Telegram Web Link
E’lon!

Talabalar ta'tilini foydali va maroqli oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti tashabbusi bilan 19.01.2022 da Fizika fanidan oʻtkazilyotgan Universitet ochiq onlayn olimpiadasiga barcha talabalarni taklif etamiz.

Olimpiada Chorshanba 19-yanvar kuni soat 9:00 da boshlanadi va soat 21:00 gacha davom etadi.

Savollar @fizikafakulteti_uz telegram kanalda e'lon qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish oʻsha kunning oʻzida telegram bot orqali amalga oshiriladi.

Savollar uchun: [email protected]
telegram: @Abror_nuu
___________________________________

Объявление!

Чтобы сделать студенческие каникулы полезными и интересными, мы приглашаем всех студентов на Открытую онлайн-олимпиаду по физике, которая проводится 19.01.2022 по инициативе Физического факультета Национального Университета Узбекистана.

Олимпиада начнется в 9:00 в среду, 19 января, и продлится до 21:00.

Вопросы будут размещены в телеграм-канале @fizikafakulteti_uz.

Регистрация осуществляется в тот же день через телеграм-бота.

По вопросам: [email protected]
telegram: @Abror_nuu

👉 @abror_tuymuradov
Ertangi onlayn olimpiadaga qatnashuvchilar @uzfizikabot orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Bot hozir test rejimida ishlamoqda.

Bot bilan bog'liq savollar va fikr-mulohazalarni shu yerga yozing.👇
olimpiada_uz- @uzfizikabot.pdf
1.6 MB
Fizika fanidan onlayn olimpiada savollari. Javoblarini @uzfizikabot orqali yuboring.

Javoblarni faqat bir marotaba yuborishingiz mumkin, shuning uchun yuborishdan oldin ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligini tekshiring, va xato bo‘lsa to‘g‘rilang.

Savollarni shu yerga yuboring👇
www.tg-me.com/abror_tuymuradov/24
olimpiada_ru - @uzfizikabot.pdf
1.6 MB
Вопросы онлайн-олимпиады по физике. Отправляйте свои ответы через @uzfizikabot.

Вы можете отправить ответы только один раз, поэтому перед отправкой убедитесь, что информация верна, и исправьте, если есть ошибка.

Пишите вопросы сюда👇
www.tg-me.com/abror_tuymuradov/24
@uzfizikabot ni baholang. Bahoyingizni komentariyada izohlang.
Оцените @uzfizikabot. Объясните свою оценку в комментариях.
Anonymous Poll
57%
5
15%
4
10%
3
8%
2
10%
1
Olimpiada yakunlandi!
Natijalar.xlsx
22.3 KB
19-yanvardagi onlayn olimpiada natijalari. Batafsil tez orada @fizikafakulteti_uz kanalida e'lon qilinadi.
_____________________________
Итоги онлайн-олимпиады 19 января. Подробнее будет объявлено в ближайшее время на канале @fizikafakulteti_uz.

UPD: 15:30 da xatoliklar to'g'rilandi.

👉 @Abror_Tuymuradov
19-yanvardagi onlayn olimpiada javoblari:

1. D 11. D 21. E
2. B 12. D 22. C
3. B 13. E 23. A
4. A 14. C 24. B
5. E 15. A 25. C
6. D 16. B 26. C
7. B 17. C 27. B
8. D 18. E 28. A
9. B 19. C 29. E
10. E 20. A 30. C

👉 @Abror_Tuymuradov
Telegramda har bir foydalanuvchi o'zining yagona ID raqamiga ega, buni bilish uchun @myidbot botiga o'tib, /getid buyrug'ini yuborishingiz kifoya.

UPD: @userinfobot orqali ham qilish mumkin ekan.

👉 @Abror_Tuymuradov
Forwarded from ИЦАТ/АТАМ
Барчангизга салом, қадрдон каналимиз аъзолари👋!
Вақтингизни унумли ўтказишни истайсизми? Викторинада билимингизни текширинг ва совғани қўлга киритинг. "Aтом синови #8" онлайн викторинаси айнан сиз учун!

Aтом технологиялари ахборот маркази (AТAМ) барчани викторинага таклиф этади. Викторина
📌29 январь куни, соат 19:00 да бўлиб ўтади.
Викторинада иштирок этиш учун ҳаволага ўтинг 👉 https://play.myquiz.ru/i/275301 ва албатта рўйхатдан ўтинг.

Ушбу викторинада иштирокчиларни аниқ фанлар йўналиши бўйича кўплаб қизиқарли саволлар кутмоқда!

Ғолиблар 2 та талаб бўйича аниқланади:
- тўғри жавоблар сони
-⌛️тезлик
Агар иштирокчиларнинг йиққан баллари тенг бўлса, охирги саволга биринчи жавоб берган иштирокчи ғолиб деб топилади. Иштирокчилар рейтинги автомат тарзда белгиланади ва натижалар викторина тугаши билан эълон қилинади.
Совринлар ўз ғолибларини кутмоқда!
Hozirgi kunlarda ko'p muhokama qilinayotgan ChatGPT ni sinab ko'ringizlar. Agar foydalanib ko'rishga imkon topa olmasangiz. Quyida o'zim sinab ko'rgan 22-dekabrda olingan videoni ko'rishingiz mumkin.

https://youtu.be/DTk8SnJEPeg
#opportunities

Stipendium Hungaricum grant dasturiga hujjat topshirmoqchi bo'lgan O'zbekiston va Turkiya fuqarolari uchun deadline 23-yanvar soat 14:00 (CET) gacha uzaytirilibdi.

Ushbu stipendiya dasturi doirasida O‘zbekiston fuqarolariga 2023/2024-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 170 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.

20 ta o‘rin – bakalavriat;

10 ta o‘rin – bakalavriat magistratura bilan birlashtirilgan, ya’ni hujjatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi, unga magistratura (OTM – One time master) ham kiradi, o‘qish muddati ta’lim yo‘nalishiga qarab 5 yoki 6 yil;

60 ta o‘rin – magistratura;

60 ta o‘rin – doktorantura (PhD);

20 ta o‘rin – Jismoniy tarbiya universitetida o‘qish uchun (Budapesht shahri).

Grantlardan Vengriya universitetlarida qisqa muddatli kurslar uchun ham foydalanish mumkin.

Hujjat topshirish 👉 https://stipendiumhungaricum.hu/apply/

@abror_tuymuradov
Нега Ўзбекистонда ижтимоий фанларга қизиқувчилар кўпроқ? – табиий ва аниқ фанларни қийинлаштираётган сабаблар

Лабораториялар етишмовчилиги, табиий фанлар талаб этиладиган касблар маоши юқори эмаслиги, дарслар қизиқарли ўтилмаслиги, ўқувчилар ўқишга кириш учун ёдлашга ўрганиб қолгани ва бошқа сабаблар кимё, биология, физика, математика каби фанларнинг ўқувчилар учун қийин бўлиб қолишига сабаб бўлмоқда.

👉 https://kun.uz/06610465

Kun.uz расмий канали
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Korrupsiya ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin korrupsiyani eng muhim yomon asoratini ta'rifini aniqlashtirish kerak.

Agar qandaydir davlat ishchisi poraxo‘rlik natijasida xalq puildan 10 so‘m o‘g‘rilik qilsa - korrupsiya deb ataymiz va yomon ko‘ramiz bu ishni.

Lekin bu masalani eng kichik muammosi. Asl muammo shundaki, shu 10 so‘m o‘g‘rilik qila olishi uchun, o‘yin qoidalarini, qonunlarni va muhitni shunday o‘zgartirishadiki, asl iqtisodiy zarar minglab barobar ko‘p bo‘ladi. Ya’ni koshki edi zarar faqat 10 so‘m bo‘libgina qolsa. Eng yomon tarafi, shu 10 so‘mni o‘g‘rilayman deb, 10 ming so‘mli zarar qilishlarini o‘zlari ham bilmaydi, yoki ularga farqi yo‘q. Ko‘pincha aholiga o‘sha 10 so‘mlik o‘g‘rilik xunuk ko‘rinadi, jahli chiqadi. Lekin ko‘rinmaydigan 10 ming so‘mlik zarar umuman muhokamada bo‘lmaydi.
Forwarded from davletovuz
Буюк Британияда 61 та компания 4 кунлик иш ҳафтасини ўз фаолиятида синовдан ўтказди. The Guardian ёзишича, экспериментда иштирок этган ходимлар аҳволи яхшиланган, иш унумдорлиги ҳам ошган ёки камида илгаридек қолган.

Компанияларнинг 56 таси экспериментни давом эттиришни, шу жумладан, 18 таси 4 кунлик иш ҳафтасига тўлиқ ўтишга қарор қилган.

Пилот лойиҳада қатнашган 2900 нафар ходимнинг 5 кунлик иш ҳафтасидек маошлари сақлаб қолинган. Уларнинг 39%и стресслари камайганини, 40%и яхшироқ ухлаганини ҳамда 54%и уй ва иш мажбуриятларини мувозанатга келтиришга муваффақ бўлганини айтган.

Эксперимент натижалари парламентга тақдим этилиши кутилмоқда.
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Туркий элнинг шиддати сўнганга ўхшаётир..."

Нажмиддин Эрматов

📺 "Қақнус"

👉 @mm_telekanal
Forwarded from Botir Ziyatov
⚡️GPT-4 ni GPT-3.5 dan qanday farqlari bor?

1. GPT-4 tasvirlarni koʻrishi va tushunishi mumkin

GPT-3 matn bilan cheklangan edi, ular oʻqish va yozish imkoniyatiga boʻlgan holos.
GPT-4 esa tasvirlarni ham tushinadi.
Yani rasmga qarab unga biror fikr bildira oladi, yoki rasmga qarab kod yozib berishi ham mumkin.

2. GPT-4'ni aldash qiyinroq
Chatbotlar toʻgʻri ishlayotganiga qaramay, ularni osongina alday olishgan.
misol: "yomon AI" nima qilishi yoki "yomon gaplarni" oʻrgatish.
GPT-4 juda koʻp zararli maslahatlar boʻyicha oʻqitilgan.

3. GPT-4 kattaroq xotiraga ega
GPT-3 da katta matnlar bilan ishlagan vaqtda chegara 4096 "token" boʻlgan.
u taxminan 8000 soʻz yoki kitobning taxminan 4-5 sahifasini tashkil qiladi.
GPT-4 tokenlarining maksimal soni 32 768 ni tashkil qiladi.
Bu taxminan 64 000 soʻz yoki 50 sahifali matnni tarjima qiladi.

4. GPT-4 koʻp tillik.
oldinlari ChatBotlar bilan gaplashishda ingliz tilida asosiy boʻlib kelgan.
GPT-4 esa yana 26 ta tilda katta ma'lumotlarini oʻrgatishni boshladi.
bu ingliz tilini bilmaydiganlar uchun ancha doʻstona boʻlishi mumkin.

5. GPT-4 turli xil "hissiyotga" ega
masalan: hamdard tinglovchi rolini oʻz zimmasiga olish yoki xavfli tinglovchi boʻlishi mumkin.

👉 @botirziyatov
Forwarded from Uzb_Meteo
Андроидларда зилзиладан эрта огоҳлантириш тизими қандай ишлайди.

Бу тизим дунё бўйлаб 2 миллиарддан ортиқ андроид телефонлари ичида жойлашган акселерометр ёрдамида доимий тебраниш частоталарини ўлчаб туради.

Агар маълум бир ҳудудда кўпчилик телефонларнинг акселерометридан олинган юқори тебраниш маълумотлари бир хил бўлса, тизим кучли зилзила хавфини "илғаб олади" ва автомат равишда шу яқин атрофдаги телефонларга огоҳлантириш хабари жўнатади.

Албатта, тизимнинг ишлаш тезлиги зилзила вибрацион тўлқин тезлигидан юқори ва қарабсизки, биз реал содир бўлган зилзилани ўзимизга унинг акс садоси етиб келишидан бироз олдинроқ билиб оламиз.

@uzb_meteo
QS World University Rankings by Subject 2023: Physics & Astronomy

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Fizika va Astronomiya fanlari bo'yicha eng kuchli universitetlar qatoridan joy oldi va 501-550-o'rinni egalladi.
Forwarded from Musayev blogi
Absolyut baholash ta'lim tizimi

Irlandiyadagi ta'lim tizimini absolyut baholashga asoslangan deyish mumkin. Ya'ni bu yerda baholashda kimningdir ishi zo'r bo'lmasa ham qolganlardan yaxshiroq bo'lgani baholarni balandroq qo'yilishiga ta'sir o'tkazmaydi. Hattoki darslarga to'liq qatnashish tugul undagi faollik ham yakunda hech narsa bermaydi. O'qituvchi ba'zi hollarda kimning ishini tekshirayotganini ham bilmaydi.

Yakuniy baholar to'liq vazifa yoki imtihonda qanday natija ko'rsatishingizga bog'liq. Albatta hamma faqat bilimiga qarab baholanishi bir tomondan zo'r tuyulishi mumkin. Ayniqsa bizning talabalarga, lekin menimcha bu tizim unchalik ham to'g'ri emas.

Eng birinchi navbatda o'qituvchi robot yoki AI emas, u biror ishni baholashda qanday kriteriaga amal qilishi noma'lum. U to'g'ri yoki kreativ ishga emas o'zi kutgan ishga yuqori baho qo'yadi.

Yakuniy natija faqat imtihon yoki vazifalarga bog'liq bo'lishi o'quvchida darsga qatnashish, unda faol bo'lish xohishini o'ldiradi. Ayniqsa deyarli butun darslarni o'tkazib yuborgan boshqa o'quvchi undan ko'ra ancha baland baho olganini ko'rgandan keyin.

Bu narsa o'qituvchini ham e'tiborli bo'lishga undamaydi. Ya'ni o'qituvchi ham darsda kim bilimi kuchli bo'lmasa ham harakat qilyapti, kim qo'shimcha rag'batga munosib degan savolga javob qidirmaydi.

Va nihoyat bu kabi tizim kreativ va soft skillar kundan kun muhimroq bo'lib borayotgan dunyo talablariga umuman javob bermaydi.

Universitetda bizga dars bergan va dasturlash bo'yicha ham juda ko'pchilik qatori mening ham birinchi ustozim bo'lgan Qudrat Abdurahimov darsda yaxshi gap aytgandi

"Haqiqiy pedagog uchun imtihon bu shunchaki rasmiyatchilik. U imtihongacha o'quvchi bilim va salohiyatini baholab bo'ladi"

Ko
'rib turganinglardek chet elning top reytingli ta'lim tizimlarida ham o'ziga yarasha muammolari yetarli

#irishlife #studentlife

@musayev_blogi
2025/06/30 06:05:19
Back to Top
HTML Embed Code: