Telegram Web Link
✈️Safar nufuzi faqat manzilda emas — nomda ham. Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan turizm brendlari bilan tanishing!

Brend — kompaniya nufuzi va ishonchi. U xizmat sifati haqida gapirib, mijoz e’tiborini tortadi. Ayniqsa nom jarangdor bo‘lsa, sizning xizmatlaringiz bozorda boshqalardan ajralib turadi.

Yuqoridagi rasmda “Central Tur”, “Asialuxe Travel”, “Prestige Travel” kabi brendlarni ko‘rishingiz mumkin.

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish sayohat brendingizni himoya qiladi va biznesni kengaytirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratadi.

❗️Unutmang: tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Xalqaro darajadagi huquqshunos bo‘lishni istaysizmi?

🌍 5-25-noyabr kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida
“Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusida professional o‘qitish kurslari tashkil etiladi!

Bu kurs — xalqaro miqyosda tan olingan yuridik bilimlarni chuqur o‘rganish imkoniyati.

📚 Kurs doirasida siz:
⚖️ Xalqaro shartnoma huquqining amaliy jihatlarini;
💼 Investitsiya kelishuvlarining zamonaviy tahlil usullarini;
🤝 Nizolarni hal etishning ADR mexanizmlarini;
🌐 Jahon savdo tashkiloti huquqini;
🏗 Davlat-xususiy sherikchiligi masalalarini chuqur o‘rganasiz.

👨‍💼 Mashg‘ulotlar “White & Case”, “Foley Hoag”, "Squire Patton Boggs" , “Curtis”, “Mayer Brown”, “CMS”, “Baker Botts” kabi jahon miqyosidagi yuridik firmalar mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

🗣 Mashg‘ulotlar sinxron tarjima asosida — o‘zbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi.

🎖 Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga Adliya vazirligi tomonidan xalqaro sertifikat beriladi.
✈️ Eng faol bitiruvchilar esa xorijda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi!

🔥 Biz siz uchun — xalqaro huquq maydoniga chiqish imkoniyatini yaratdik!
Joylar soni cheklangan.

📅 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
📍 Institut manzili: Xamal ko‘chasi 29v
📞 Aloqa uchun: +99871 200-02-35
+99899 937-04-33

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Adliya_aralashgach

❗️Tadbirkorning 263 mln soʻm pullari qarzdordan undirib berildi

Bugungi kunda adliya organlari xususiy mulk huquqining har qanday buzilishlarini bartaraf etish, yetkazilgan zararni undirish va tadbirkorlarning faoliyatini himoya qilish borasida davlatimizning ishonchli vakiliga aylanib bormoqda.

Fargʻona shahar adliya boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan murojaatga koʻra, “Baraka fayz invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Fargʻona viloyati hokimligi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi oʻrtasida tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq “Baraka fayz invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati tegishli qurilish ishlarini bajargan. Buyurtmachi — Fargʻona viloyati hokimligi esa “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va xizmat haqini toʻlashi lozimligiga qaramasdan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamaganligi oydinlashdi.

Adliya boʻlimi tadbirkor “Baraka fayz invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudiga qarzdorlikni undirish yuzasidan daʼvo arizasi kiritdi. Sudda tadbirkor manfaati himoya qilingan holda “Baraka fayz invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati foydasiga 263 mln 257 ming soʻm miqdoridagi qarzdorlik undirilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2👍1👏1
❗️Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyati va Toshkent shahrida bo'ldi.

🔹 Ishchi guruh tomonidan adliya bo‘limlari, yuridik xizmatlari va davlat xizmatlari markazlari ish jarayonini o‘rganildi.

🔹 FHDY bo‘limlarida fuqarolarga yaratilgan qulayliklar va afzalliklar o‘rganildi.

🔹 Shuningdek, nikohni tantanali qayd etish xizmati faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu yangi xizmat aholiga yanada estetik, zamonaviy va qulay sharoitda marosim o‘tkazish imkonini bermoqda.

🔹 Tadbir yakunida xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xizmatlar sifati, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1👏1
#Adliya_xabari

📣 Adliya vaziri o‘rinbosari M. Istamov X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyat hududiy bo'limi faoliyati bilan tanishdi.

🔰 Vazir o'rinbosari  X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyat hududiy bo'limi ekspertlik yo’nalishlarini tegishli minimal talablarga mos ravishda zarur asbob-uskuna  va boshqa jihozlar bilan ta’minlanganlik holati o'rganildi.

Shuningdek, Markaz xodimlari tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar, ish faoliyatida mavjud kamchiliklar o'rganilib, takliflar va fikr-mulohazalar tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🇺🇿🤝🏻🇩🇪Adliya vaziri Akbar Tashkulov hamda Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining adliya va iste’molchilar huquqlarini huquqiy himoya qilish qo‘mitasi raisi Carsten Muller boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

🔹Adliya vaziri A.Tashkulov delegatsiya vakillariga Adliya vazirligining vazifa va funksiyalari hamda soʻngi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida, xususan, raqamli adliya, sun’iy intellekt asosidagi “LexAI” haqida soʻzlab berdi.

▪️Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan yaqindan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi, Yevropa Ittifoqining “TWINNING” loyihasi doirasida milliy qonunchilik bazasini tizimlashtirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidlab o‘tildi.

🔸Carsten Muller, oʻz navbatida adliya va huquq sohasida Oʻzbekistonda soʻngi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi. Shu oʻrinda, aholiga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimiga qiziqish bildirdi.

🔻Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiyaxborot portali ishga tushirilganligi, mazkur portal orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat olishlari uchun imkoniyat yaratilgan.


🔹Uchrashuv davomida, Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik toʻgʻrisida Qoʻshma deklaratsiya imzolanganligi hamda mazkur hujjat doirasida inson huquqlari, normaijodkorligi, raqamlashtirish, korrupsiyaga qarshi ekspertiza, yuvenal yustitsiya, intellektual mulk himoyasi, arbitraj, oilaviy va fuqarolik ishlarida huquqiy yordam to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilish imkoni yaratilganligi qayd etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2025/11/01 03:18:57
Back to Top
HTML Embed Code: