Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2025-yil 3–9-iyul kunlari “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etmoqda. Bugun malaka oshirish kursining ilk mashg‘ulotlariga start berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/65839

#malaka_oshirish #matbuot_kotiblari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤‍🔥31
Forwarded from Edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

💵 “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlar tanlovi

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlatlararo kengash shafeligida, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa hamkor davlatlar prokuratura idoralari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” nomli yoshlar o‘rtasidagi xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilindi.

👥 Tanlovda 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha davlatlar fuqarolari qatnashish huquqiga ega.

✔️Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

➡️Eng yaxshi plakat – kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan holda.
➡️Eng yaxshi rasm – qo‘lda chizilgan ijodiy ish, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan.
➡️Eng yaxshi video – mp4 formatda, 3840x2160 pikseldan ortiq bo‘lmagan, hajmi 300 MB gacha.

🏅Tanlov g‘olib va sovrindorlari tanlov ramzlari tushirilgan faxriy medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikat va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.

🗓 Tanlovga arizalar joriy yining 1-oktabrigacha qabul qilinadi.
🌐 Ariza yuborish: www.anticorruption.life

➡️ Ishtirokchi ariza namunasi

➡️ Batafsil tanlov nizomi

📣 Barchani ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21
Ўзбекистон-Озарбайжон: олий таълим муассасалари ҳамкорлиги янада мустаҳкамланади

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёев Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиевнинг таклифига асосан айни кунда Озарбайжон Республикасида бўлиб турибди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/736773

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
3🔥21❤‍🔥1👍1👏1👌1🏆1💘1
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 4-iyul, juma.

🌎Bayramlardan dam olish kuni.
🇺🇸AQSh - Mustaqillik kuni.
🇺🇦Ukraina - Sud ekspertlari kuni.
🇺🇦Ukraina - Ukraina Milliy politsiyasi kuni.

Tarixiy voqealar:

1631-yil -
Parijda birinchi ish bilan ta'minlash agentligi - manzillar byurosi ochildi.
1776-yil - AQShning Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolandi.
1832-yil - Sankt-Peterburgda Zoologiya muzeyi tashkil etildi.
1950-yil - “Ozod Yevropa” radiostansiyasi efirga chiqdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

1753-yil 4-iyul
- fransuz aeronavti, ilk bor havo sharida La Mansh bo‘g‘ozini uchib o‘tgan Jan-Per Fransua Blanshar.
1859-yil 4-iyul
- fransuz tarixchisi, Vizantiya tarixiga oid asarlar muallifi Sharl Dil.
1884-yil 4-iyul
- «Metro-Goldwyn-Mayer» kinokompaniyasi asoschisi Lui Meyer.
1930-yil 4-iyul
- «Kavkaz asirasi», «Mimino» va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan arman aktyori Frunzik Mkrtchyan.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32❤‍🔥1👍1🔥1🎉1💘1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Andijon davlat universitetida yoshlar uchun sport mashg‘ulotlari davom etmoqda


Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport mashg‘ulotlari tajribali murabbiylar rahbarligida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun, 4-iyul kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida 40 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Talabalar va mahalliy yoshlar birgalikda boks, futbol hamda yengil atletika yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib borib, nafaqat jismoniy tayyorgarliklarini mustahkamlashdi, balki do‘stona muhitda jamoaviylik va o‘zaro hamkorlik ruhini ham kuchaytirdilar.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
321❤‍🔥1🔥1🏆1💘1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

🧠 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida viloyat OTM talabalari o'rtasida “Zakovat” turniri o'tkazildi

Bugun, 4-iyul kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan saralangan 5 ta jamoa ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining bilimlari va zukkoligini sinovdan o‘tkazib, do‘stona muhitda bir-birlari bilan bellashdi. Qizg'in bahs-munozaralarga boy kechgan intellektual bellashuv natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 Andijon davlat universiteti
🥈 Andijon davlat texnika instituti
🥉 Andijon tibbiyot instituti

Turnir yakunida tashkilotchilar musobaqaning ahamiyatini ta'kidlab, bunday intellektual bellashuvlar talabalar orasida bilimga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2❤‍🔥1🔥1👏1🎉1🏆11
2025/07/09 01:39:53
Back to Top
HTML Embed Code: