Telegram Web Link
🤝 O‘zining yorqin kelajagini bunyod etishni istaganlar uchun IT bo‘yicha bepul ta’lim

School 21 – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar maktabi bo‘lib, unda barcha xohlovchilar IT sohasida karyera boshlashi mumkin. Bu yerda mentorlar va ma’ruzalar o‘rniga faqat amaliyot, jamoaviy ish va haqiqiy vazifalar mavjud. Eng muhimi – ta’lim mutlaqo bepul.


👨‍💻 Kimlar qatnashishi mumkin?
IT sohasida ta’lim olish va rivojlanishni istaydigan barcha 17 yoshdan oshganlar.

💡School 21 qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:
— IT yo‘nalishidagi eng talabgir yo‘nalishlar bo‘yicha 6 oydan 3 yilgacha amaliy ta’lim
— moslashuvchan jadval va kampusdan 24/7 rejimda foydalanish imkoniyati
— Toshkent va Samarqandda qulay sharoitlarga ega kampuslar
— haqiqiy loyihalar va haq to‘lanadigan amaliyot
— davlat namunasidagi diplom

Bu yerda siz dasturchi, sinovchi, tahlilchi yoki kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis bo‘lishingiz hamda mamlakatning yoki dunyoning istalgan nuqtasidan turib ishlashingiz mumkin.

📅 Eng yaqin saralash «hovuzi» 7-iyuldan boshlanadi. Hujjat topshirishning so‘nggi muddati – 2-iyul.
🍂 Kuzgi saralash «hovuz»lari 29-sentabr va 10-noyabrda rejalashtirilgan.
🌐 21-school.uz orqali batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

👉 RO'YXATDAN O'TISH
12🔥2
⚡️Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan boshlanadi

🇺🇿 Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.


Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.


📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS sertifikatini hali olishga ulgurmadingizmi?

Endilikda, IELTS 6 bal sertifikati bilan birga CEFR B2 sertifikati ham qabul qilinadi!
Siz UDEA'da Buyuk Britaniyaning TOP-13 talikka kiruvchi Coventry Universiteti dasturlarida to‘liq 4 yillik grant asosida o‘qish imkoniyatiga egasiz.
Kirish talablari: B2 darajasi, umumiy ball — kamida 55, writing qismi — kamida 51.

Joylar soni cheklangan — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📍 Hozir ro‘yxatdan o‘ting

Batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning:
📞 +998 78 888 08 00
📧 [email protected]
📍 Boshliq ko‘chasi 3, Toshkent
10👍2
NEMIS TILI @Abituriyent_Off.pdf
281.5 KB
⚡️Tasdiqlangan namunaviy testlar!

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan rasman tavsiya etilgan kirish imtihonlarida tushadigan testlarga o'xshash namunaviy test savollarini yuklab oling

📂 Blok: Mutaxassislik fanlar
🔢 Savol: 30 tadan

Ona tili va adabiyoti
Ingliz tili
Nemis tili
Geografiya
Matematika
Kimyo
Biologiya
Tarix
Fizika
Huquq

📈 ABITURIYENT 🆙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33🔥10👍3
2025/07/13 13:47:58
Back to Top
HTML Embed Code: