#adliya_xabari
Korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda advokatlarning o'rni
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda advokatlarning o'rni” mavzusida amaliy-seminar o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hotamov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida vazirlik tizimida olib borilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi.
Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo'yicha amalda tatbiq etilayotgan choralar hamda mazkur yo'nalishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida ularning faoliyati o'rganildi.
O'rganish doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, sohani takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflarni ko'rib chiqish maqsadida Markazlar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Kun tartibining birinchi qismida "E-huquqshunos" elektron tizimini raqamlashtirishda erishilgan ijobiy yutuqlar to'g'risida ma'lumot berildi.
Shundan so'ng sohani takomillashtirish yuzasidan Ko'kdala, Chiroqchi, Qamashi, Qarshi tuman Markaz xodimlarining takliflari tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq qilish rejasi belgilab olindi.
Seminar davomida hujjat loyihalarini yuridik ekspertizadan o'tkazishda yagona huquqni qo'llash amaliyotini joriy etish, tashkilotlar "E-huquqshunos" elektron tizimi bilan ishlashga mas'ul xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishda Markazlarning ishtirokini kengaytirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi.

🔹Bugun, 28-iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida O‘zbekiston Nogironlar jamiyati bilan birgalikda hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi va Mirabror Usmanov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi homiyligida “Maftunkor ranglar jiloasi” VII resbulika tanlovida rasm chizish va shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.
🔹 Respublika bosqichida 7-17 yoshdagi 28 nafar yosh iste’dod egalari ishtirok etdi. Bolalar yorqin bo‘yoqlar orqali orzu-umidlarini ifoda etishdi.
🔹 Shu bilan birga, shaxmat musobaqasi ham o‘tkazilib, alohida ehtiyojli bolalar o‘z strategik tafakkurini sinovdan o‘tkazdi.
🔹 Tadbir doirasida bolalar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi va ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
🔹 Loyiha nafaqat bolalarning salohiyatini namoyon etishga, balki jamiyatda inklyuzivlik va teng imkoniyatlar muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🔹 Ma’lumot uchun: “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM