Telegram Web Link
Do'stlar bugun Xurmo YouTube kanalida PREMYERA:

Mushakbozlikning Yashirin Ilmi

Ushbu videoda siz mushaklar qanday portlashini va ular qanday tayyorlanishini bilib olishingiz mumkin. Mushaklar — bayramlar va tantanalar uchun ajralmas qism bo‘lib, ularning yorqin ranglari va portlashlari har bir tomoshabinni hayratda qoldirishi aniq. Ammo ular ehtiyotkorlik bilan ishlatilmasa buning natijasi ayanchli holatga olib kelishi mumkin! Xurmo kanalining bu galgi soni mushaklarning qanday yaratilishini, ularning tarixini va turli turdagi pirotexnik effektlarini to'liq ochib beradi!


Videoga havola:
https://youtu.be/rG-6lKpnO0c
👍12🤩1
“Nozik qalb egalari” kanalida Otabek Bakirov (Bakiroo) bilan yangi podkast chiqibdi.

Avtobus intervallari uzaygani va yurganiga pul to’laydigan sistema haqida batafsil gaplashishibdi. O’rta sinf demokratiyaga yaratishi, o’zbeklar o’zgacha emasligi va bizut mafkuralar haqida qiziq va jiddiy suhbat bo’libdi.

https://youtu.be/hLhDy1sqoS0
👍10
Sun’iy yo‘ldoshlar bizga osmon va Yerni o‘rganishda nafaqat yordam beradi, balki jiddiy xalaqit berishi ham mumkin.

Hammasi oddiy: har bir uchirilgan yo‘ldosh bilan yulduzlarni ko‘rish tobora qiyinlashadi. Biz esa ularni har yili yuzlab uchiramiz, faqatgina Starlinkni o'zi orbitada 6800 ta!

Sun’iy yo‘ldoshlar Quyosh nurini qaytarish orqali yorug‘lik ifloslanishini keltirib chiqaradi, teleskoplar va fotoapparatlarning kadrlariga kiradi. Xavotirga tushgan olimlarning aytishicha, tez orada biz Yerdan o‘zimiz yaratgan yulduz turkumlaridan boshqa birorta ham yulduz turkumini ko‘ra olmaymiz.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍6🔥3😁32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun suv ichdingizmi? Ichib oling! Chumoli suvni qanday ichayotganini ko‘ring.

Birinchidan, bu shunday kichik tomchiki, uni sirt tarangligi ushlab turadi. Chumoli uni hatto sindirmadi ham. Ikkinchidan, chumolilarning qorni kengayushini ko'rdingizmi?

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍23
Bu fotosurat roppa-rosa 52 yil oldin "Apollon-17" missiyasi, Oyga oltinchi va oxirgi qo‘nish paytida olingan.

Suratda Xarrison Shmitt, u geolog. Va bizning fikrimizcha, bu juda yaxshi fotosurat!


👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍20😁82
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Karameldan ichkarisida rasmi bor obakidandonlar mana shunday tayyorlanadi!

Avval cho‘zilgan qatlamlar va "tayoqchalar"dan kesimi naqshli katta silindr yig‘iladi, keyin esa u cho‘ziladi. Va agar rasm silindr endigina taxlanganida qo‘pol ko‘ringan bo‘lsa ham, tortish paytida hammasi chiroyli silliqlanadi.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍91
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tug‘ilgan xameleon! Hammamizga mana shu kerak edi.

Darvoqe, xameleonlar tug‘ilganidan boshlab rangini o‘zgartira oladi. Bu videodagi kichkintoy endigina tuxumdan chiqib, darhol "mimikratsiya" qilmoqda. Uning nigohi juda aqlli ko'rinadi🤔.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍15🔥52
Do'stlar bugun Xurmo YouTube kanalida PREMYERA:

BESH MUHABBAT TILI. ABADIY SEVGI SIRLARI | Geri Chapmen

Geri Chapmenning "Besh Muhabbat Tili. Abadiy muhabbat sirlari" asarining tahlili. Hamrohingizga muhabbatni qanday izhor etish mumkin? O'z sevgingizni qanday yo‘llar bilan ko‘rsatish mumkin. Endi turmush qurgan insonlar orasidagi qiyinchiliklar va muammolarni qanday qilib hal qilish mumkin? Mukammal oila bo'lishning sirlari nimada? Shu va shunga o'xshash savollarga javoblarni quyidagi tahlildan olishingiz mumkin! Doktor Geri Chapmenning ta’kidlashicha: "Sevgining beshta tili mavjud: rag‘batlantiruvchi so‘zlar, vaqt ajratish, sovg‘alar, yordam ko‘rsatish va jismoniy yaqinlik".

Videoga havola:
https://youtu.be/NHlpr3hj9dA?si=nOh3y43eZn-wn0Dj
👍9🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu poyezddan Tokio tomonga qaragan manzara.

Uning relslari yuqorida joylashgan, shuning uchun poldagi shaffof derazalarni ham yasay olishgan.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
🔥11👍51😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu 1920-yillardagi avtomatik arra. Ha, u sekin, lekin qanday astoydil arralayotganini ko‘ring!

Aytgancha, biz uning qanday yoqilg‘ida ishlashini aniqlay olmadik, shuning uchun takliflaringizni izohlarda yuboring.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👏17👍42🗿1
Tasavvur qiling, siz paleontologsiz. Siz hozirgina yangi dinozavr topdingiz! Ya’ni, toshga aylanib qolgan holatida, albatta. Tekshirib ko‘rdingiz, bu aniq yangi tur. Endi nima qilish kerak?

Entomologlar maslahatiga shoshiling! Ma’lum bo‘lishicha, tarixda ko‘pincha dinozavrlarga nom berishgan, keyin esa uni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan, chunki bunday nom allaqachon egallangan. Qandaydir qo'ng'izcha bu nomni band qilib qo'ygan bo'lgan.

Masalan, 1879-yilda dinozavrni Camptonotus deb atashmoqchi bo'lishgan, ammo bu nom chigirtka tomonidan egallangan. 1969-yilda ham shunga o‘xshash voqea yuz berdi. Va 1988-yilda. 1998-yilda ham. Yaxshiyamki, endi shunchaki google qilib ko'rish mumkin!

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
😁17👍31
Do'stlar bugun sizlarga juda ajoyib yangiligimiz bor!🤫
👍21🤔12🔥3🕊3
Tayyormisiz?
👍18💯5🤯31❤‍🔥1🔥1🎄1
Hurmatli obunachilar,
Xurmo jamoasi bugundan boshlab Yegor Ziryanovning kanali ya'ni "Redroom" kanalining videolarini tarjima qilishni boshlaydi!

Yegor Ziryanov o'zining blogida asosan tarixiy voqealar, qadimiy janglar va dunyoni o'zgartirib yuborgan insonlar haqida so'z yuritadi! "Redroom" kanalini tarjima qilishdan Xurmo jamoamiz ham bag'oyat xursand. Biz sizlarga sifatli va qiziqarli kontentni yetkazishda davom etamiz!

E'tiboringiz uchun katta rahmat,
Hurmat bilan Xurmo jamoasi!
👍367🔥5👌3❤‍🔥2👎1🤔1😍1
Xurmo YouTube kanalida PREMYERA:

O‘rta Asrlarda Forsning Tiklanishi: Eron Intermetsso

Ushbu videoda siz arablar istilosidan keyin Fors davlati bilan nima sodir bo‘lgani, mahalliy elita yangi sharoitlarga qanday moslashgani va nima uchun aynan fors tili va madaniyati butun islom dunyosida hukmronlik qila boshlagani haqida bilib olasiz. Biz hozirgi Eron, Afg‘oniston, Tojikiston va O‘zbekiston hududlarida noyob davlatlar barpo etgan Tohiriylar, Safforiylar va Somoniylar sulolalarining rolini muhokama qilamiz. Fors tili nima sababdan Hindistondan to Usmoniylar imperiyasigacha xalqaro muloqot tiliga aylanganini va fors madaniyati san’at, ilm-fan va diniy an’analarga qanday ta’sir qilganini ko‘rib chiqamiz.


Videoga havola:
https://youtu.be/ZeyrR7ixsmE?si=hE9F61SKePDUpaPC
👍152🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daraxt ichidagi alanga yonishi qanday eshitilishini tinglab ko'ring. Dekabr - og'ir oy, hammasini 50 soniyaga toxtatib shunchaki quloq soling.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍15👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ulkan shisha shamdonlar qanday yasaladi? Deyarli quymoq kabi, faqat qizdirilgan shisha xamirdan xavfliroq. Shisha figurali shakllarga quyiladi, kurakchalar bilan ustma-ust qo‘yiladi va naqshli qisqichlar bilan cho‘ziladi.

Shunchaki maftunkor!

👉
https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍9🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer yassi deb o'ylaydiganlarni qanday ishontirish mumkin?

Yassi Yer nazariyasining mashhur tarafdori Djeran Kampanella bor. Uni yana ikki tarafdorlari bilan birga qutb kunini ko‘rsatish uchun Antarktidaga olib kelishdi.

Va bu ish berdi! Tajribaning barcha ishtirokchilari 24 soatlik kunning mavjudligi Yerning yassi emas, balki sharsimon shaklga ega ekanligining isboti ekanligiga qo‘shilishdi.

Natijada, ishtirokchilar 25 soatdan ko‘proq vaqt ichida Quyosh harakati bilan taymlapsni suratga olishdi.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍16🔥3🥴1
Faqat bo‘yoq qo‘shibgina rasm chizish mumkin desangiz, adashasiz. Shunchaki kerakli forma qolishi uchun ortiqchalarini ham olib tashlash mumkin.

Mana qarang, tozalash uskunalarini sotuvchi kompaniya o‘zining purkovchi tozalagichlari bilan yapon dambasiga godzillani tasvirladi!

Faqat savol tug‘iladi: demak, dambaning ikkinchi yarmini yuvib tashlashmagan ekan-da?

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
😁11👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma Niagara sharsharasi haqida biladi, u orqali o‘tadigan suv hajmi bo‘yicha eng kattasi. Ammo yana bir ajoyib sharshara bor - Anxel, dunyodagi eng baland sharshara.

Anxel Burj-Xalifadan baland! Uning balandligi 979 metr, suvning uzluksiz tushishi 807 metrni tashkil etadi. Hatto videoda ham salobatli ko‘rinadi.


👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
👍124😍1
2025/07/09 15:48:06
Back to Top
HTML Embed Code: