Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon media-ta'lim texnikumi o'qishga taklif qiladi!
11-sinf bitiruvchilari uchun:
9-sinf bitiruvchilari uchun:
+998 91 497 00 55
+998 88 866 00 35
+998 91 620 59 58
Tanlovingiz — kelajagingizni belgilaydi! Oliy ta’lim orqali imkoniyatlarni qo’lga kiring!
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3❤🔥2⚡1🔥1👏1💯1
Ruxsatnomangizni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz mumkin.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡3❤2❤🔥2 2👍1🔥1
#Olimlar_minbari
📰 Tarix ilmining rustami dostoni
“Jadid” gazetasining 27-sonida chop etilgan Umid Bekmuhammadning Andijon davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori, “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi jamoat fondi raisi, Andijon davlat universiteti tarkibidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Rustambek Shamsutdinovning ilmiy faoliyati va ilm yo‘lida bosib o‘tgan hayot yo‘liga bag‘ishlangan maqolasi bilan tanishing.
➡️ Batafsil o'zingizga qulay shaklda quyidagi havolalar orqali o'qishingiz mumkin:
🔵 Lotin shakli
🔵 Kirill shakli
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
“Jadid” gazetasining 27-sonida chop etilgan Umid Bekmuhammadning Andijon davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori, “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi jamoat fondi raisi, Andijon davlat universiteti tarkibidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Rustambek Shamsutdinovning ilmiy faoliyati va ilm yo‘lida bosib o‘tgan hayot yo‘liga bag‘ishlangan maqolasi bilan tanishing.
Maqola bilan tanishish orqali tarixiy meros va tadqiqotlar haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘ling!
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3❤1👏1🤩1💘1 1
Forwarded from O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
#XalqaroInsholarTanlovi
🗺 Xalqaro insholar tanlovi: Osiyo mintaqasida tinchlik, hamkorlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida yoshlardan turtki!
➡️ Batafsil ushbu havolada tanishing!
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi tomonidan CICA (Conference on Interaction and Confidence Building Measures in Asia – Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiya) doirasida xalqaro insholar tanlovi e’lon qilindi!
Mavzu:
"Yoshlar CICA mintaqasida tinchlik, hamkorlik va barqaror taraqqiyot katalizatori sifatida"
Tanlovning asosiy maqsadi – CICA mintaqasidagi yoshlarni tinchlik, barqarorlik va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDGs) erishishda o‘z fikr va tahlillari orqali faol ishtirok etishga undash.
Tanlov shakli:
Insholar onlayn tarzda qabul qilinadi.
G‘oliblar 2025-yil oktyabr oyida Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimiga taklif qilinadi.
Insholarni topshirish tartibi:
Tayyorlangan insho va to‘ldirilgan ro‘yxatdan o‘tish shaklini quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish lozim:
[email protected]
[email protected]
Oxirgi muddat: 2025-yil 15-iyul
Natijalar e’lon qilinadi:
2025-yil sentyabr oyida, quyidagi rasmiy manbalarda:
www.s-cica.org – “Events” bo‘limida
www.mys.gov.az – “Youth” bo‘limida
Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlari orqali
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
CICAga a’zo davlatlar fuqarolari bo‘lgan, 18-30 yosh oralig‘idagi barcha yoshlar.
Talablar:
Har bir ishtirokchi 1 ta insho topshirishi lozim.
Insho bilan birga muallifning qisqacha tarjimai holi ham topshiriladi.
Ushbu tanlov – sizning tinchlik, mintaqaviy birdamlik va barqaror kelajak yo‘lida o‘z fikrlaringizni dunyoga taqdim etish imkoniyatini beradi!
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤🔥1💯1💘1 1
Forwarded from Zakovat intellektual klubi
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4 3👍2❤🔥1⚡1🕊1💘1
1811-yil - Venesuela Janubiy Amerikada birinchi boʻlib mustaqilligini eʼlon qildi.
1881-yil - Misrda, Luksor yaqinida, Seti I, Amenxotep I, Tutmose III va Buyuk Ramses II fir'avnlari dafn etilgan noyob maqbara topildi.
1954-yil - Elvis Presli birinchi qoʻshigʻini yozdi.
1993-yil - Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun.
1820-yil 5-iyul - ingliz fizigi, termodinamik va bug‘ mashinalari nazariyasi asoschisi Uilyam Rankin.
1888-yil 5-iyul - amerikalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi Gerbert Gasser.
1950-yil 5-iyul - taniqli raqqosa, Oʻzbekiston xalq artisti Dilafro'z Jabborova.
1975-yil 5-iyul - argentinalik futbolchi, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Ernan Krespo.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤🔥1👍1🔥1💘1 1
“Dolzarb 90 kunlik”: yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport mashg‘ulotlari davom etmoqda
Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, shuningdek, yosh avlod vakillarining bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida yoshlarga mo‘ljallangan navbatdagi sport mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Universitet sport inshootlari va maydonlarida o‘tkazilgan bugungi mashg‘ulotlarda qariyb 40 nafar abituriyentlar va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. Boks, futbol hamda yengil atletika yo‘nalishlarida tashkil etilgan mashg‘ulotlar tajribali murabbiylar rahbarligida olib borilib, ishtirokchilarga nafaqat jismoniy chiniqish, balki sport madaniyati, jamoaviylik va sog‘lom raqobat tamoyillari bo‘yicha ham ko‘nikmalar berildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤🔥1⚡1🔥1🤩1 1
🇺🇿 Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.
Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3 2❤🔥1⚡1
Oliy ta’limda grantlarni taqsimlash tartibi va grant.adu.uz platformasini samarali qo‘llash bo‘yicha davra suhbati o'tkazildi
Bugun, 5-iyul kuni Andijon davlat universitetida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida talabalarning O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni tadqim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risida"gi 149-sonli qarori hamda Andijon davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan grant.adu.uz patformasida ishlash bo'yicha ko'nikmalarini oshirish maqsadida mas'ullar boshchiligida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Filologiya hamda Matematika va mexanika fakultetlari talabalari ishtirok etib, tadbir davomida mas’ullar tomonidan platformaning funksional imkoniyatlari, ariza topshirish jarayoni, shuningdek, talabalar uchun mavjud bo‘lgan grant turlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Suhbat davomida o'qish jarayonidagi muvaffaqiyatlarni oshirish, grant olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda universitet tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash tizimidan to‘liq foydalanish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shu bilan birga, grantlar bo‘yicha tanlov jarayonida adolat va oshkoralikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari haqida ham so‘z bordi.
Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘lib, grantlar bilan bog‘liq amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4 3❤🔥1⚡1👍1🔥1🥰1😁1
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida bitiruvchilar uchun ta’lim maskaniga sayohat
Yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga ongli va puxta tayyorgarlik bilan yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan, "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Oltinko'l tumani 38-umumta'lim maktabining bitiruvchilari Andijon davlat universitetida bo'lib, ta’lim maskanining ilmiy va ma’naviy muhitiga bevosita guvoh bo‘lishdi.
Universitetning mas'ul xodimlari o'quvchilarga universitetda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilishi, fan va amaliyot uyg‘unligi hamda talabalar uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar, universitet tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyidagi eksponatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, o‘quvchilar universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyati, madaniy va sport inshootlari bilan tanishtirildi.
Ushbu tashrif davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lib, oliy ta’limning dolzarb jihatlari, mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qish shartlari va kelajakdagi kasbiy istiqbollar haqida kengroq ma’lumot olishdi.
“Ochiq eshiklar kuni” yosh avlodni oliy ta’limga qiziqtirish, ularni faol ilmiy va ijodiy faoliyatga jalb qilish hamda o‘z kasbiy yo‘nalishini puxta tanlashiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida samarali muloqot va hamkorlik uchun qulay platforma yaratdi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😁4❤🔥2 2⚡1🔥1🥰1🤩1🤓1🆒1💘1