Telegram Web Link
1️⃣2️⃣3️⃣

👨‍🏫 Andijon davlat universitetida professor-o‘qituvchilar tomonidan “Ma’rifat darslari” muntazam olib borilmoqda

Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarga bilim va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni, siyosiy bilimlarini mustahkamlash, ta’lim tizimi oldidagi dolzarb vazifalar hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yosh avlod ongiga singdirish maqsadida “Ma’rifat darslari”ni belgilangan dars jadvali asosida tizimli ravishda olib bormoqda.

Mazkur darslar doirasida yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, mamlakatimizda yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilm-fanga qiziqishni oshirish hamda komil inson sifatida shakllanishning ahamiyati haqida universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan ma'lumotlar berilib, ilm olishning zarurligi va o‘z ustida doimiy ishlashning muhimligi ta’kidlandi.

“Ma’rifat darslari” nafaqat bilim olish, balki yoshlarda vatanparvarlik, mas’uliyat va ijodkorlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu tashabbus orqali talabalar o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, global raqobatbardoshlik sharoitida o‘z o‘rnini topish hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishga chorlanmoqda.


🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

👨‍🏫 В Андижанском государственном университете профессорами и преподавателями регулярно проводятся «Уроки просвещения»

Профессорско-преподавательский состав Андижанского государственного университета систематически проводит «Уроки просвещения» согласно установленному расписанию с целью разъяснения студенческой молодежи важной роли знаний и просвещения в развитии общества, укрепления их политических знаний, решения актуальных задач, стоящих перед системой образования, а также сохранения и внедрения национальных ценностей в сознание молодого поколения.

В рамках этих занятий опытные профессора и преподаватели университета предоставили информацию о широких возможностях, создаваемых для молодежи в нашей стране, реформах, проводимых нашим Президентом в нашей стране, развитии культуры чтения, повышении интереса к науке и важности становления всесторонне развитой личностью, подчеркнув необходимость получения знаний и важность постоянной работы над собой.

«Уроки просвещения» служат не только получению знаний, но и формированию у молодежи чувства патриотизма, ответственности и творчества. Благодаря этой инициативе студенты призываются реализовать свой потенциал, найти свое место в условиях глобальной конкурентоспособности и внести достойный вклад в развитие общества.


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥1👍1👏1
🟦🟦🟦🟦

📆 Bugun 31-oktyabr, juma.

🌏 Butunjahon shaharlar kuni.
🌏 Xalqaro iqtisodiyot kuni. (BMT tomonidan koʻrsatilgan 1989).
🇮🇳 Hindiston - Milliy birlik kuni.
🇲🇾 Malayziya - Bolalarni himoya qilish kuni.

Tarixiy voqealar:

📚 1892-yil - Artur Konan Doyl “Sherlok Xolms haqida hikoyalar” asarini yozib tugatdi.
🗽 2018-yil - Hindistonda sayyoradagi eng baland haykal - Birlik haykali ochildi.
1951-yil - Londonda birinchi zebra ko‘rinishidagi piyodalar o'tish joyi paydo bo'ldi.
🌎 2011-yil - Yerning aholisi 7 milliarddan oshdi.

🎊 Tavallud ayyomlar:

🤵🏻‍♂️ 1922-yil 31-oktyabr - rus sovet aktyori, SSSR Xalq artisti Anatoliy Papanov.
🧑🏻‍🔬 1925-yil 31-oktyabr - ingliz kimyogari va matematigi, Nobel mukofoti sohibi Jon Pool.
🤵🏻‍♀️ 1944-yil 31-oktyabr - taniqli raqs ustasi Yulduz Ismatova.
🧑🏻‍💼 1964-yil 31-oktyabr - gollandiyalik futbolchi, “Oltin toʻp” sohibi Marko Van Basten.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥2🔥1🎉11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

🎓 Go‘zallik va o‘zlik: Andijon davlat universiteti talabalari milliy liboslarda

Andijon davlat universitetida “Milliy liboslar kuni” ko‘tarinki ruhda nishonlanib, talabalar rang-barang atlas va adras, bejirim do‘ppi hamda nafis milliy aksessuarlar bilan milliy qadriyatlarimizni, go‘zallik va o‘zlikni ifoda etishdi.

🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🎓 Красота и самобытность: студенты Андижанского государственного университета в национальных костюмах

В Андижанском государственном университете в приподнятом настроении отмечался «День национальной одежды», студенты выразили наши национальные ценности, красоту и самобытность красочными атласами и адрасами, изящными тюбетейками и изысканными национальными аксессуарами.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2❤‍🔥1🥰1👏11
1️⃣1️⃣1️⃣

🏃 “Silk Road – Andijon”: 22–23-noyabr kunlari xalqaro yugurish marafoni Andijonda o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida 2025-yil 22–23-noyabr kunlari Andijon shahrida “Silk Road – Andijon” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqa dasturida ishtirokchilar uchun turli toifadagi masofalar belgilangan. Havaskorlar 3 km, yarim professional yuguruvchilar 10 km, professional sportchilar esa 21 km (yarim marafon) masofada bellashadilar.

Ishtirokchilar musobaqada qatnashish uchun Markaziy Osiyo Yugurish va Yurish Akademiyasining onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tadilar (www.silkroadrun.uz
— sayt manzili shartli bo‘lib, haqiqiy havola tashkilotchilar tomonidan belgilanadi).

Barcha andijonliklar va sport ixlosmandlarini “Silk Road – Andijon” yugurish marafonida sog‘lom hayot sari birgalikda qadam tashlashga chorlaymiz!


🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🏃«Silk Road - Андижан»: 22-23 ноября в Андижане пройдет международный беговой марафон

В соответствии с постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан в целях дальнейшего развития физической культуры и спорта, широкой пропаганды здорового образа жизни и повышения интереса молодежи к спорту 22-23 ноября 2025 года в городе Андижане пройдет международный массовый забег «Silk Road - Андижан.»

В программе соревнований для участников установлены различные категории дистанций. Любители соревнуются на дистанции 3 км, полупрофессиональные бегуны - 10 км, а профессиональные спортсмены - 21 км (полумарафон).

Для участия в соревнованиях участники регистрируются через онлайн-платформу Академии бега и ходьбы Центральной Азии (www.silkroadrun.uz - адрес сайта является условным, а реальная ссылка устанавливается организаторами).

Приглашаем всех андижанцев и любителей спорта вместе шагнуть к здоровой жизни в беговом марафоне «Silk Road - Андижан»!


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11🔥1
🟦🟦🟦

🖌Sen orzularingni himoya qilmasang, kimdir ularni o‘g‘irlaydi.

Nelson Mandela


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_boʻling!

Giyohvandlikning oxiri o‘lim!
———
Гиёҳвандликнинг охири ўлим!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
2❤‍🔥11🔥1
🟦🟦🟦

🇺🇿🟢37-maktab o‘quvchilari “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida Andijon davlat universitetida bo‘lishdi

Bugun, 31-oktyabr kuni, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga ongli va puxta tayyorgarlik bilan yo‘naltirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida Andijon shahar 37-umumta’lim maktabining bitiruvchi o‘quvchilari Andijon davlat universitetida bo‘ldilar.

Tashrif davomida o‘quvchilarni universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Bexzodbek Axmedov kutib olib, mehmonlarga universitetning faoliyati, ta’lim jarayonida joriy etilayotgan innovatsion yondashuvlar, shuningdek, zamonaviy sharoitlar, laboratoriyalar va o‘quv auditoriyalari bilan tanishtirdi.

Ekskursiya davomida bitiruvchi o‘quvchilar fakultetlar faoliyati, kutubxona, turli fan laboratoriyalari va sport maydonlari bilan yaqindan tanishib, o‘quv jarayonining interaktiv usullar asosida olib borilishini hamda talabalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlarni ko‘rdilar. Shuningdek, universitet rahbariyati maktab kutubxonasi uchun o‘quv adabiyotlarini sovg‘a qildi.

Mazkur uchrashuvlar o‘quvchi-yoshlarni oliy ta’limga jalb qilish, universitet imkoniyatlarini tanishtirish va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlar haqida ma’lumot berishda katta ahamiyatga ega.


🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇷🇺🟢Ученики школы №37 посетили Андижанский государственный университет в рамках мероприятия «День открытых дверей»

Сегодня, 31 октября, по инициативе хокима области Шухратбека Абдурахманова было организовано мероприятие «День открытых дверей» с целью повышения интереса учащейся молодежи к высшим учебным заведениям и направления их к будущей профессиональной деятельности с осознанной и тщательной подготовкой. В рамках мероприятия выпускники общеобразовательной школы №37 города Андижана посетили Андижанский государственный университет.

В ходе визита студентов встретил проректор по учебной работе университета Бехзодбек Ахмедов, который ознакомил гостей с деятельностью университета, инновационными подходами, внедряемыми в образовательный процесс, а также современными условиями, лабораториями и учебными аудиториями.

В ходе экскурсии выпускники ознакомились с деятельностью факультетов, библиотекой, различными научными лабораториями и спортивными площадками, увидели, что учебный процесс проводится на основе интерактивных методов, а также широкие возможности, созданные для студентов. Кроме того, руководство университета подарило школьной библиотеке учебную литературу.

Эти встречи имеют большое значение для привлечения учащейся молодежи к высшему образованию, ознакомления с возможностями университета и предоставления информации о будущих профессиональных направлениях.


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥1
2025/10/31 09:06:49
Back to Top
HTML Embed Code: