"Dolzarb 90 kun": OTM talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yni o'tkazildi
Bugun, 27-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur turnirda oliy ta’lim muassasalaridan saralangan 5 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlov davomida ishtirokchilar nafaqat o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyon etishdi, balki do‘stona muhitda muloqot qilish orqali sog‘lom raqobat ruhini ham targ‘ib qildilar.
Bunday tadbirlar yoshlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥4❤1⚡1👍1🔥1👏1🎉1
Bo‘sh vaqt – foydali faoliyat bilan: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlar davom etmoqda
Andijon davlat universitetining O‘zbek adabiyotshunosligi hamda O‘zbek tilshunosligi kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-jadval asosida Xonobod shahrida bo‘lishdi.
Tashabbus doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o'quvchi va uyushmagan yoshlar bilan ochiq suhbatlar o‘tkazdilar, kasb tanlovi, oliy ta’lim imkoniyatlari, o‘zbek tilshunosligiga bo‘lgan qiziqish va yoshlarning shaxsiy rivoji bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤🔥2🔥2🎉1💯1🏆1
Andijon davlat universitetida bitiruvchilar bitiruv malakaviy ishlarini yuqori saviyada himoya qilmoqdalar
Andijon davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari hamda bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi belgilangan tartibda, adolatli, shaffof va yuqori saviyada o'tkazilmoqda.
Joriy yilning 26-iyun kuni Andijon davlat universiteti Sport va san’at fakultetining Amaliy san’at va badiiy kulolchilik yo‘nalishi bitiruvchilari o‘z bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Himoya jarayonida talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy va ilmiy ishlanmalar, san’atning milliy an’analarini zamonaviy talablarga uyg‘un holda aks ettirgan holda, taqdim etildi. Har bir bitiruvchi o‘z ishi mazmuni, ishlash texnikasi, g‘oya va badiiy yondashuvi bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib, himoyani yuqori saviyada amalga oshirdi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4❤🔥2❤2😁2⚡1🎉1💯1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual turniri o'tkazildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3❤🔥2👍2⚡1