Telegram Web Link
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
Andijon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Muhammadjon Parpiyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi Shoxruxbek Abdusamatov, 30 yoshgacha bo‘lgan ishchi-xodimlar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Andijon davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2024–2025 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Student Quiz”, “Rektor kubogi” kabi ko‘plab loyihalar doirasida erishilgan yutuqlar haqida institut yoshlar yetakchisi Furqatbek Nodirbekov tomonidan hisobot taqdimoti o‘qib eshittirildi.

Tinglovlardan so‘ng ochiq ovoz berish yo‘li bilan Furqatbek Nodirbekov yana 2 yillik muddatga Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi – yoshlar yetakchisi lavozimiga qayta saylandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Yoshlar Kengashining yangi a’zolari tasdiqlandi hamda ularga ishonch yorliqlari topshirildi. Tadbir yakunida Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha yangi vazifalar belgilab olindi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🏛🇺🇿  Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida jamoatchilik asosida tashkil etilgan "QALQON" jamoasi a'zolari bilan tanishing.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
👍741🔥1👏1😍1
Live stream started
Live stream finished (56 minutes)
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
“Discovering Psychology through English” seminar-treningi bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat pedagogika institutida Pedagogika va psixologiya kafedrasi hamda Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi hamkorligida “Discovering Psychology through English: A Methodical Approach” nomli seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda talabalarga psixologiya fanini ingliz tilida qiziqarli va interaktiv usullar orqali o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Eng e’tiborlisi, seminarni 1-bosqichning ikki nafar iqtidorli talabalari o‘z tashabbusi bilan tashkil etib, yuqori saviyada olib bordilar.

Seminar talabalarning ingliz tili, psixologiya va zamonaviy metodik yondashuvlar bo‘yicha bilimlarini boyitdi hamda erkin fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamladi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😘2🥰1🤩1😍1🏆1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Andijon davlat pedagogika institutida “Zakovat” bo‘yicha “Yoshlar ligasi” kuzgi mavsumiga start berildi


🏆 Andijon davlat pedagogika institutida iqtidorli yoshlarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Yoshlar ligasi”ning kuzgi mavsumi start olmoqda.

Mazkur loyihaning maqsadi — talaba-yoshlar o‘rtasida intellektual muhitni shakllantirish, ularning bilim doirasini kengaytirish, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.


🏆 Tanlovning 1-turi joriy yilning 15-oktyabr kuni soat 11:00 da “Yoshlar saroyi”da bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etishni istagan talabalar 6 kishidan iborat jamoa shakllantirishi va quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim:
👉 https://forms.gle/hzZNRzqBo61L7eEC9

❗️Ro‘yxatdan o‘tish 13-oktyabr kuni soat 16:00 gacha davom etadi.


🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
👍2🤩21🔥1🥰1
ADPI VA ADTI O'RTASIDA DO'STLIK UCHRASHUVI!

Joriy yilning 9-oktyabr kuni
Andijon davlat texnika institutida "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" shiori ostida "Plastik mahsulotlarni butunlay taqiqlash kerak" mavzusida
"Munozara" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
🔉 Ushbu o‘yinda Andijon davlat pedagogika institutining "Tanlanganlar" va Andijon davlat texnika institutining "Forsight" jamoalari o‘zaro bahs olib bordilar.

👥"Munozara" oʻyinida institutimizning “the best spikerlari” — Nurmuhammedova Sohiba, Shaxobiddinova Aziza hamda Madina Soataliyevalar
yuqori saviyada ishtirok etdilar.


Ushbu do‘stlik uchrashuvi talaba-yoshlarga
"Munozara" intellektual o‘yini haqida to‘laqonli tushuncha berdi.🎬
So'nggi yangiliklarni biz bilan kuzatishda davom eting! 📢
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
6🔥2👏2😘21🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILM OLISHGA HECH QACHON KECH EMAS!

Institutimizning faxriy talabasi — “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni🏅 sohibasi 𝑭𝒂𝒓𝒊𝒅𝒂𝒙𝒐𝒏 𝑯𝒐𝒔𝒉𝒊𝒎𝒐𝒗𝒂 bilan qisqacha intervyu oʻtkazdik.🎬

Ibrat olsa arzigulik bu qahramon ayolning hayot yoʻli barchamizga ilhom baxsh etadi. Videoni koʻrib, bunga guvoh bo'lasiz.
👏85🥰21🔥1🕊1😍1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Videoni faqat qizlar ko‘rsin. 🤫
Baxtli kelajak sari hoziroq ilk qadamni tashlang!
Ushbu video 11-oktabr  “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati tomonidan, talabalarining baxtli kelajagini ta’minlash maqsadida tayyorlandi.
🚀 Videoni hayotidan zavq olib yashashini istagan tanishingizga yuborib qo‘ying!
12❤‍🔥6🥰42👍2🔥2🕊2😍2🏆2👏1🤩1
#ДИҚҚАТ_ЭЪЛОН

📣 Аёллар учун ҳарбий хизмат имконияти!

❗️Миллий гвардиянинг Андижон вилояти бўйича бошқармаси бўлинмаларидаги бўш лавозимларга аёллар (қизлар)ни ҳарбий хизматга қабул қилиш юзасидан танлов эълон қилади!

🔰 Номзодларга қўйилган талаблар:
Маълумоти: ўрта, ўрта-махсус ёки олий
Жинси: аёл
Бўйи: 185 см ва ундан баланд
Ёши: 25 ёшгача

🪪  Номзодлар шахсини тасдиқловчи ҳужжатлари билан Миллий гвардия кадрлар бўлимига бевосита мурожаат қилишлари сўралади.
14👍1🔥1🥰1
KINO KECHASIGA MARHAMAT

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti tomonidan talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar uchun "Kino kechalari" oʻtkaziladi.

📺 "Kino kechasi" bugun, 13-oktabr kuni soat 19:00 da institut "Yoshlar saroyi"da boʻlib oʻtadi.

🗣 Barchangizni ushbu "Kino kechasi"da kutib qolamiz. Albatta keling......
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🎬 "Kino kechasi" soat 19:00 da institut "Yoshlar saroyi"da boʻlib oʻtadi.

💥O'tkazib yubormang❗️

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🥰21🔥1👏1🤩1
2025/10/25 18:13:38
Back to Top
HTML Embed Code: