5-may kuni Kenni Garrett o‘z guruhi bilan VIII Toshkent xalqaro jaz festivalida chiqish qildi.

Zamonamizning eng taniqli jaz sozandalaridan biri Kenni Garrettning konsertlari – bu shunchaki ko‘ngilochar tomoshalar emas, balki zabardast zavq-shavq va kuchli g‘ayrat-shijoat bilan limmo-lim butunboshli musiqiy spektakllardir. Sahnadan yangragan badiiy asarlarda afro-kubacha ohang, Afrikaga oid an’anaviy taronalar hamda mumtoz jazni betakror tarzda mujassamlashdi.

Kenni o‘z shuhrat pillapoyasining bir necha o‘n yilliklari davomida dunyoning eng zalvarli musiqachilari bilan hamkorlikda ijod qilib, muxlislar e’tiboriga havola qilgan, sanoqsiz mukofotlarni, shu jumladan, musiqa sohasidagi eng nufuzli mukofot hisoblanmish Grammy’ni qo‘lga kiritgan.

• Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda.

Barcha bo‘lajak konsertlarga kirish bepul.

5 мая Кенни Гарретт выступил со своей группой на VIII Международном фестивале джаза в Ташкенте.

Концерты одного из самых значимых джазовых музыкантов современности Кенни Гарретта — это не просто концерты, а целые музыкальные спектакли, наполненные страстью и мощной энергетикой. Прозвучавшие со сцены композиции уникальным образом сочетали афро-кубинские ритмы, традиционные африканские мотивы и классический джаз.

Кенни за десятилетия своей карьеры сотрудничал и выступал с величайшими музыкантами, завоевывал множество наград, включая самую престижную в мире музыки — Grammy.

• Фестиваль проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО.

Вход на все предстоящие концерты свободный.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taniqli saksafonchi Kenni Garrett o‘z guruhi bilan 5-may kuni Toshkentda konsert berdi.

Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan ijro mohir sozandalarning yorqin badihalari bilan ajralib turdi. San’atkorlar o‘z ijodlarida bir vaqtning ozida ham tanish, ham ilg‘or yangraydigan musiqa asarini yaratib, jaz, R&B va Injil hikoyalarini dadillik bilan uyg‘unlashtiradi.

Bugun 6-may kuni VIII Toshkent xalqaro jaz festivali doirasida uch karra Grammy sohibi va jaz arbobi Di Di Brijvoter chiqish qiladi.

• Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi yonidagi maydonda o‘tkaziladi.

Kirish bepul.

Выдающийся саксофонист Кенни Гарретт провел со своей группой концерт 5 мая в Ташкенте.

Эмоциональное выступление отличилось яркими импровизациями музыкантов-виртуозов. Артисты в своем творчестве смело переплетают элементы джаза, R&B и госпела, создавая музыкальное произведение, которое звучит одновременно знакомо и новаторски.

Сегодня, 6 мая, в рамках VIII Международного фестиваля джаза в Ташкенте выступит трехкратная обладательница Grammy, гигант джаза Ди Ди Бриджуотер.

• Мероприятие проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО на площадке около Дворца международных форумов «Узбекистан».

Вход свободный.
2024-yilning 31-may – 1-iyun kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida Xalqaro opera va balet festivalining ochilishi munosabati bilan “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etiladi.

O‘zbekiston milliy baletining spektakli ilk bor 2021-yilda omma e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, o‘sha zahotiyoq tomoshabinlarning olqish va tasannolariga sazovor bo‘lgan. “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet sahnalashtiruvining ilk xalqaro namoyishi Dubai Opera sahnasida boʻlib oʻtib, keyinchalik spektakl Istanbul va Bursa (Turkiya), Dortmund (Germaniya), Parij (Fransiya), Moskva, Sankt-Peterburg (Rossiya) shaharlarida namoyish etildi. Joriy yilda spektaklning ilk namoyishlari Pekindagi Xitoy milliy opera teatri sahnasida hamda Boku, Ozarbayjon davlat akademik musiqiy teatrida bo‘lib o‘tdi.

Raul Raymondo Rebekning ta’sirchan sahnalashtiruvidagi qadimiy xalq raqsi lazgini 31-may – 1-iyun kunlari tomosha qilishingiz mumkin.

Chiptalar iticket.uz’da

31 мая и 1 июня 2024 года на сцене Государственного Академического Большого Театра имени Алишера Навои в Ташкенте пройдут показы балетного спектакля «Лазги. Танец души и любви».

Первая международная премьера балетной постановки «Лазги. Танец души и любви» состоялась на сцене Dubai Opera, в дальнейшем спектакль был показан в Стамбуле и Бурсе (Турция), Дортмунде (Германия), Париже (Франция), Санкт-Петербурге (Россия), Москва (Россия). В этом году премьерные показы спектакля состоялись на сцене Китайского национального оперного театра в Пекине, а также в Государственном академическом музыкальном театре Баку, Азербайджан.

Увидеть древний народный танец лазги в эффектной постановке Рауля Раймондо Ребека можно 31 мая и 1 июня.

Билеты на iticket.uz
7-may kuni Toshkentda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Qatar taraqqiyot jamg‘armasi bosh direktori Xalifa bin Jassim Al-Kuvariy Janobi Oliylari hamda Og‘a Xon Madaniyat jamg‘armasi bosh direktori Luis Monreal o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tarixiy obidalarni restavratsiya qilish, mahalliy restavratorlar va muzey xodimlarining malakasini oshirish hamda me’morchilik sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish markazini tashkil etish
kabi madaniy loyihalar sohasidagi mushtarak sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Mazkur chora-tadbirlar O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosini yanada asrab-avaylashga qaratiladi.

7 мая в Ташкенте прошла трехсторонняя встреча между председателем Фонда развития культуры и искусства Узбекистана, Гаянэ Умеровой с Его Превосходительством господином Халифой бин Джассим Аль-Кувари, генеральным директором Катарского Фонда развития и с генеральным директором фонда Ага Хана по культуре, Луисом Монреалем.

В ходе встречи обсуждалась совместная деятельность в области культурных проектов: реставрация исторических памятников, повышение квалификации отечественных реставраторов и музейных сотрудников, а также создание центра для проведения исследований в области архитектуры.

Эти меры будут направлены на дальнейшее сохранение культурно-исторического наследия Узбекистана.
2024-yilning 7–8-may kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida YUNESKO Osiyo va Tinch okeani havzasi bo‘yicha Jahon xotirasi qo‘mitasining 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashabbus ko‘rsatgan ikki nomzodnoma Osiyo va Tinch okeani havzasining Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritildi.

Jahon xotirasi ro‘yxatidan “Turkiston albomi (1871-1872)” va “Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari (1879-1937)” munosib o‘rin oldi.

Mintaqaviy nominatsiyalarning mazkur Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilishi bebaho hujjatli yodgorliklarni asrab-avaylashga xizmat qiladi.

7 и 8 мая 2024 года в Улан-Баторе, Монголия прошло 10-ое заседание Комитета «Память мира» ЮНЕСКО для Азии и Тихоокеанского региона, на котором 2 номинации Национальной комиссии Республики Узбекистан по делам ЮНЕСКО были включены в реестр «Память мира» Азиатско-Тихоокеанского региона.

В реестр «Память мира» вошли номинация «Туркестанский альбом (1871-1872)» и «Изображения хорезмского оазиса Худайбергана Деванова (1879-1937)».

Внесение региональных номинаций в реестр «Память мира» способствует сохранению ценных документальных памятников.
23-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida YUNESKO jahon san’at arbobi, SSSR xalq artisti Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya milliy filarmonik orkestrining xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.

Taklif etilganlar “Fransiya parchasi” dasturidan bahramand bo‘ladilar. Vladimir Spivakov azal-azaldan fransuz madaniyatining puxta bilimdoni sifatida shuhrat qozongan, endi esa u farang bastakorlarining durdona asarlarining nafis talqini bilan Toshkentda joylashgan musiqa shinavandalarini xushnud etadi.

Mazkur xayriya konserti musiqa va madaniyat muassasalari o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshiriladi.

Kirish taklifnoma asosida.

23 мая на сцене Международного дворца форумов «Узбекистан» состоится благотворительный концерт Национального филармонического оркестра России под руководством народного артиста СССР, Артиста мира ЮНЕСКО Владимира Спивакова.

Приглашенные услышат программу «Уголок Франции». Владимир Спиваков издавна славится как тонкий знаток французской культуры, и теперь он порадует и ташкентских меломанов изысканными интерпретациями шедевров французских композиторов.

Благотворительный концерт для учащихся музыкальных и культурных учреждений пройдет при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана и Благотворительного фонда «Искусство, наука и спорт».

Вход по пригласительным.
9-may – Xotira va qadrlash kuni porloq mahzunlik, chuqur minnatdorlik va iftixor bayrami.

Ushbu unutilmas sana boshimiz uzra osuda osmonni bizga baxsh etgan, ularning sharofati ila xotirjam umrguzaronlik qilish va bu odatiy hol tus olgan neʼmatlardan ham sevina olishni in’om etgan zotlar xotirasini yodda tutish fursatidir! Bizga tinchlik va hamjihatlikda yashash imkoniyatini tuhfa etgan insonlarga nisbatan shukronalik hissini qalblarimizda bezavol saqlaymiz.

Aziz Vatanimizning har bir fuqarosiga yuksalish, farovonlik va tabarruk boshlari uzra oydin va musaffo osmon hamroq bo‘lsin!

9 мая — День Памяти и Почестей, праздник светлой грусти, глубокой благодарности и гордости.

Желаем в эту памятную дату вспомнить о тех, кто подарил нам мирное небо над головой, благодаря кому мы спокойно живем и может радоваться простым вещам! Мы бережно храним в наших сердцах благодарность тем, кто подарил нам возможность жить в мире и согласии.

Желаем жителям нашей дорогой Родины процветания, благополучия и ясного, мирного неба над головой!
2024/05/09 06:12:38
Back to Top
HTML Embed Code: