"Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilayotgan amaliy tashabbus
Andijon davlat universitetida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning jismoniy salohiyatini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida turli sport yo‘nalishlaridagi to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Bugun, 2-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida talaba-yoshlar futbol, voleybol, boks hamda yengil atletika sport turlari bo‘yicha faol qatnashib, jismoniy salohiyatini oshirish, sport texnikasini takomillashtirish va sog‘lom raqobat muhitida o‘z mahoratini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu sport tadbirlari nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, balki ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish, sport orqali ijtimoiy faolliklarini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Shuningdek, bunday tashabbuslar jamiyatda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadimgi dunyoda gerblarga o'xshash belgilar turli madaniyatlarda uchragan. Masalan, Yunoniston va Rimda tangalar, muhrlar va boshqa buyumlarda ramziy belgilar qo'llanilgan. O'rta asrlarda esa, gerblar ritsar va zodagonlarning ramzi sifatida keng tarqalgan.
O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi esa 1992-yil 2-iyulda Oliy Kengashning 10-sessiyasida tasdiqlangan. Demak, gerblarning tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi va ularning shakllanishi turli davrlarda, turli xil madaniyatlarda sodir bo'lgan.
Ma’lumot o‘rinda, dastlabki gerblar antik davrda paydo bo‘lgan. Misol uchun, qadimgi Shumer davlati va Rim imperiyasi ramzida burgut tasvirlangan.
Amir Temir davlatining ham gerbi mavjud bo‘lib unda 3 halqa tasvirlangan. Bu Amir Temurning 3 iqlimda, ya’ni Shimol, Janub va G‘arbda hukmron ekaniga ishoradir.
O‘rta asrlarga kelib ko‘pgina shaharlar o‘z gerbiga ega bo‘lgan. Keyinchalik bayroqlarda, qog‘oz pullarda, muhrlarda, qog‘ozlarda gerblarning tasviri paydo bo‘ldi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Dolzarb 90 kunlik”: Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil qilinmoqda
Andijon davlat universitetining O'zbekiston tarixi, Iqtisodiyot, O'zbek tilshunosligi hamda Geografiya kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi asosida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida faol ish olib bormoqda. Tashabbus doirasida reja-jadvalga muvofiq viloyatning turli hududlarida uchrashuvlar tashkil etildi.
Xususan, kun davomida Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda o‘quvchilar bilan mazmunli suhbatlar o‘tkazildi. Professor-o‘qituvchilar yoshlarga kasb tanlash, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga qiziqishni oshirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi.
Bundan tashqari, tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari faol yo‘lga qo‘yildi. Sport to‘garaklari tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan bir qator musobaqalar o‘tkazildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM