This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#zabarjad_luğat
Ko‘pincha yebir-yesir so‘zi – "yetim" ma'nosida anglashiladi. Lekin asl matndagi leksik ma'nosi vayron qilmoqdir.
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3🤔1
Zabarjad Mediа
#interaktiv Zabarjad Mediada chiqishi kutilayotgan asarlarni emojilar bilan ifodaladik. Ularning nomini topishga urinib ko'ring! 1. ☠️🏘 📩 2.🪞 🔀 👤 3.😓 ❤️🩹 P.s. Barcha asarlar bir shaxs qalamiga mansub! 📃 Zabarjad Media - eng yaxshisini ilinamiz!
Toʻgʻri javoblar:
1.☠️🏘📩 - Oʻlik uydan maktublar
2.🪞🔀👤- Qiyofadosh
3.😓❤️🩹 - Zaif yurak
Toʻgʻri topdingiz muallif Dostoyevskiy edi.✅
Ushbu kitoblar bilan birga muallifning boshqa asarlari ham chiqishi rejalashtirilgan boʻlib, bundan sekin asta voqif boʻlasiz.
Vaqt yetishi bilan "xazina"mizdagilarni sizga namoyon etishda davom etamiz!
Zabarjad Media - eng yaxshisini ilinamiz!
1.☠️🏘📩 - Oʻlik uydan maktublar
2.🪞🔀👤- Qiyofadosh
3.😓❤️🩹 - Zaif yurak
Toʻgʻri topdingiz muallif Dostoyevskiy edi.
Ushbu kitoblar bilan birga muallifning boshqa asarlari ham chiqishi rejalashtirilgan boʻlib, bundan sekin asta voqif boʻlasiz.
Vaqt yetishi bilan "xazina"mizdagilarni sizga namoyon etishda davom etamiz!
Zabarjad Media - eng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13❤8👍7
Forwarded from Ijodiyot
#taqriz
#book_rewiew
Ba’zi asarlar yurakdan joy oladi. Ba’zilar esa — yurakni bo‘shatib, ichida uzoq qoladi. Ketrin Patersonning “Terabitiya ko‘prigi” ana shunday kitoblardan. Bu shunchaki bolalar uchun yozilgan ertak emas. Bu — bolalikning o‘zi haqida yozilgan bitik.
Asar qahramoni Jess bilan biz yengil qadamlar bilan hayot yo‘lini boshlab o‘tamiz. Keyin Lesli kirib keladi — g‘ayritabiiy, tasavvuriga sig‘mas darajada erkin. U Jessni ham, o‘quvchini ham, hatto butun borliqni ham bir zumda o‘zgartirib yuboradi. Va shu yerda muhim bir tushuncha tug‘iladi: Lesli shunchaki qizaloq emas — u bolalikning timsoli. Yorqin, erkin, hissiyotga boy, soddadil bolalik.
Uning o‘limi esa — muqarrar. Chunki biz baribir bolalik bilan xayrlashamiz. Uni ko‘rib turmaymiz, unga “xayr” deb aytolmaymiz — u bizdan asta chiqib ketadi. Jess ham Leslining o‘limini ko‘rmaydi. U birdan yo‘qoladi. Bu — biz ham qachon bolalikni yo‘qotganimizni sezmasligimizga, uni ortga qarab izlayotgan paytimizda allaqachon boshqa dunyoga o‘tib ketganimizga ishora.
"Terabitiya ko‘prigi" — bu ruhan o‘sish, o‘zligini topish, yo‘qotish va davom etish haqidagi asar. U yuragingizda og‘riq qoldiradi, ammo aynan shu og‘riq sizni (bizni) ulg‘aytiradi. Yig‘latadi, lekin o‘sha ko‘z yoshlar qalbni yumshatadi. Bolalarga kattalar qanday his qilishini o‘rgatsa, kattalarga bolalar qanday his qilishini eslatadi.
O‘zbek segmentida o‘smirlar adabiyoti hanuz uncha keng emas. Ammo ushbu tarjima — o‘sha bo‘shliqqa yurak bilan yozilgan ajoyib sahifa.
Ilhom Salimovning tarjimasi esa ushbu sayohatni yanada tabiiy, jonli, yurakka yaqin qilgan. U nafaqat matnni o‘girgan, balki asarning ruhini, ohangini ham yurakdan yurakka ko‘chira olgan. Uning so‘z tanlovi Leslining erkinligi va Jessning sukutini aniq ifoda etadi. Tarjima — sokin, ammo kuchli. Juda kamyob mahorat.
Bu ko‘prikdan o‘tgan har bir o‘quvchi aslida o‘z ichidagi bolalik bilan yana bir bor uchrashadi — va xayrlashadi. Ammo bu safar — haqiqatni anglab, barini boricha his qilib, va albatta bag‘rikenglik bilan.
©️ Saida Jalolova
@ijodiyot_kitobiston
#book_rewiew
Bolalik va ko‘ngil orzulari orasidagi so‘nggi ko‘prik

❤14👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚸 “Dunyo bolalari” – bu oddiy bolalar haqida emas. Bu urush, yetimlik, musibat va insoniyat dardini yelkasida ko‘tarayotgan umidsiz nigohlar haqida. Bu kitobda bolalar – faqat qahramon emas, balki dunyoning o‘ziga o‘xshagan bo‘lagi.
“Dunyo bolalari” – bu ko‘zlar bilan o‘qiladigan emas, qalb bilan his qilinadigan kitob.
U yerda siz ochlikni, qo‘rquvni, sog‘inchni va eng muhimi – insoniylikni ko‘rasiz.
Buyurtma uchun: @sotuv_zabarjad
Zabarjad Media - eng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🕊5❤4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#zabarjad_luğat
Tilimizda birgina mergan so‘zining tirandoz, kamonchi, kamongir, o‘qchi, yoychi, kamonkash shakllari mavjud.
Yoyandoz so‘zi sizga yangilik bo‘ldimi?
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Tilimizda birgina mergan so‘zining tirandoz, kamonchi, kamongir, o‘qchi, yoychi, kamonkash shakllari mavjud.
Yoyandoz so‘zi sizga yangilik bo‘ldimi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5👌1
#tungi_mutolaa
🎈 Zabarjad Media - eng yaxshisini ulashishda davom etadi. Oqshomingizni mazmunli etish maqsadida "Tungi mutolaa" ruknini yo'lga qo'ydik.
📖 Ushbu hikoyani o'qing va o'zingizni unutib, boshqa bir qalbga safar qiling.
🌃 Tuningiz xayrli o'tsin!
https://telegra.ph/Eh-kattalar-06-12
https://telegra.ph/Eh-kattalar-06-12
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegraph
Eh, kattalar...
Egnimdagi dxotining chokidan ketganiga qaramang, men braxmanlar toifasidan bo‘laman. Ishonmasangiz, mana, peshonamda asl sandal bo‘yog‘idan qip-qizil tamg‘a. Ko‘rdingizmi? Bu yil yomg‘ir faslida o‘n ikkiga kiraman. Otim – Bajdat. Braxman bo‘lsak ham kambag‘almiz…
❤9🔥6👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#zabarjad_luğat
Tilimizda har bir kasbning, xususan sotuv jarayoniga bog‘liq hunarlarning ham alohida nomlari bo‘lsa-da, ularni umumnom bilan sotuvchi deb qo‘ymoqlikni afzal bilamiz.
Lekin tilimiz boy, bazzoz gazlama sotsa, attor atir-upa sotadi va h.k.
Bu qatorni davom ettira olarmikansiz, qadrli kitobxon)
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Tilimizda har bir kasbning, xususan sotuv jarayoniga bog‘liq hunarlarning ham alohida nomlari bo‘lsa-da, ularni umumnom bilan sotuvchi deb qo‘ymoqlikni afzal bilamiz.
Lekin tilimiz boy, bazzoz gazlama sotsa, attor atir-upa sotadi va h.k.
Bu qatorni davom ettira olarmikansiz, qadrli kitobxon)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥4
#zabarjad_luğat #tanlov
Bugun, va'da qilganimizdagi "Zabarjad lug‘at" loyihasining oylik sarhisobini o‘tkazamiz. Shartlar va belgilangan vaqtni 18:00 da e'lon qilamiz!
Bu tanlovda ishtirok etib, 150 ming so‘mlik yutuqni qo‘lga kiritishingiz mumkin)
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Bugun, va'da qilganimizdagi "Zabarjad lug‘at" loyihasining oylik sarhisobini o‘tkazamiz. Shartlar va belgilangan vaqtni 18:00 da e'lon qilamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13❤7🏆5
Tanlov shartlari:
1. Zabarjad lug‘at heshtegi bilan e'lon qilingan so‘zlardan matn tuzing.
2. Matnda umumiy mazmun mavjudligi, ma'no jihatdan gaplar va so‘zlarning bog‘lanishiga e'tibor qarating.
3. Matningizni quyidagi post izohlar qismiga jo‘nating.
✏️ Eng ko‘p so‘zdan foydalanib, badiiy puxta bitilgan matn g‘olib deb topiladi.
Muddat: 18:30 gacha
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
1. Zabarjad lug‘at heshtegi bilan e'lon qilingan so‘zlardan matn tuzing.
2. Matnda umumiy mazmun mavjudligi, ma'no jihatdan gaplar va so‘zlarning bog‘lanishiga e'tibor qarating.
3. Matningizni quyidagi post izohlar qismiga jo‘nating.
Muddat: 18:30 gacha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍6😱5🔥3🤣1
#zabarjad_luğat
Tanlov g‘olibi:
Matnda ishlatilgan so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi, syujet izchiligi buzilmaganligi va silliq o‘qilishini inobatga olgan holda, mazkur matn sohibi g‘olib deb topildi. Tabriklaymiz🎉
G‘olib @Sotuv_Zabarjad profiliga murajaat etib 150 ming so‘mlik xarid kuponini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Boshqa qatnashchilarga ham ishtiroklari uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz.
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Tanlov g‘olibi:
Muzofotning chekka burchagida, qadim bir qaraman tagida, bir bazzoz yashardi. U oddiy gazlamafurush emas edi — har bir chorqat ro‘molga bir dardni chirmar, har bir qikka o‘tmishni joylardi. Do‘koni qiyg‘os to‘la, ammo yuragi taaddidan toblangan edi.
Bir kuni qishloqqa bir nazarkarda qiz keldi — koʻzlarida sizot suvdek zax og‘riq, so‘zlarida qur’aandozlar kabi g‘amli bashoratlar. Uning haydarlari shamolda titrar, mushinlarda sukunat changal urar edi.
Qiz yoyandozdek bexato nigoh otar, bazzozlik qalbini kulaband qilganini bilmas edi.
Matnda ishlatilgan so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi, syujet izchiligi buzilmaganligi va silliq o‘qilishini inobatga olgan holda, mazkur matn sohibi g‘olib deb topildi. Tabriklaymiz
G‘olib @Sotuv_Zabarjad profiliga murajaat etib 150 ming so‘mlik xarid kuponini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Boshqa qatnashchilarga ham ishtiroklari uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🎉8🔥7👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan barcha o‘qirmanlar, kitobsevar-u, shu sohaga jonini fido qilib kelayotgan hamkasblarimizni kasb bayrami bilan tabriklaymiz.
O‘zbek noshirlik olami yanada gullab, rivoj topishiga tilakdoshmiz va bu ishda o‘zimizning kichik bo‘lsa ham hissamiz borligidan mamnunmiz, hamda bu yo‘ldan to siz azizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bor ekan, hech qachon to‘xtamaymiz.
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan barcha o‘qirmanlar, kitobsevar-u, shu sohaga jonini fido qilib kelayotgan hamkasblarimizni kasb bayrami bilan tabriklaymiz.
O‘zbek noshirlik olami yanada gullab, rivoj topishiga tilakdoshmiz va bu ishda o‘zimizning kichik bo‘lsa ham hissamiz borligidan mamnunmiz, hamda bu yo‘ldan to siz azizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bor ekan, hech qachon to‘xtamaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍8❤5🎉5
Yangi oyni yangi kitoblar anonsi bilan boshlaymizmi?
Nashriyotimizdan qaysi kitoblar chiqishini kutyapsiz? 😊

🔥34❤8👍3😁2
#tez_kunda
Koʻplab kitobxonlar talabiga binoan, “Yosh kitobxon” tanlovi uchun oʻqilishi lozim boʻlgan asarlarni alohida kitob holida nashr qildik💫
Kitoblar 10-iyuldan sotuvga chiqadi📆
Tanlovga qatnashayotgan yaqinlaringizga ulashishni unutmang.
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Koʻplab kitobxonlar talabiga binoan, “Yosh kitobxon” tanlovi uchun oʻqilishi lozim boʻlgan asarlarni alohida kitob holida nashr qildik
Kitoblar 10-iyuldan sotuvga chiqadi
Tanlovga qatnashayotgan yaqinlaringizga ulashishni unutmang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23❤15👍7😍1
#tez_kunda
Dostoyevskiyni ilhomlantirgan, rus adabiyotida realizmga yoʻl ochib bergan asar tez kunda sotuvda🎉
“Biz hammamiz Gogolning Shineli yengidan chiqqanmiz” degan edi Dostoyevskiy. Yozuvchi oʻz asarlaridagi “kichkina odam” gʻoyasini ham “Shinel”dan ilhomlanib yaratgan.
Toʻplamga, shuningdek, Abdulhamid Choʻlponning boshqa tarjimalari ham kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, asar “Yosh kitobxon” tanlovi roʻyxatiga kiritilgan. 10-iyulda sotuvga chiqadi📆
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Dostoyevskiyni ilhomlantirgan, rus adabiyotida realizmga yoʻl ochib bergan asar tez kunda sotuvda
“Biz hammamiz Gogolning Shineli yengidan chiqqanmiz” degan edi Dostoyevskiy. Yozuvchi oʻz asarlaridagi “kichkina odam” gʻoyasini ham “Shinel”dan ilhomlanib yaratgan.
Toʻplamga, shuningdek, Abdulhamid Choʻlponning boshqa tarjimalari ham kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, asar “Yosh kitobxon” tanlovi roʻyxatiga kiritilgan. 10-iyulda sotuvga chiqadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤9😍1🏆1
#tez_kunda
Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi bayonoti” asari ilk bor Istanbulda 1910-yilda nashr qilingan. Muallif hind sayyohi nigohi ila Buxoro amirligidagi ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayotga nazar solar ekan, achchiq haqiqatlarni tilga oladi. Shu yoʻl bilan millatni uygʻonishga, ilm olishga da’vat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, asar “Yosh kitobxon” tanlovi roʻyxatiga kiritilgan. 10-iyulda sotuvga chiqadi📆
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi bayonoti” asari ilk bor Istanbulda 1910-yilda nashr qilingan. Muallif hind sayyohi nigohi ila Buxoro amirligidagi ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayotga nazar solar ekan, achchiq haqiqatlarni tilga oladi. Shu yoʻl bilan millatni uygʻonishga, ilm olishga da’vat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, asar “Yosh kitobxon” tanlovi roʻyxatiga kiritilgan. 10-iyulda sotuvga chiqadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤4👍2🎉1
#tez_kunda
Abdulla Avloniyning “Afgʻon sayohati” asari oʻzbek adabiyotida jadid adabiyotining muhim asarlaridan biri. Unda muallifning Afgʻonistonga qilgan safar taassurotlari, kuzatuvlari, fikr-mulohazalari oʻrin olgan.
Mazkur asar ma’rifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, muallifning oʻz davri madaniy, siyosiy, ijtimoiy muhitiga munosabati yoritilgan.
Eslatib oʻtamiz, asar “Yosh kitobxon” tanlovi roʻyxatiga kiritilgan. 10-iyulda sotuvga chiqadi📆
🔸 Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Abdulla Avloniyning “Afgʻon sayohati” asari oʻzbek adabiyotida jadid adabiyotining muhim asarlaridan biri. Unda muallifning Afgʻonistonga qilgan safar taassurotlari, kuzatuvlari, fikr-mulohazalari oʻrin olgan.
Mazkur asar ma’rifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, muallifning oʻz davri madaniy, siyosiy, ijtimoiy muhitiga munosabati yoritilgan.
Eslatib oʻtamiz, asar “Yosh kitobxon” tanlovi roʻyxatiga kiritilgan. 10-iyulda sotuvga chiqadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤4🔥4
#tez_kunda
Abdulla Qahhor oʻzining qisqa hikoyalari bilan oʻzbek adabiyotida muhim oʻrin tutadi. Yozuvchi “oʻzbek Chexovi” deya e’tirof etilgani ham bejiz emas. Hikoyalarida oʻz davrining ijtimoiy muammolari achchiq kinoya bilan ochib berilgan.
Toʻplamdan yozuvchining eng sara hikoyalari oʻrin olgan.

🔥7❤5👍4