloyatidan bir guruh fan o‘qituvchilari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro malaka oshirish va tajriba almashish dasturida ishtirok etmoqda.

📘 Bugungi kunda ushbu o‘quv mashg‘ulotlarining 2-kuni muvaffaqiyatli davom etmoqda. Dastur davomida pedagoglar Ozarbayjonning ilg‘or ta’lim tizimi, o‘qitish metodikasi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlari bilan amaliy tarzda tanishmoqdalar.


Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Ko‘rikTanlov

🎤🖌 “Sen iste’dodlisan” respublika ko‘rik-tanlovining Yangibozor tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ishtirok etdilar.

🎶 Tanlov estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘tkazilib, yosh iste’dodlar o‘z mahoratini namoyish etdilar.

🏅 G‘oliblar Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍5
#️⃣ "Sen iste’dodlisan" tanlovining Gurlan tuman bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 21-oktabr kuni Gurlan tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uyda yakka tartibda hamda inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilari o‘rtasida "Sen iste’dodlisan" respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

🎭 Tanlov estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) va tasviriy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.

🏅 G‘olib o‘quvchilar Gurlan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
🟢 “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”

🇺🇿 Xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy tarixi va serqirra madaniyati o‘zbek tili – ona tilimiz ta’sirida kamol topgan.

📖 Bugun Xiva tumani 12-umumta’lim maktabida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

🎤 Tadbir davomida o‘zbek tili dunyodagi eng boy va chuqur ildizlarga ega tillardan biri ekani, uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekani ta’kidlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Bugun 21-oktabr — "O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun".

Xonqa tumanidagi 16-son umumiy o'rta ta'lim maktabi tayyorlagan ijtimoiy videorolik

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍1
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/10/22 03:10:30
Back to Top
HTML Embed Code: