Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu hayajonli lahzani g‘avvos tasodifan suratga olgan. Yirtqich hujumi tufayli baliq to‘dasining murmuratsiyasi (bu atama qushlarning, baliqlarning yoki hasharotlarning juda katta guruhlarining birgalikda harakatlanishi, shu jumladan yo‘nalishni o‘zgartirishning ajoyib hodisasini tasvirlash uchun ishlatiladi).

Bu kadrlarni olish uchun, atigi bir telefon suvga tushib ketishi kerak bo'ldi!

Bu holat Vankuver oroli sohilida ro'y bergan (garchi ikkalasi ham Kanadada bo‘lsa-da, Vankuver shahri va Vankuver oroli bilan adashtirmaslik kerak).

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Mikroskop orqali qon olish uchun ignani suratga olsak, nima bo‘ladi? Inson hujayralari aslida qanchalik yirik ekanini ko‘rasiz.

Ha, hammamiz tushunamiz, igna ham juda kichkina. Ammo qizil qon hujayralari tom ma’noda ko‘rinib turibdi!

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Itlar huradi, sigirlar ma’raydi, ilonlar... vahimali irillaydi. Yaxshiyamki, hamma ilonlar emas.

Bu o‘z o‘ljasini ko‘tarib olgan qirol kobrasi bo‘lib, u o‘ljalarini himoya qilayotgani uchun o‘kirayotgan bo‘lsa kerak. Yoki kamerani juda yoqtirmaydi.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Do'stlar bugun Xurmo YouTube kanalida PREMYERA:

UINSTON CHERCHILL KIM?

Uinston Cherchill. U o‘z iqtiboslari bilan, garchi ular unga tegishli bo‘lmasa ham, mashhur bo‘lgan va Ikkinchi Jahon urushi paytida Uchinchi Reyxga qarshi tinimsiz kurashgan. Ehtimol, eng mashhur Britaniya bosh vaziri va umuman eng mashhur britaniyaliklardan biri. Hozirgacha odamlar (va nafaqat tarixchilar) orasida hayrat, nafrat va cheksiz bahs-munozaralarni keltirib chiqarayotgan odam. Garchi Cherchillni ko‘pincha Gitlerga qarshi kurash kontekstida eslashsa-da, uning hayoti bu bilan cheklanmaydi - unda Britaniya imperiyasining turli qaynoq nuqtalarida jo‘shqin yoshlik, jurnalist va yozuvchilik faoliyati, murakkab siyosiy martaba, Birinchi jahon urushi va boshqa ko‘p narsalar bor edi. Xullas, keling, o‘sha afsonaviy Uinston Cherchill kim bo‘lganini aniqlaylik.

Videoga havola:
https://youtu.be/NHHfJj7rRko
Esingizdami, "O‘yinchoqlar tarixi"da "janob Kartoshka" degan personaj bor edi? Uning almashtiriladigan mo‘ylovi, shlyapasi va yana boshqa qo'shimchalari bor, tanasi esa plastik kartoshkadan iborat edi.
Shunday qilib, bunday o‘yinchoq mavjud, ammo u o‘tgan asrning o‘rtalarida sotilgan eski versiyaga asoslangan. 50-yillar to‘plamida "janob kartoshka"ning bosh detali bo'lmagan, uni haqiqiy kartoshkadan yoki boshqa sabzavotdan qilish kerak edi!

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Razvedka Evolyutsiyasi! Kosmosdan Sizni Qanday Kuzatishmoqda?


Har kuni yuzlab elektron ko‘zlar bizga qaratilgan bo'ladi va bu faqat ko‘chalardagi kameralar emas. Har bir qadamimiz razvedkachi samolyotlar va josus-yo‘ldoshlar uchun sezilarli iz qoldiradi. Ular sizning yuzingizni ko‘rishi va suhbatingizni eshitishi mumkinmi? Osmondan turib, yer ostida nima borligini qanday bilish mumkin? Qanday qilib bitta fotosurat Uchinchi jahon urushini boshlab yuborishiga sal qolgan? Eng kichik dron nimalarga qodir? Ochiq manbalardan foydalanish mumkin bo‘lgan havo va kosmik kuzatuvning barcha hiyla-nayranglari haqida "Xurmo"ning yangi sonida bilib oling!

Videoga havola:
https://youtu.be/1Snp99jecz4
Siz Bilmagan Rang

- Dunyo aslida bir dona rangdan iboratmi?
- Yo'lbars nega o'ljalariga ko'rinmaydi?
- Biz "sariq" rang deb o'ylaganimiz aslida boshqa rangmi?
- Nega kuchukchangizga qizil rangdagi o'yinchoqni sovg'a qila olmaysiz?
- Ko'zimiz bizni qanday aldaydi?


Shu mavzuda youtubedagi yangi videomiz boshlandi👇🏼

https://youtu.be/0CdThhSq38k?si=1Tqv4x9wZyNmP8y0
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu sertuk shira. Ular oq qoplamali bo'lgani uchun jun yoki paxtani eslatishadi. Ular daraxtlarda yashab, uning sharbatini ichishadi.

Bundan tashqari, ular tahdidni sezganlarida juda faol harakat qila boshlaydilar. Ana shunaqa g‘alati himoya raqsi.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Quyonga oziq sifatida nima berish mumkin? Sabzi, karam yoki... boshqa quyonlarning tishlarini berishga nima deysiz? Olimlar quyonlarning kalsiyni o‘zlashtirishini aniqlash uchun ularning sheriklarining tishlaridan tayyorlangan kukun bilan oziqlantirishdi. Hayratlanarli, lekin bu ish berdi!

Yaxshiyamki, bu quyonlar tabiatda boshqa quyonlarning tishlarini yeydi, degani emas. Ehtimol, ular bu kaltsiyni o‘z tishlaridan qanchadir qatlam ajralib chiqayotganda o‘zlashtirishlari mumkin!

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Oziq-ovqat Bizni Qanday O‘ldiradi? O‘simliklar Paradoksi | Stiven Gandri

Stiven Gandrining "O‘simliklar paradoksi" kitobining tavsifi: Ushbu kitobida mashhur kardiolog va kardioxirurg doktor Stiven Gandri bizga ajoyib oqsillar - ichak devorlari orqali bizning tanamizga kirib, u yerda haqiqiy tartibsizlikni keltirib chiqaradigan lektinlar haqida hikoya qiladi. Lektinlar nafaqat bug‘doy kabi boshoqli o‘simliklarda, balki ko‘pchiligimiz foydali deb hisoblaydigan mahsulotlar, jumladan, ko‘plab mevalar va do‘konlarda sotiladigan sut mahsulotlarida ham uchraydi. Ularni iste’mol qilganimizda, organizmda haqiqiy kimyoviy urush boshlanib, yallig‘lanish reaksiyalarini keltirib chiqaradi, bu esa vazn ortishiga va salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Ammo dushmanni yengishning juda oddiy usuli bor - Buning uchun juda oz narsa kerak bo‘ladi: noyob bilim hamda yosh va chiroyli bo‘lib qolish istagi


Videoga havola:
https://youtu.be/ya4wQ_bdr-M
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Karakatitsalar mana shunday dunyoga keladi! Bu kichkintoyga bir qarang! U tuxumdan chiqishi bilanoq, paypaslagichlarini yozmasdan, rangini o‘zgartirishga ulguribdi.

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshlar ham musiqa asbobiga aylanishi mumkin. Ayniqsa, ularni qanday moslashtirish usulini bilsangiz.

Bu Sitsiliyada joylashgan Tovushlar bog‘i bo‘lib, uni rassom Pinuchcho Shiola yaratgan. Xotirjam bo‘lib, dam olish kunlariga tayyorlanamiz!

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:

O‘simliklar Paradoksi | Stiven Gandri (2-qism)

Stiven Gandrining "O‘simliklar paradoksi" kitobining tavsifi: Ushbu videoda o‘simliklar paradoksining asl mohiyati va ularning inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida so‘z boradi. O‘simliklar biz uchun tabiiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi, ammo ayrim o‘simliklarda o‘zlarini himoya qilish uchun lektinlar kabi moddalarning mavjudligi aniqlangan. Ushbu moddalar ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Videoda bu fenomenning ilmiy asoslari, qanday o‘simliklar xavf tug‘dirishi mumkinligi va sog‘lom ovqatlanish uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot olasiz!

Videoga havola:
https://youtu.be/6skDsOxSd18
Kleshevina — bu o‘simlik, undan foydali dori yog‘i olinadi, lekin u juda xavfli. Ba’zan uni bog‘da faqat go‘zallik uchun ham ekishadi.

Ajablanarlisi shundaki, bu o‘simlikning bitta urug‘i odam uchun o‘limga olib kelishi mumkin, lekin ko‘p hayvonlar bunga chidamlidir. Masalan, itlar uchun o‘limga olib keladigan doza 11 urug‘, qushlar uchun esa 80 urug‘ni tashkil etadi.

Kastor yog‘ini issiqlik bilan ishlov berib, uning ichidagi xavfli zahar — ritsinni yo‘qotishadi. Shundan so‘ng, undan "kastorka" — achchiq dori tayyorlanadi. Bu dorini ko‘plab multfilmlarda ko‘rish mumkin. Mana endi tushunarli, nima uchun bolalar uni ichishni xohlamaydilar!

👉https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fugu balig‘ining skeleti mana bunday ko‘rinadi. Bular o'sha himoya mexanizmi sifatida puflanadigan baliqlardir.

Ularning skeleti xuddi uloqtirish kerak bo‘lgan shar shaklidagi o‘yinchoqqa o‘xshab ishlaydi. Faqat baliqni otib yurmang, bu unga yoqmasligi mumkin.

https://www.tg-me.com/xurmoofficial
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:

O‘simliklar Paradoksi | Stiven Gandri (yakun)

Stiven Gandrining "O‘simliklar paradoksi" kitobining tavsifi: Ushbu videoda o‘simliklar paradoksining asl mohiyati va ularning inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida so‘z boradi. O‘simliklar biz uchun tabiiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi, ammo ayrim o‘simliklarda o‘zlarini himoya qilish uchun lektinlar kabi moddalarning mavjudligi aniqlangan. Ushbu moddalar ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Videoda bu fenomenning ilmiy asoslari, qanday o‘simliklar xavf tug‘dirishi mumkinligi va sog‘lom ovqatlanish uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot olasiz!

Videoga havola:
https://youtu.be/1rRRmFtb3hw
2025/07/08 09:49:35
Back to Top
HTML Embed Code: