Telegram Web Link
❗️Abituriyentlar 528 mingdan oshdi!
Qabul tugashiga 4 kun qoldi!

21-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 528 ming 055 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.


Avvalgi yil bitiruvchilari: 233.662
☑️ Joriy yilgi bitiruvchilari:
294.393

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👎4
⚡️"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanloviga start berildi

Eski o'quv yilini shu tarzda baholaymiz!

Ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, uning yakuniy natijasiga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalarining keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlanadi va ijtimoiy tarmoqlarda keng miqyosda e'tirof etiladi.

Quyidagi kategoriyalar mavjud:

1⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi
2⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh
3⃣. Eng yaxshi akademik litsey
4⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi
5⃣. Eng yaxshi kollej
6⃣. Eng yaxshi texnikum

So'rovnoma 21-iyundan 21-iyulga qadar telegramdagi @EDUStatbot orqali tashkil etiladi va TOP-10 yetakchilar ro'yxati @ozi_nima_gap telegram sahifasida doimiy ko'rsatilib boriladi.

21-iyul 23:59 holatiga ko'ra har bir kategoriya bo'yicha mutlaq g'olib muassasalar aniqlanadi va tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) taqdim etiladi.

Ishonamizki, ushbu tanlov doirasida nafaqat jamoatchilik fikri bo'yicha eng yaxshi muassasalar aniqlanadi, balki barcha muassasalarning bir maqsad yo'lida birlashib harakat qila olishiga ham xizmat qiladi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Tanlovda ishtirok etish:
👉 @EDUStatbot
👉 @EDUStatbot
👉 @EDUStatbot

Loyiha homiysi: O'zi nima gap?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1
⚡️Bu yilgi imtihon sxemasi qanday bo'ladi?

2024-yilgi oliygohga kirish imtihon jarayonlari qanday bo'lib o'tishi mumkinligi haqida infografika bilan tanishing


Abituriyentlarga tarqatamiz!


📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏14👍95🔥3🎉2
😳 Abituriyentlar 600.000 nafardan oshdi!
Atigi 3 kundan keyin qabul yopildi!

22-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 601 946 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
       
 Joriy yil bitiruvchilari: 330.850
☑️ Avvalgi yil bitiruvchilari: 271.096


📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍162🔥1
😅 Eng zo‘r tarixchilar uchun savolning injig'i! Topganga sovg'a bor!

Diqqat bilan oxirigacha o'qing:

Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan shaharni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirgan davlat asosini tashkil qiluvchi qabila isyoni natijasida zaiflashib qolgan davlat Eronni boy bergan yili tug‘ilgan imperatorning taxtga kelgan yili qo‘zg‘olon bo‘lgan shaharni qamal qilgan shaxsni bobosi vafot etgan viloyatni zabt etgan hukmdorning vorisi qoraxitoylarni yenggan joyda mag‘lubiyatga uchragan davlat yordamida mamlakatni birlashtirgan davlatning gullagan davrida paydo bo‘lgan davlatning asosiy eksport turiga aylangan mahsulot bilan shuhrat qozongan davlatni bosib olgan xalifani boshqaruvi boshlangan yildan 2 asr oldin xitoyga elchi yuborgan davlatning hujumi natijasida o‘z davlatining hududini ko‘chirishga majbur bo‘lgan davlatning poytaxti bo‘lgan shaharga noib bo‘lgan shaxs vafot etgan yildan 7 asr oldin tugagan qo‘zg‘olonga boshchilik qilgan shaxsning tug‘ilgan shahrida bo‘lgan qo‘zg‘olonning tugashidan 5 asr o‘tib egallangan shaharni bosib olinishi natijasida boshlangan urushda qatnashgan imperatorning nabirasi imperator bo‘lgan yili egallangan shaharni qarshiliksiz egallagan davlat asoschisi tug‘ilgan yildan 100 yil oldin vafot etgan shaxs tug‘ilgan joyda bo‘lgan jangda yengilgan qo‘zg‘olonchi tug‘ilgan yili hukmronligi tugagan hukmdordan avvalgi hukmdorga qarshi isyon ko‘targan shaxs yoqib yuborgan shaharga qarorgohini ko‘chirgan davlat hukmdorining qarindoshi qo‘zg‘olon ko‘targan shaharni yoqib yuborgan shaxs vafot etganda hukmronligi boshlangan papa salib yurishlari deb e‘lon qilgan urush natijasida egallangan qabila yashagan hududni yuvib turadigan dengiz orqali o‘tadigan savdo yo‘li bo‘ylab joylashgan shaharlar ittifoqi tomonidan jiddiy zarbaga uchragan davlat Angliyani bosib olgan asrda parchalanib ketgan davlat bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan davlat poytaxtiga 2 marta yurish qilgan hukmdorning davlatiga asos solinganidan 5 asr o‘tib egallangan shaharga asos solgan shaxsning otasi vafot etgan yildan 201 yil o‘tib hukmronligi boshlangan hukmdor bosib olgan shahar hukmdori tomonidan qayta birlashtirilgan davlatning so‘nggi hukmdori vafot etgan yili tugagan urushni boshlanishiga sabab bo‘lgan hukmdorning hukmronligi tugagan yilda islomni qabul qilgan davlat asoschisining hukmronligi boshlangan yilda hukmronligi tugagan hukmdor taxtga oʻtirgan yili bosib olingan hudud butunlay bosib olingan yilda asos solingan sulola tugagan yilda mustaqil boʻlgan davlatlar qaysi?
🤔 Javobni bilish
👉 https://www.tg-me.com/+-IHA4WkUcLg3ODQ6

Ha, aytgancha, shu savolni egasi testolog sifatida DTMga ishga kirmoqchi ekan

Tarix fanini o'qib yurgan abituriyentlarga yuboring, o'qib bir mazza qilishsin!

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁51🤯45👍22😱12🔥32🤔2😍1👀1
⚡️Shpargalka: Majburiy fan blokidagi testlar qaysi mavzulardan ko'proq tuziladi?

1⃣. Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.


2⃣. Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.


3⃣. Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.


4⃣. Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.


5⃣. Oʻzbekiston tarixi:
— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.


📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍567🔥7
🤑 Hozirgacha 446.373 nafar abituriyent 170.000 so'mdan to'lov qilishi kutilmoqda!

Kutiladigan tushum: 75 mlrd 883 mln so'm

📈 25-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 850 124 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Joriy yil bitiruvchilari — 403 751
☑️ Avvalgi yil bitiruvchilari — 446 373

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁51😐30👍19👏52
❗️Rasman: Qabul yakunlandi!

Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni ertaga amalga oshirsa ham bo'ladi

Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati ertaga, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilandi. Ertadan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.


📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯22👍19🔥21
Rasman: 2024-yilgi abituriyentlar soni 900.000 nafarga ham yetmay qoldi!

20242025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi:

Joriy yil bitiruvchilari --410 334 nafar
☑️ Avvalgi yillar bitiruvchilari -- 483 945 nafar

Izoh:
Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni 26-iyun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarda to‘lovga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘ladi.

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍154
🔥M-Motivatsiya!

📈 ABITURIYENT 🆙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁100👍19🔥10👏8😱75🤝1
Tibbiyot sohasi bor xususiy oliygohlar:

🇺🇿 O'zbekistonda tibbiyot yo'nalishlariga ixtisosliklashgan xususiy oliy ta'lim muassasalari ham ko'plab topiladi.


1⃣. Akfa (Central Asian University)
💳 Kontrakt: 62.5 mln ± / yiliga

2⃣. Kimyo xalqaro universiteti
💳 Kontrakt: 30 mln ± / yiliga

3⃣. Yevropa tibbiyot universiteti
💳 Kontrakt: 55 mln ± / yiliga

4⃣. Alfraganus universiteti
💳 Kontrakt: 25 mln ± / yiliga

5⃣. Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
💳 Kontrakt: 33 mln ± / yiliga

6⃣. Impuls tibbiyot instituti
💳 Kontrakt: 33 mln ± / yiliga

7⃣. Turon Zarmed universiteti
💳 Kontrakt: 27 mln ± / yiliga

8⃣. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti
💳 Kontrakt: 32 mln ± / yiliga

9⃣. Osiyo xalqaro universiteti
💳 Kontrakt: 26 mln ± / yiliga

🔟. Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti
💳 Kontrakt: 36.6 mln ± / yiliga

Ushbu narxlar ochiq ma'lumotlar asosida @xususiy_oliygohlar kanali tomonidan tayyorlandi!

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #universitet

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38😱22😢203🗿3🤔2
⚡️Kirish imtihonlariga 15 kun qoldi!

Kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlansa, mandat javoblari 22-avgustga qadar e’lon qilinishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, katta ehtimol bilan, 14-iyulda bo‘lajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda. Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda, 30-iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.


7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanadi hamda 21-22-avguvstda mandat e’lon qilinadi.

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #universitet

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥21
⚡️Shpargalka: Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi?

1⃣ Ona tili va adabiyot
- Ona tili - 60 %;
- Adabiyot - 40 %.


2⃣ Matematika:
- Sonlar va ular ustida amallar - 25 %;
- Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %;
- Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%;
- Geometriya - 30%.


3⃣ Tarix:
- Siyosiy tarix - 50-60%;
- Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %;
- Madaniy hayot - 10-15 %;
- Amaliy topshiriqlar - 20-25 %.


4⃣ Fizika:
- Mexanika - 35 %;
- Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid
topshiriqlar) - 25 %;
- Elektromagnitizm - 30 %;
- Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%.


Barcha abituriyentlarga tarqating!

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍366👏6😁1
Abituriyentlar quyidagi holatlarda imtihon bo'ladigan binoga kiritilmaydi:

🤳 telefon,
🧮 kalkulyator,
🎧 naushnik,
⌚️ smart soat,
📗 kitob,
📝 shpargalka kabi vositalar olib kirsa!


Shuningdek, fiksatsiyali kamera va barmoq izi yordamida abituriyent shaxsi tasdiqlanmasa imtihonga kiritilmaydi.

Barcha abituriyentlarga tarqating!

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏12👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Essiz diplom...

Kimdirlar o'qishga kirolmaganda
Yana kimdirlar esa o'qishni bitirib

Rossiyaga ishlagani ketadi!

📈 ABITURIYENT 🆙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢107😁39👍19🤯9🤷‍♀5🤔5😐3🔥2👏2👀2🗿1
📉 O'qishga qiziqish yildan-yilga pasaymoqda!

Bu yilgi qabulda 894 ming abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi, bu o'tkan yilgi abituriyentlar sonidan 14% ga, 2 yil oldingi ko'rsatkichdan esa 36% ga kam. Rekord o'rnatilgan 2020-yilda 1.5 mln yoshlar o'qishga topshirgan edi.


Ushbu raqamlar O'zbekistonda oliy ta'limga qiziqish so'nayotganini bildirmoqda. Sun'iy intellekt esa ta'lim sifati jozibador emasligini sabab qilib ko'rsatmoqda.

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍87👎20👏10🔥6😁31😎1
⚡️Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi

Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi.  Talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.


O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥58👍376👏5
⚡️Joriy yilda abituriyentlarning 2.569 ta chet tili xalqaro sertifikatlari soxta deb topildi!

Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.


📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯58😁33👍21👏2🤔2🤷‍♀1
⚡️Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan boshlanadi

🇺🇿 Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.


Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.


📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥31
🧐 Qaysi filmni ko‘rmoqchisiz?

Dam olish kunida qaysi filmni tomosha qilishni o‘ylab ko‘rdingizmi? 2-3 soatlik madaniy hordiq hechqachon zarar qilmaydi.

"Lolazor" loyihasi ijodkorlari TOP-10 filmlar ro‘yxatini tayyorlashibdi. Ularning taassurotlariga qarab tomosha qiladigan filmingizni tanlashingiz mumkin:

1. "Argentina 1985" (2022)
2. "Dyuna 2" (2024)
3. "Usta va Margarita" (2024)
4. "Xalq Larri Flintga qarshi" (1996)
5. "Terminal" (2004)
6. "Osmonga qo‘l uzatib" (1997)
7. "Yomon tarbiya" (2019)
8. "Yonarqo‘ng‘izlar qabristoni" (1988)
9. "Mavritaniyalik" (2021)
10. "O‘zgalar hayoti" (2006)

🎥 TOP-10 filmlar ro‘yxati: 👉 link

Yakshanbani maroqli o‘tkazasiz, degan umiddamiz!

📈 ABITURIYENT 🆙Yuqoriga intilib!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍243👏1
2025/10/26 03:41:00
Back to Top
HTML Embed Code: