Telegram Web Link
#oquv_seminar

Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetida viloyatdagi oliy taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maʼnaviyatga masʼul xodimlar ishtirokida zoom dasturi orqali "Ma'rifiy targ'ibot" mavzusida o'quv kursi tashkil etildi.

Mazkur seminarda ma'ruzachilar A.Mamatqulov, Y.Jahongirov hamda D.Komilovlar tomonidan "Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar", "Bugungi dunyoning siyosiy mafkuraviy manzarasi va yoshlarda vatanparvarlik gʻoyalarini shakllantirish" mavzularida ma'ruzalar tinglandi va yakunda ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #munosabat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha o'tkazilgan taqdimot yuzasidan Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashevning fikr-mulohazalari ommaviy axborot vositalari nigohida

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Intellektual haftalikni o‘tkazish Tashkiliy guruhi har bir hududga OTMlardan kelib tushgan arizalar soniga mos nisbatda respublika bosqichiga kvota ajratdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Andijon viloyati bo‘limi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan onlayn viktorinaga start berdi!Tanlovning 1 bosqichi, 15 may kuni 23:59 ga qadar davom etadi.

🔅Tanlov shartlari:

🔹Tanlovda ishtirokchilarga Muhammad Yusuf  ijodi haqida 50 ta tеst savoli taqdim qilinadi. Har bir savol uchun esa 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Javob bеrishni barcha ishtirokchilar bir xil vaqtda boshlashlari va bеlgilangan muddatda tugatishlari kеrak bo'ladi. Bеlgilangan muddatda tеst ishlamagan ishtirokchilarning natijalari inobatga olinmaydi

Tanlovning 2-bosqichi Rеspublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo'limining hududiy bo'linmalarida bo'lib o'tadi.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin – Artel Smart TV 32 hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari;
🥈2-o‘rin – Duxovaya pеchi hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari;
🥉3-o‘rin – Tеrmopot hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari;
🎗4-10-o‘rinlar – Elketrochoynak hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari;
⌚️Tanlov targ'ibotida faol ishtirok etib eng ko'p rеfеral to'plagan 5 nafar ishtirokchi ham “Eng faol loyiha targ'ibotchisi” nominasiyasi g'olibi dеb topiladi va har biri “Tеrmos” va bir donadan “Xamsa”, “Boburnoma” kitoblari bilan taqdirlanadi.


Tanlov davomida har bir ishtirokchi faqat bitta akkauntdan qatnashishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq akkauntlar orqali ishtirok etish holatlari aniqlansa, o‘sha ishtirokchining natijasi bekor qilinadi va o‘zi tanlovdan chetlatiladi.

👉 Tanlov nizomini o‘qish

Tanlov yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, @tanlovsorovnoma orqali javob olishingiz mumkin!

Tanlovda ishtirok etish 👇
https://www.tg-me.com/tanlovsorovnoma_bot?start=5935503528
#uchrashuv

Maktab bitiruvchilari bilan “Rektorlar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi


Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan joriy yilning 13-may kuni Andijon viloyatidagi OTM rektorlari ishtirokida Andijon tumanida joylashgan 27-umumta'lim hamda Bo'taqara MFYda joylashgan 4 ta umumta'lim maktablari bitiruvchilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2905

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va tadqiqotchilar!

Sizlarni iyun oyida bo'lib o'tadigan premium offline-kursimizga taklif etamiz!

🌐 Iyun oyidagi "Scopus&Web_of_Science" nomli premium kursimizga qabul boshlandi!

🎯Kursimizdan oladigan eng asosiy natijalar:

O'zingiz mustaqil ravishda Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni o'rganasiz.
🔴 Scopus ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalarini o'rganib, sohangizga mos jurnallarni topishni o'rganasiz.
Ilmiy maqolalar tayyorlash standartlarini va ilmiy maqolalar tayyorlaydigan dasturlarni o'rganasiz.
Yevropa nashriyotlarida o'zbek tilidagi kitob va monografiyalaringizni mutlaqo bepul chop qilishni o'rganasiz.
Premium kurs 15 ta asosiy dars va qo‘shimcha modullardan tashkil topgan bo‘lib, har bir dars davomiyligi 2 soat.

Ushbu kursda talabalar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o'qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

🔝Ilmiy faoliyatingizni dunyo miqyosida kengaytiring!

✉️Mazkur postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing!
Qabul joriy yil 31-maygacha davom etadi.

Kurs texnik-spikerlari:
👨‍🏫Xudoyberdiyev Akramjon – ADU Ilmiy bo‘lim xodimi, “Scopus Academy” online kurs bitiruvchisi;
👨‍💻Abdugʻofurov Shohjahon – “Scopus Academy” online kurs bitiruvchisi.

🌐Kursimizga yozilish va batafsil ma'lumot uchun:
👉@tadqiqotchi_PhD_DSc👈
#Karyera_kuni_2024

🏛Universitetda “Karyera kuni-2024” mehnat yarmarkasi bo'lib o'tadi

Andijon davlat universitetida ta’lim sohasi va boshqa sohalarda yosh mutaxassislarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumotlar berish va ularning bandligini taʼminlash maqsadida 2023/2024-o'quv yili bitiruvchilari uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan “Karyera kuni-2024” mehnat yarmarkasi bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.

📆 Yarmarka 15-may kuni
🕰Soat 10:00 da boshlanadi.

E'lon bo'yicha qo'shimcha savollar bo'lsa, Andijon davlat universitetning Marketing va talabalar amaliyoti bo'limiga yoki 742238360 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Zakovat: Andijon
IMG_20240514_123513_607.jpg
41.8 KB
Intellektual haftalikning Andijon viloyati saralash bosqichi umumiy natijalari.

@Andijon_ZakovatNNT
2024/09/20 22:21:15
Back to Top
HTML Embed Code: