Telegram Web Link
🟥🟥🟥

🎗Bugun, 2-iyul Andijon davlat universiteti Xo'jalik bo‘limi boshlig‘i Mamajonov Ulugʻbek Ibragimovichning tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan Ulugʻbek Ibragimovichni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini tilab qolamiz!

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉10👍54❤‍🔥3🏆21🔥1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

"Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilayotgan amaliy tashabbus

Andijon davlat universitetida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning jismoniy salohiyatini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida turli sport yo‘nalishlaridagi to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Bugun, 2-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida talaba-yoshlar futbol, voleybol, boks hamda yengil atletika sport turlari bo‘yicha faol qatnashib, jismoniy salohiyatini oshirish, sport texnikasini takomillashtirish va sog‘lom raqobat muhitida o‘z mahoratini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu sport tadbirlari nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, balki ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish, sport orqali ijtimoiy faolliklarini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Shuningdek, bunday tashabbuslar jamiyatda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11🔥1👌1🏆11
☺️☺️☺️☺️

🇺🇿 Gerblar ilk bor qadimgi davrlarda paydo bo'lgan. G'arbiy Yevropada salib yurishlari davrida, ya'ni 11-12-asrlarda urug', merosxo'rlik belgilari sifatida keng tarqalgan. Gerblarni o'rganuvchi tarixning yordamchi fani bo'lgan geraldika esa XIX asrning ikkinchi yarmidan shakllangan.

Qadimgi dunyoda gerblarga o'xshash belgilar turli madaniyatlarda uchragan. Masalan, Yunoniston va Rimda tangalar, muhrlar va boshqa buyumlarda ramziy belgilar qo'llanilgan. O'rta asrlarda esa, gerblar ritsar va zodagonlarning ramzi sifatida keng tarqalgan.

O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi esa 1992-yil 2-iyulda Oliy Kengashning 10-sessiyasida tasdiqlangan. Demak, gerblarning tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi va ularning shakllanishi turli davrlarda, turli xil madaniyatlarda sodir bo'lgan.

Ma’lumot o‘rinda, dastlabki gerblar antik davrda paydo bo‘lgan. Misol uchun, qadimgi Shumer davlati va Rim imperiyasi ramzida burgut tasvirlangan.

Amir Temir davlatining ham gerbi mavjud bo‘lib unda 3 halqa tasvirlangan. Bu Amir Temurning 3 iqlimda, ya’ni Shimol, Janub va G‘arbda hukmron ekaniga ishoradir.

O‘rta asrlarga kelib ko‘pgina shaharlar o‘z gerbiga ega bo‘lgan. Keyinchalik bayroqlarda, qog‘oz pullarda, muhrlarda, qog‘ozlarda gerblarning tasviri paydo bo‘ldi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥221🔥1💘1
🟦🟦🟦

📹 🇺🇿Ayni paytda Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 12-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

🧧 Unda Kengash tavsiyasi bilan ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo'lgan professor-o'qituvchilarga diplomlar hamda Koreya ixtirochi ayollar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Koreya xalqaro ayollar ixtirolari ko'rgazmasi"da o'zining "Biokimyo va sport biokimyosi" ijodiy ixtirosi uchun Koreya ayollar assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan Oltin mukofot bilan taqdirlangan Muqaddamxon Ikramovalar tantanali e'tirof etildi.

💐 Universitet jamoasi nomidan ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo'lgan barcha professor-o'qituvchilarni samimiy tabriklaymiz.


😁😁😁😁😁😁😁😁😁😁😁

📹 🇷🇺В настоящее время в Андижанском государственном университете проходит 12-е заседание Совета на 2024/2025 учебный год.

🧧 На заседании по рекомендации Совета были вручены дипломы профессорам и преподавателям, получившим научные звания и степени. Также состоялось церемония награждения Мукаддамхон Икрамовой, удостоенной Золотой награды Президента Корейской ассоциации женщин-изобретателей на «Корейской международной выставке женских изобретений» за творческую разработку «Биохимия и спортивная биохимия».

💐 От имени коллектива университета искренне поздравляем всех профессоров и преподавателей с научными званиями и степенями.


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42❤‍🔥22👍1🕊1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil qilinmoqda


Andijon davlat universitetining O'zbekiston tarixi, Iqtisodiyot, O'zbek tilshunosligi hamda Geografiya kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi asosida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida faol ish olib bormoqda. Tashabbus doirasida reja-jadvalga muvofiq viloyatning turli hududlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, kun davomida Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda o‘quvchilar bilan mazmunli suhbatlar o‘tkazildi. Professor-o‘qituvchilar yoshlarga kasb tanlash, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga qiziqishni oshirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi.

Bundan tashqari, tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari faol yo‘lga qo‘yildi. Sport to‘garaklari tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan bir qator musobaqalar o‘tkazildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥11👍1🔥1👏11
2025/07/08 19:40:33
Back to Top
HTML Embed Code: