Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 25-may — So‘nggi qo‘ng‘iroq

Bugun oddiy maktab qo‘ng‘irog‘i emas. Bugun u bir muhim bosqichning yakunlanishi va yangi yo‘lning boshlanishi ramzi sifatida yangrayapti — kashfiyotlar, ulkan orzular va dadil qarorlar bilan to‘la yo‘lning.

💡Ziyo Forum barcha bitiruvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarni shu hayajonli kun bilan tabriklaydi! Har biringiz ilm-fan, ta’lim va taraqqiyotning kelajagi ekanligingizga ishonamiz.

🎓 Olg‘a — yuksak maqsadlar va ulkan kashfiyotlar sari!
Biz esa har doimgidek yoningizda bo‘lib, qo‘llab-quvvatlash, ilhomlantirish va rivojlantirish uchun tayyormiz.

Ilmga muhabbat bilan,
Ziyo Forum!

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
🔥42
🍏 Открытая лекция: «Осознанное питание — как наладить отношения с едой»

📅 Дата:
29 мая
🕒 Время:
15:00
📍 Место:
Ziyo Forum
🗣 Язык:
русский
👩‍⚕️ Спикер:
Диана Ким — врач-эндокринолог, специалист по ЗОЖ

📲
Регистрация обязательна

Ты всё ещё:
— Заедаешь стресс?
— Чувствуешь вину после еды?
— Живёшь от диеты до срыва?

Пора наладить отношения с едой и вернуть контроль — без запретов и жестких рамок
Это встреча для тех, кто хочет:
— Заботиться о себе с любовью
— Есть без вины
— Жить в гармонии с телом

🌿 На лекции ты узнаешь:
— Что такое осознанное питание и как оно реально помогает
— Как слышать сигналы своего тела и распознавать настоящий голод
— Как составить сбалансированный рацион без крайностей
— Получишь честные ответы от врача-эндокринолога
3
#bilishfoydali
🗣 Boshqa tillarga tarjima qilish qiyin bo‘lgan so‘zlar borligini bilasizmi?


Quyida turli madaniyatlarning o‘ziga xos dunyoqarashini aks ettiruvchi bir nechta noyob so‘zlar keltirilgan:

1. Fernweh (nemischa)
— sayohatlarga kuchli intilish, uzoq joylarda bo‘lishga ishtiyoq.
2. Mamihlapinatapai (yagancha) — ikki kishi bir-biriga qarab, ulardan biri birinchi qadamni tashlashini istab, ammo ikkalasi ham ikkilanib qolgan payt.
3. Cafuné (portugalchasi) — sevikli insonning sochlarini erkalab silash.
4. Gigil (tagalog, filippincha) — kuchli his-tuyg‘ular tufayli biror narsani qattiq siqish yoki mahkam quchoqlashga bo‘lgan qarshilik qilib bo‘lmas istak.
5. Ubuntu (zulu, kxosa) — insonning mavjudligi faqat boshqalar bilan o‘zaro munosabatlar orqaligina mumkin, degan g‘oyani ifodalovchi falsafa.

💬 Bu so‘zlarning qaysi biri qalbingizga eng yaqin? 😊

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐Hozir Ziyo Forum binosida Erasmus+ dasturiga bag‘ishlangan ochiq sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ishtirokchilar Yevropada o‘qish, magistratura va PhD uchun grantlar, hamda Erasmus+ imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olishmoqda.

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
👍71🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Tadbirda ishtirok eta olmagan ishtirokchilar uchun dolzarb savollar bo‘yicha spikerlardan maxsus intervyu oldik.

Kutib qoling 😍

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
👍63🔥2
🎓O‘zbekiston uchun Erasmus+: ochiq imkoniyatlar!

2025-yil 26-may kuni "Ziyo Forum" ilm-fan va ta'lim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi binosida, O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi (NEO), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Erasmus+ Oliy ta’lim islohotlari ekspertlari (HEREs) jamoasi hamkorligida tashkil etilgan “O‘zbekiston uchun Erasmus+ dasturi imkoniyatlari” mavzusidagi axborot sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

💥Tadbirda 200 dan ortiq kishi: Toshkent oliy o‘quv yurtlari vakillari, talabalar, CBHE loyihalari ishtirokchilari, shuningdek, xususiy va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar Erasmus+ dasturlari orqali Yevropada ta’lim olish va amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar oldilar, shuningdek, haqiqiy misollar va ariza topshirishning amaliy bosqichlari bilan tanishdilar

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
7🎉4🤩3
🇪🇺Erasmus+ dasturi qaysi davlatlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan va birinchi bor chet elga chiqayotgan talabalar uchun qanday qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari mavjud?

Javobi shu yerda 😍

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
🔥2👍1
🎤 Lektorium: Qadam tashla, qiz!

📅 Sana:
28-may
Vaqt:
14:30
📍 Manzil:
Ziyo Forum | Kushbegi, 8
Til:
o‘zbekcha / ruscha

🔥 Mavzu:
O‘z g‘oyalaringni qanday qilib haqiqiy loyihalarga aylantirish va hayotingni o‘zgartirish mumkin?

Spiker: Zuxra Maxkamova
🔹 “Mendeleev Kids & Juniors” va “Ximiya v Kolbe” loyihalari asoschisi
🔹 “Pizza Pitch Women” va “Ayollar liderligi modellari” tanlovlari g‘olibasi
🔹 O‘zbekistonning TOP-100 talabalar yetakchilari ro‘yxatida
🔹 Fan targ‘ibotchisi: murakkab narsalarni oddiy va qiziqarli qilib tushuntiradi

✔️
Lektoriumda nimalar o‘rganiladi?
— G‘oyalarni qayerdan izlash va qanday boshlashdan qo‘rqmaslik
— Orzudan natijagacha bo‘lgan bosqichma-bosqich yo‘l
— Shaxsiy tajriba, layfxaklar va kuchli motivatsiya
— Mini-interaktiv hamda savol-javoblar


🎟
Ishtirok mutlaqo bepul! Ro‘yxatdan o‘tish esa majburiy:
👉Ro’yxatdan o’tish uchun havola

🌟 Esda tut: Imkoniyat kutmaydi — birinchi bo‘lib harakat qil!
Agar ilhom olishni va o‘z yo‘lingni bugunoq boshlashni xohlasang — biz seni kutamiz!
👍2
#bilishfoydali
🚀 Ba’zan tog‘larni ag‘dargingiz keladi, ba’zan esa shunchaki yotgingiz keladi. Buning sababi nimada?


Barchasi dofaminga borib taqaladi. U ko‘pchilik o‘ylaganidek «quvonch gormoni» emas, balki «kutish gormoni»dir. Dofamin biz biror yoqimli narsani — muvaffaqiyat, ovqat, layklar yoki dam olishni tasavvur qilganimizda faollashadi. Maqsadga hali uzoq bo‘lsa-da, miya allaqachon shu mukofot uchun harakatga tushadi.

Biroq, bir nozik jihat bor: agar maqsad noaniq, juda katta yoki juda uzoq muddatli bo‘lsa, dofamin keskin pasayadi.
Miya «juda murakkab - xohlamayman» deb o‘ylaydi. Shunda siz telefonga yopishib olasiz, muzlatkichga yugurасiz yoki shunchaki loqaydlikka berilasiz.

👉 Quyidagi oddiy sxema yordam beradi:

1. Maqsadni kichik qadamlarga bo‘ling.
2. O‘zingizga ko‘rinarli belgilar qo‘ying (galochka, xoch, odatlar kuzatuvchisi).
3. Hatto kichik bo‘lsa ham, har bir yutuq uchun o‘zingizni maqtang - miyangiz buni yaxshi ko‘radi.

Dofamin «xohlayman» haqida, «oldim» haqida emas. Uni aql bilan boshqaring.

Bugun maqsadingiz sari hech bo‘lmasa bitta qadam tashladingizmi?🤩

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
2👍1
#bilishfoydali
🐝 Asalarilar nonushta, tushlik va kechki ovqatimiz bog‘liq bo‘lgan kichkina mehnatkashlardir.


Dasturxonimizdagi mahsulotlarning 70% changlanish natijasida paydo bo‘ladi. Asalarilarsiz olma, yong‘oq, qulupnay, qahva, paxta va hatto shokolad ham yo‘q bo‘lib ketardi. Asalarilarning yo‘qolishi zanjirli reaksiyani keltirib chiqaradi: hosil kamayadi, oziq-ovqat narxi oshadi, ekotizim buziladi.

🌾 Asalarilar nafaqat mevalarni, balki chorva mollarini boqadigan o‘simliklarni ham changlatadi. Ularsiz chorvachilik ham izdan chiqadi. Bu shunchaki asal haqida emas, balki butun turmush tarzimiz haqidadir.

🚫 Hozirning o‘zidayoq kimyoviy moddalar, o‘rmonlarning kesilishi va iqlim o‘zgarishi tufayli asalarilar soni kamayib bormoqda. Biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ko‘proq narsani yo‘qotayapmiz. Hamma narsa kichkinadan boshlanadi. Asal beradigan o‘simliklarni ekish, pestitsidlardan voz kechish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash — bularning barchasi yordam beradi.

Asalarilar qanchalik muhimligini bilarmidingiz?
Fikrlaringizni izohlar bo‘limida yozing 👇

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
3👍2
🎓 Kasbni qanday tanlash va afsuslanmaslik mumkin? | Ziyo Forumdan leksiya

Ziyo Forumda o‘tkazilgan ma’ruza ishtirokchilarga eng murakkab va muhim masalalardan biri — o‘z ishini qanday topish kerakligini tushunishga yordam berdi.

Xalqaro sertifikatga ega biznes-trener va kasb-hunar yo‘naltiruvchisi Irina Kim nima uchun kasb tanlashda ko‘pincha xato qilishimiz, o‘z sohammizni qanday aniqlashimiz va ongli kasbiy tanlov yo‘lini nimadan boshlashimiz haqida so‘zlab berdi.

Video bizning YouTube kanalimizda. Havolaga o‘tib, o‘zingizga qulay vaqtda tomosha qiling ☺️👇

KO‘RISH 😍

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
3
2025/07/10 22:40:36
Back to Top
HTML Embed Code: