Telegram Web Link
🇷🇺 Лавров нутқи бошланиши билан БМТ дипломатлари оммавий равишда зални тарк этишмоқда.
Buni o'zbekchada "Sharmanda" deydi 😅
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
БМТда Россия Ташқи ишлар вазири Сергей Лавровнинг нутқи бошланиши билан залдаги деярли барча дипломатлар чиқиб кетди.
Forwarded from TentakMinds
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Европа давлатларининг дипломтлари Инсон ҳуқуқлари бўйича БМТ саммити Лавров нутқи бошланиши билан зални тарк этишди.

Жуда кулгили ҳолат бўлмоқда. Россия ўзи ўйламаган ҳолда Украинага катта ёрдам қилмоқда. Агар Украина Европа Иттифоқига кирадиган бўлса, бу эса борган сари ҳақиқатга айланмоқда, Украинанинг кўп йиллик орзусини амалга ошади.

Зеленскийнинг рейтингни эса осмонларга чиқиб кетди, бутун халқ президент атрофида бирлашмоқда. Хуллас Украина ҳам “чириган” ғарб сари кетиб бормоқда.

@tentakminds
⚡️⚡️⚡️Расман Қўшма Штатлар Украинага қирувчи самолётлар етказиб бериш учун НАТО давлатларига рухсат берди.
🇷🇺Биз бошқа давлатларга ҳужум қилишни режалаштирмаяпмиз, Украинага ҳам ҳужум қилганимиз йўқ, — Лавров.

👉 @burchakostida
Siyosatchilarni gapi doyim qiziq men uchun😂
🇺🇸🇷🇺 12 000 АҚШ аскари Россия чегараларига кўчирилган, АҚШ НАТО давлатларининг ҳар бир қаричини ҳимоя қилади — Байден.

👉 @burchakostida
⚡️🇺🇸🇷🇺 Қўшма Штатлар Россия Федерациясининг НАТОга таҳдид соладиган ҳар қандай қадамига жавоб беради, гарчи бу жаҳон урушига олиб келса ҳам — Байден.

👉 @burchakostida
Shuda, sen yashayotgan Yer sharini taqdirini, aniqrog'i undagi 8 milliard odamni va jonzotlarni taqdirini shu 2 3 ta odam hal qiladi. Juda g'alati tizim.
Forwarded from Alimoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янги уруш ўчоғи?

Ҳозиргина Ироқдаги АҚШ элчихонаси, унга қарашли объектлар ва авиабазаларга ракета зарбалари берилмоқда. Тасдиқланмаган хабарларга кўра ракеталар Эрон томонидан учиб келган.

АҚШ: Ўйин бошланибди...

@nurbekalimov
Shular yetmay turgandi endi
Shu ikki nizolashayotgan davlat Prezidentlarini qo'li qichiyotgan bo'lsa UFC qafasiga tushib birga bir urusha qolishsin...
Nima deyapman o'zimdan o'zim, ular shinam kabinetida o'tirishi kerakku, ularni o'rniga xarbiylar jonini garovga qo'yib urush maydoniga kiradi...
Илон Маск Владимир Путинни дуэлга чақирганидан сўнг, Путинни Рамзан Қодиров ҳимоя қилди.

У Маскни "Илона" деб атади ва Путин билан учрашувга тайёр туриш учун Чеченистонда махсус тайёргарликдан ўтишни таклиф қилди.

Бунга Маск шундай жавоб берди: “Таклиф учун раҳмат, лекин бундай ажойиб машғулот менга жуда катта устунлик беради. Агар у (Путин) жанг қилишдан қўрқса, мен фақат чап қўлимдан фойдаланишга тайёрман, мен чапақай бўлмасам ҳам."

Ва Twitter'да ўз исмини Elona Musk деб ўзгартирди.

👉 @burchakostida
O'zimiz qabul qilgan Konstitutsiya qonunlaridan foydalanmoqchi bo'lgan insonni ustidan kulamiz, haqorat qilamiz va davlat bizni Konstitutsion huquqlarimizni buzyotgani haqida noliymiz... Ajoyib xalqmiz, ko'prog'iga loyiqmiz.
90-modda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.
Тарихнинг қора саҳифаси. Буча воқеаларига дунёдаги реакция

3 апрель куни дунё қарийб бир ой давомида Россия ҳарбийлари назоратида бўлган ва бир неча кун олдин украинлар томонидан қайтариб олинган Буча шаҳрида олинган даҳшатли фотосуратлар ва видеоларга гувоҳ бўлди.

👉 https://kun.uz/52751125

Kun.uz расмий канали
Qalb Taskini | Yanglik
Тарихнинг қора саҳифаси. Буча воқеаларига дунёдаги реакция 3 апрель куни дунё қарийб бир ой давомида Россия ҳарбийлари назоратида бўлган ва бир неча кун олдин украинлар томонидан қайтариб олинган Буча шаҳрида олинган даҳшатли фотосуратлар ва видеоларга гувоҳ…
Buchadagi qirg'inni Rus askarlari qilmagan deb dod voy solayotgan o'zbeklarni komentlarda ko'p uchratyapman, ular shunchalik ruslarni yaxshi ko'radimi?
Yana bittasi "Ruslar hech qachon bunday qilmaydi, ularni g'ururi bir" deb yozipti...
"Qarg'alar uchsa qaraylik..." bu qo'shiqni hamma biladi, lekin tarixini juda kam odam biladi, tarixini bilgan odam esa ruslar avval Marg'ilonda qilgan ishini Ukrainada ham qilishi mumkinligini bilishadi.
Bilmaganlar uchun:

Qarg‘alar uchsa qaraylik Marg‘ilonning yo‘liga...
Bu qo‘shiqni barchamiz “Yalla” guruhining ajoyib ijrosi orqali yaxshi bilamiz. Bundan tashqari, “Handalak” hajviy guruhining konsert dasturi boshlanmasida ham shu qo‘shiqdan foydalanilgan. Bugungi kunda Madaniyat vaziri lavozimini egallab turgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy darasida bo‘lib o‘tgan “Asrlar sadosi” festivalida ushbu qo‘shiqni bir oz o‘zgartirib kuylagan edi:
“Qarg‘alar uchsa qaraylik
Sarmishsoyning yo‘liga...”
Kuni kecha efirga uzatilgan “Ilhaq” filmi ham bu qo‘shiqni yana bir karra yodimizga soldi. Xo‘sh, o‘zi bu raqsbop, xalqona kuyning yaratilish tarixi qanday bo‘lgan? Nega endi aynan Marg‘ilon yo‘li?! Nima uchun qarg‘alar uchgan vaqtida qarash kerak bo‘lgan?! O‘zi, shunday qo‘shiqqa bulbul, juda bo‘lmasa kaptar mosroq tushmasmidi?!
Yo‘q! Tushmas edi. Chunki... Chunki, bu qo‘shiq siz va biz o‘ylagan bilgandek doira zarbi jarangi bilan raqsga tushishga majbur etuvchi sho‘xlikni emas, balki yuraklarni anordek siqib, qonini oqizguvchi dardni o‘zida ko‘tarib turadi. Keling, tarixga nazar solaylik.
Oqposhshoning “muzaffar va g‘olib” qo‘shini - “ulug‘ og‘amiz” O‘rusiya askarlari O‘rta Osiyoni zabt etish uchun qattiq “yeng shimargan” vaqtlar. Bir uloqni uch tomondan talashib, horigan raqib uloqchidek turgan xonlik-u amirlik rahnamo xon-u amir, bek-u boyonlari birin-ketin o‘z bo‘ynini qullik zanjiriga egib, taslim bo‘lish payida yurgan payt. Ammo, oddiy xalq orasida bu qullikka rozilar yo‘q edi. Odamlar shusiz ham bir parcha yerini yana yarim qilishga intiladigan, erkiga, hurligiga chang soladigan har qanday begona qo‘lga qarshi turishga intilardi. Shunday intilishlar Marg‘ilon aholisi orasida ham kechayotgan edi.
1875-yilda shahar mudofaada qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Ammo, kuchlar teng emas edi. Yaxshi harbiy tayyorgarlik ko‘rgan oqposhsho armiyasi va kazaklar polklari shaharni qo‘lga kiritadilar. Ana o‘shanda, haqiqiy Qiyomat yuz beradi - Oqposhsho buyrug‘iga binoan qarshilik ko‘rsatgan aholi ichidan yosh yigitlar va erkaklarning barchasini dorga osishga buyuradi. Qatl ruslar Marg‘ilonga kirib kelgan yo‘lda amalga oshiriladi. Boisi, bu barchaga, keyingi isyon boshlamoqchi bo‘lganlarga dars bo‘lishi kerak edi...
Qatl amalga oshirilgach, maqtullarning jasadiga teginishga, ularni ko‘mishga ruxsat berilmaydi. Urinib ko‘rganlar esa, safni yana bir jasad bilan to‘ldirardi.
Vaqt o‘ta boshlagach, quzg‘un (qora qarg‘a)lar jasadlarni yeyish uchun Marg‘ilonga yopiriladi. Marhumlarning yaqinlari esa, jasadlarni yana tahqir etilmasin uchun qushlardan himoya qilishga kirishadi - qarg‘alar ko‘ringani hamono, ularni haydash uchun yo‘lga yuguradilar. Bu hol qo‘shiqning birinchi baytida keltirilgan:
“Qarg‘alar uchsa, qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga...”
Ammo, qushlardan himoya etgan bilan tabiatdan himoya etib bo‘lmasdi - kundan-kun jasadlar o‘zidan badbo‘y hid taratar, yo‘ldan o‘tishning, o‘tish tugul, unga yaqin yo‘lashning iloji bo‘lmay qoladi. Shu darajada-ki, hid butun shahar va yon-atrof qishloqlariga ham tarqaladi. Ammo, shunchalar yomon hid chiqsa-da, inson o‘z og‘asini, o‘z inisini, umuman, o‘z yaqinini “sassiq” deya olarmidi?! Xalq bu bo‘yni yoqimli iforga tenglaydi, xush bo‘ylarga tenglaydi. “Handalak bo‘ylik” deya ataydi marhumlarni:
“Hidi kelsa, mast bo‘laylik,
Handalakning bo‘yiga.
Qalb Taskini | Yanglik
Тарихнинг қора саҳифаси. Буча воқеаларига дунёдаги реакция 3 апрель куни дунё қарийб бир ой давомида Россия ҳарбийлари назоратида бўлган ва бир неча кун олдин украинлар томонидан қайтариб олинган Буча шаҳрида олинган даҳшатли фотосуратлар ва видеоларга гувоҳ…
Handalak bo‘ylikkinam, sen
Unda zor, men bunda zor...”
Kishilar uchun eng alamlisi o‘z yaqinlarini tuproqqa qo‘ya olmas edilar, loaqal teginish ham mumkin emas:
“To‘tiqushning bolasidek
Ikkalamiz intizor.
Intizorlik torta-torta
Tanda toqat qolmadi.
Yo‘l chivindek sarg‘ayib,
Ucharga holim qolmadi...”
Bu qo‘shiq ana shunday qonli, qayg‘uli davr xabarchisi. Xalqning deyarli barcha kuyi o‘z dardini ifoda etgan. So‘zni tantanavor yakunlaymiz - Vatanning yaxshi kunini unutsangiz ham, yomon kunini unutmang!

📡 @Yanglik
2024/05/19 22:24:09
Back to Top
HTML Embed Code: