Telegram Web Link
“Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

🔹Bugun Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

🔹Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hotamov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlikning asosiy vazifalaridan biri ekanligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

🔹Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Seminarda sud, prokuratura va boshqa idoralarning mas’ul xodimlari hamda viloyatda faoliyat yurituvchi advokatlar ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Teman” MFYda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

🔹2025-yil 25-iyun kuni Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi hamda Parkent tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Teman” mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda quyidagi hujjatlar yuzasidan aholiga batafsil tushuntirishlar berildi:
▪️ Prezidentning PQ-1-son qarori (03.01.2025) — mahallalarda xavfsiz muhit va huquqbuzarliklarning oldini olish;
▪️ PQ-133-son qarori (01.04.2025) — yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishni oldini olish;
▪️ Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartish va qo‘shimchalar.

🔹Tadbir davomida jinoyatlarning oldini olish, xususan o‘g‘irlik, firibgarlik, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha suhbatlar, tungi reydlar va profilaktik ishlar muhokama qilindi. Aholiga flayer va bukletlar tarqatildi.

🔹 Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob, shuningdek huquqiy maslahatlar oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Chust tumani hunarmandlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari, hunarmandlar uyushmasi vakili hamda "Chust pichogʻi" hamda "Chust doʻppisi" yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar ishtirok etdi.

Davra suhbatini boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari U. Ismatillayev olib borib, geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatga olingan "Chust pichogʻi" hamda "Chust doʻppisi" geografik ko'rsatkichlarning kontrafakt nusxalari "Uddaburon tadbirkorlar" tomonidan xitoy davlatidan noqonuniy olib kirish holatlari aniqlanmaganligi yuzasidan maʼlumot berdi.

Xususan, "Chust pichogʻi" hamda "Chust doʻppisi"ning kontrafakt nusxalari bojxona chegara postlari orqali olib oʻtilmaganligi, ayrim qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlar tomonidan qayta tayyorlab ichki bozorga taklif qilinayotganligi, mazkur holatni aniqlashda hamkorlik qilish va huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralarini koʻrish orqali huquq egalarining huquqlarini tiklash boʻyicha munozaralarga boy suhbat boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida, bojxona boshqarmasi xodimlari roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgilarini bojxona reyestriga kiritish tartibi va kontrafakt mahsulot aniqlangan holatda hal etishning huquqiy tartibi haqida tushuncha berib oʻtishdi.

Davra suhbati yakunida hunarmandlar tomonidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirib, minnatdorchilik bildirishdi va qonunbuzilish holati yuzasidan belgilangan tartibda murojaat qilinishini maʼlum qilishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2025/07/01 10:40:32
Back to Top
HTML Embed Code: