Telegram Web Link
Talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” bo‘yicha “Rektor kubogi” ning 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlar orasida rivojlantirish va targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilib, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 24-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” bo‘yicha “Rektor kubogi” turniri o'tkazildi.

Liga tarzida tashkil etilgan mazkur o‘yinda jami 27 ta jamoa ishtirok etdi.

Institutda tahsil olayotgan talaba yoshlarning aql va zehnini yanada o‘tkirlashtirish, bilim va salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali tashkil etish, intellektual salohiyatini yanada yuksaltirib borish maqsadida o‘tkazilgan o‘yinning har bir turida qiziqarli va mantiqiy savollar berildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur turnir 10 turdan iborat bo'lib, yakunda eng ko'p ball to'plagan jamoa musobaqa g'olibi sifatida "Rektor kubogi"ga ega chiqadi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar o'rtasida "Zakovat" bo'yicha o'tkazilayotgan "Rektor kubogi" musobaqalarining 2-tur natijalari va turnir jadvali

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-sonli qarorlari hamda vazirlikning 2024-yil 3-apreldagi 03/51/02-02/19-181-son va 03/51/02-02/19-183-sonli xatlarida Andijon davlat pedagogika institutida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli fan olimdiadasi o‘tkazishi va I-II-III-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilish belgilangan.

Yuqoridagi qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 26-aprel kuni soat 10:00 da Andijon davlat pedagogika institutida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan ko‘p bosqichli olimpiadaning viloyat bosqichi o‘tkaziladi.

Mazkur olimpiadada 16 ta tuman (shahar) bosqichida 1-2-3 o'rinni egallagan jami 144 nafar o'quvchi ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz,
mazkur olimpiadada I-II-III-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_70yilligi

Burchak-burchakda jim tortishar burun,
Bilmam, qanday o'y-u xayol ichida.
Tuzsiz she'rlarim deb shirindan-shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida...


Muhammad Yusuf

Andijon farzandi, shoir Muhammad Yusuf xotirasiga bagʻishlanadi.

© Intellektual loyihalar koordinatori Mehruz Mahmudov

Bizning sahifamiz:
Telegram | • @adpiyoshlari
#Koordinatorlar_faoliyati

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Bilasizmi? Biz bilgan adiblar" aksiyasi o'tkazildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mutolaa” jamoasidan menga kreativ taklifnoma keldi. 

Sun’iy idrok orqali tayyorlangan bo‘lsa-da, jadidlar otasi Behbudiyning o‘tli so‘zlari, tilaklari, loyiha taqdimotiga chorlovini tinglash shunchaki ajoyib. Men jamoaning kitobxonlikka yangicha yondashayotganidan, milliy tariximiz, qadriyatlarimizni zamon bilan uyg‘un ko‘rayotganlaridan xursandman.

Loyihaning teatrlashtirilgan taqdimoti hamda “Qo‘rqma” filmi premyerasini Youtube sahifamiz orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin. Yana bir ajoyib loyiha barchamizga muborak bo'lsin!

Taqdimot va premyera 27-aprel, 18:00:https://youtube.com/@mutolaafilms?si=aWI_rt6F22u_R2ot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

O’qima uqi, eshitma tingla!

😊 Ayni daqiqalarda Yoshlar ijod saroyida “Mutolaa” loyihasining keng ko‘lamli taqdimoti va “Qo‘rqma” filmi premyerasi bo’lib o’tmoqda.

Onlayn shaklda oʻtayotgan taqdimotda Andijon davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etmoqdalar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Temur Poyonov️️ (T P)
Assalomu alaykum hurmatli OTMning yoshlar yetakchilari va kordinatorlari!

Kimda OTMlarda o'tkaziladigan loyiha va taqdimotlar bor? Qanaqa fikrlaringiz bo'lsa yozib qoldiring, oliy ta'lim muassasalarida qanaqa, tadbir va loyihalar o'tkazilishini istardingiz, tizimli ravishda Respublika miqyosida eng zo'r 10 loyihani tanlab olamiz!
🤚 🟩🟩🟩

🏛 Andijon davlat pedagogika institutida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida start olgan “Zakovat” bo‘yicha “Rektor kubogi”ning navbatdagi tur o'yinlari o'tkaziladi.

3-tur o'yinlari joriy yilning 1-may kuni soat 11:30da Yoshlar saroyida bo'lib o'tadi.

Barcha bilimdonlarni kutib qolamiz.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/29 11:39:33
Back to Top
HTML Embed Code: