Tanlov doirasida talabalar o‘z bilimlari, tahliliy fikrlash qobiliyati va kitoblar orqali olgan hayotiy saboqlarni namoyish etishmoqda. Onlayn formatda o‘tkazilayotgan ushbu tanlovga yurtimizning barcha hududlaridan talaba-yoshlar jalb qilingan bo'lib, Andijon davlat universitetining ilmga chanqoq va kitobxon yoshlari ham Zoom platformasi orqali mazkur tanlovda faol ishtirok etmoqda.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘sh vaqt – foydali faoliyat bilan: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida yoshlar bilan joylarda uchrashuvlar o'tkazildi
Bugun, 3-iyul kuni Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar, Rus tili va adabiyoti hamda Oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-jadval asosida Xonobod shahri va Jalaquduq tumanlarida bo‘lishdi.
Tashabbus doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o'quvchi va uyushmagan yoshlar bilan ochiq suhbatlar o‘tkazildi, kasb tanlovi, oliy ta’lim imkoniyatlari va yoshlarning shaxsiy rivojlanishi kabi mavzular yoritilib, qimmatli maslahatlar va fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida rassomchilik to‘garaklari hamda mantiqiy fikrlash va strategik ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun shashka va shaxmat o‘yinlari tashkillashtirildi. Tadbir yakunida yuqori sinf o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida darsliklar sovg‘a sifatida topshirildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏓 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida OTM talaba-yoshlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o'tkazildi
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Andijon talaba-yoshlari: Yangi O‘zbekistonni birga quramiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Talabalar yozgi festivali – 2025” doirasida sportga bag‘ishlangan qiziqarli tadbirlar davom etmoqda. Andijon viloyatidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirokidagi ushbu festival yoshlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Festival doirasida tashkil etilgan stol tennisi musobaqasi talaba-yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar ushbu musobaqada nafaqat texnik mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini, balki jamoaviy hamkorlik, samarali muloqot va sog‘lom raqobat ruhini ham yuqori darajada namoyish etishdi.
Musobaqada Andijon davlat universiteti talabalari alohida faollik ko‘rsatib, jamoaviy birlik va sport madaniyatining yorqin namunasini ko‘rsatmoqdalar. Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga muhim hissa qo‘shmoqda.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM