Telegram Web Link
🟨🟨🟨 🟥🟥🟥

Assalomu alaykum, qadrli talabalar hamda aziz yoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Ushbu bayramni sizlar bilan birgalikda katta shodu- hurramlik bilan o‘tkazayotgan ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizni samimiy qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Biz ta'lim dargohimizda qanday yutuqlarga erishmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingizga suyanamiz. Barchangizga ma’lumki, ta'lim muassasamiz oldiga ulkan marralar qo‘yilgan. Bularning barchasiga siz kabi yoshlarning shijoati bilan erishamiz.

Barchangizni yana bir bor chin yurakdan tabriklab, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-totuvlik, baxtli kelajak, o‘qish va ishlaringizda omad va zafarlar tilayman!

Baxtiyorjon Bakirovich Akbaraliyev Andijon davlat universiteti rektori

👍 rektorning telegram sahifasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤‍🔥2👏1
🟦🟦🟦🟦 🟦🟦

🎓 To‘lakov Nurilla Qosimovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Bugun, 30-iyun kuni Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishida Nurilla Qosimovich “Ferrotsenkarbon va aminobenzoy kislotalar asosida biologik faol birikmalar olish hamda ularni sinflash” mavzusida 02.00.09 – Tovarlar kimyosi ixtisosligidan kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o'tkazildi.

Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.

Kengash aʼzolarining bergan ovozlar natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100% maʼqullandi va Nurilla To'lakov kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

🎗 Jamoamiz nomidan To‘lakov Nurilla Qosimovichni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!

👏 Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍254❤‍🔥4👏3🎉3🏆1
Forwarded from Edu.uz
#Prezident_YoshlarUchrashuvi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.


Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

“Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.

Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azmu shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.

Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”,

- dedi Prezidentimiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤‍🔥21👏1
Forwarded from Edu.uz
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
4❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
Tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat

Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.

“Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi.

Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”,

— dedi Prezident.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤‍🔥2👍1
Forwarded from Edu.uz
Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.

Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤‍🔥21👍1
Forwarded from Edu.uz
Endi, yoshlar yetakchilari maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak

Uchrashuvda mahallalarda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligi qayd etildi.

“Albatta, yoshlarning tilini yoshlar tushunadi, ular bir-biridan o‘rnak oladi, bir-biriga motivatsiya beradi.

Shu bois, 9 mingdan ziyod mahallada yoshlar yetakchilarini tayinladik. Ular uch yil davomida ko‘p narsani o‘rgandi, yetarli tajriba orttirdi.

Endi, ular maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak”,

— dedi Prezident.

Shu o‘rinda davlatimiz rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi:

“Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq.

Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar ko‘proq qayg‘urishingiz lozim”.


#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤‍🔥2👏1
Forwarded from Edu.uz
Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!

Respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. So‘nggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirishga chaqirdi, buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi.

Viloyat, tuman hokimlari har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, sog‘ligi, o‘qishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ular yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yib, maktab, oliygoh, o‘quv va kasb markazlari, tadbirkorlarni boshini qovushtirib, yoshlarga ko‘maklashadigan tizim qilsa, albatta natija bo‘lishi ta’kidlandi.

“Bu ishlar “kampaniyabozlik” bo‘lmasligi, o‘zgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur.

Ana shunda Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!”,

— dedi Prezidentimiz.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤‍🔥21👏1
Forwarded from Edu.uz
Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi

“Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.

Yaqinda “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

Eng avvalo, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3❤‍🔥1👍1
Forwarded from Edu.uz
“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushiriladi

Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3❤‍🔥1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚖️O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”-Manba: (O‘RQ-1069-son 16.06.2025-y.)
https://lex.uz/uz/docs/-7577420

⚖️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.

“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”- Manba: (362-son 12.06.2025-y.)
https://lex.uz/uz/docs/-7571945

⚖️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.

“O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”- Manba: (369-son 17.06.2025-y.)
https://lex.uz/uz/docs/-7577924

⚖️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.

“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”- Manba: (378-son 18.06.2025-y.)
https://lex.uz/uz/pdfs/7581594

⚖️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.

“Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”- Manba: (374-son 18.06.2025-y.)
https://lex.uz/uz/docs/-7578915

⏭️Kanalga ulanish:
https://www.tg-me.com/MotabarxonSodikova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52❤‍🔥1👍1🔥1😁1🎉1👌1💯1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Bugun, 30-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan psixolog Otabek Muxtorov ishtirokida “Yozni mazmunli o‘tkazish va yoshlik shijoati" mavzusida maxsus psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Trening davomida talaba-yoshlarning oliygoh va jamiyatdagi o‘rni hamda mas’uliyati alohida ta’kidlandi. “Ona yurtga sadoqat”, “Baxtni his etish” va “Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish” kabi mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘ziga ishonch va motivatsiyani oshirishga xizmat qiluvchi psixokorreksion usullar namoyish etildi.

Shuningdek, treningda faollik ko‘rsatib, o‘z fikr va g‘oyalari bilan ajralib turgan talabalar maxsus diplom hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir yoshlar qalbida ilhom, o‘z ustida ishlash va yangi maqsadlarga intilish ruhini uyg‘otdi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤‍🔥53🔥21👏1😁1
2025/07/10 15:46:06
Back to Top
HTML Embed Code: