Telegram Web Link
📌Bugun Ziyo Forum binosida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ziyo Forum fondi rahbariyati ta’lim sohasidagi eng nufuzli reytinglardan biri — “QS World University Rankings”ni shakllantiruvchi QS tashkiloti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mehmonimiz — QS’ning hamkorlik aloqalari va xayriya tashabbuslari yo‘nalishidagi rahbari Zoya Zayseva bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida ikki tomon o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda fikr almashdi, mavjud loyihalar va dasturlar tahlil qilindi, kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma tashabbuslar muhokama markazida bo‘ldi.

Bu uchrashuv — bo‘lajak yirik g‘oyalar va ijobiy o‘zgarishlarning boshlanishidir.

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
🔥4👍3
#bilishfoydali

🎓 Qanday qilib yanada muvaffaqiyatli talaba bo‘lish mumkin?


Samarali o‘qishingizga yordam beradigan 3 ta odat:

1️⃣ Yodlamasdan, aqlingizni ishlatib o‘rganing.
Materialni kichik qismlarga bo‘lib takrorlang, kartochkalar va mini-testlardan foydalaning. Bu miyangizga ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi.

2️⃣ Yetarlicha uxlang.
8 soatlik uyqu - hashamat emas, zaruriyat! Shunda siz diqqatli bo‘lasiz va ma’lumotlarni tezroq o‘zlashtirasiz.

3️⃣ O‘zingizga mos o‘quv joyini yarating.

Chalg‘ituvchi omillar minimal, e’tibor maksimal bo‘lsin. O‘qish uchun o‘zingizga qulay bo‘lgan joyni toping.

🎯 Har kuni kichik qadamlar qo‘yish = kelajakda katta natijalarga erishish.

Siz bu odatlarni o‘qishingizda qo‘llayapsizmi?

Instagram | Telegram | YouTube
2
🏆“Ziyo Cup” loyihasida g‘olib bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-aprel kuni “Zakovat arena” markazida “Muhandislik oyligi” doirasida Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kibersport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni mahalliy va xalqaro darajada tanilishiga yordam berish maqsadida 25-29 mart kunlari Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida kibersportning “CS 2” yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tgan edi va ushbu tabdir doirasida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar pul mukofoti, sertifikat va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

💰Umumiy mukofot
jamgʻarmasi 22,5 mln. soʻm boʻlgan turnirda TMC universiteti faxrli 1-oʻrinni, Qoraqalpoq davlat universiteti 2-oʻrinni va Inha universiteti talabalari 3- o‘rinni egallashdi.

Ma’lumot uchun, turnirning saralash musobaqalarida Respublikamizning barcha viloyatlarida umumiy 110ta davlat hamda nodavlat Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Saralash o‘yinlarida jami 900 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.

Obuna bo’lishni unutmang 😉
Instagram | Telegram | YouTube
6🔥3🤩1
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari boshlandi

🏁Bugun, 2025-yil 19-aprel kuni Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida yoshlarni jismoniy harakatga yo‘naltirish, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga rasmiy start berildi. Mazkur loyiha bir qator hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Sport sinovlarining ochilish marosimi respublikamizning 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)laridagi ishtirokchilar bilan onlayn tarzda bog‘lanib, keng ko‘lamda o‘tkazildi.

📍“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari yil davomida, ya’ni mart-noyabr oylarida, 5 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi. Ishtirokchilar ixtiyoriy va maxsus guruhlarga bo‘linadi. Baholash mezonlari sifatida chidamlilik, tezlik, kuch, moslashuvchanlik va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi inobatga olinadi.

Ta’kidlash joizki, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida g‘olib bo‘lgan yoshlar ko‘plab imtiyoz va mukofotlarga ega bo‘lishadi. Jumladan, elektron sertifikatlar topshiriladi, ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi, maxsus sport formasi beriladi hamda ixtiyoriy ravishda sport ekipirovkasi bilan mukofotlanadi. Shuningdek, o‘quvchilari eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga 14 ta sport jihozi topshiriladi, bu esa yoshlarimizni sport bilan muntazam shug‘ullanishga undaydi va ularning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Obuna bo’lishni unutmang
Instagram | Telegram | YouTube
👍6🔥31
#bilishfoydali

🛡 Immunitet – ichki qo‘shiningiz.


U sizni viruslar, bakteriyalar va boshqa zararli omillardan himoya qilib, tanangiz barqarorligini – gomeostazni saqlab turadi.

🔬 Immun tizimi quyidagilardan tashkil topgan:

📍 Ilik – himoyachi hujayralarni yaratadi.
📍 Timus (ayrisimon bez) – bu yerda T-hujayralar voyaga yetadi.
📍 Taloq – qonni tozalaydi va "eskirgan" hujayralarni yo‘q qiladi.
📍 Limfa tugunlari – infeksiyalarga qarshi kurashadi, limfa ishlab chiqaradi.

🧠 Har bir hujayraning o‘z vazifasi bor. Limfotsitlar dushmanni (antigenni) "taniydi" va hujum qiladi. Fagotsitlar esa uni so‘zma-so‘z yutib yuboradi. Ichingizda haqiqiy jang tizimi mavjud!

Kasalliklardan himoyangiz qayerda shakllanishini bilarmidingiz?

Instagram | Telegram | YouTube
👍2
2025/07/09 13:27:41
Back to Top
HTML Embed Code: